Matmurodova Feruza Qurbonboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmogʻi): “Mn(II), Fe (II), Co (II), Ni (II) va Cu (II) tuzlarining gidroksi- va aminobenzoy kislotalari hosilalari bilan komplekslari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K323.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shodlik Bekpo‘lato‘vich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor;  Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi amino- va gidroksibenzoy kislota hosilalari bilan Mn(II), Fe (II), Co (II), Ni (II) va Cu (II) tuzlarining kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning molekulyar va kristall tuzilishini, fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amino- va gidroksibenzoy kislota hosilalarining Mn(II), Fe (II), Co (II), Ni (II) va Cu (II) tuzlari bilan 25 ta yangi koordinatsion birikmalari sintez qilingan; 
sintez qilingan koordinatsion birikmalarning element, termik analiz, elektron va IQ-spektroskopik usullari yordamida individualligi aniqlangan;
rentgenstruktur tahlil amalga oshirilib, [MnCl4](L1.H)2 ning  kristall tuzilishi siqilgan tetraedr shaklida ekanligi isbotlangan. Shu kompleksning kristall xarakteristikalari, [MnCl4]2- va NH+ orasidagi bog‘ uzunligi 1,70 – 1,80 Å ga teng ekanligi aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida koordinatsion birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan;
diffuz qaytarilishni elektron spektrlari tahlilidan kelib chiqib misli komplekslarda markaziy atomning 3 ta bir xil energiyali holatda bo‘lishi natijasida Yan-Teller effekti kuzatilishi va buning oqibatida olingan komplekslarning geometriyasi buzilib oktaedr shaklidan tetraedr shaklga o‘tishi isbotlandi.Komplekslar suvda kam eriydi. 0,02 % li eritmada dissotsiyalanib . [MnCl4]2- va 2L1.H+ anionga ajraladi;
biometallar hisoblangan mis va marganes bilan novokain gidroxloridning [CuCl4](L1)2, [MnCl4](L2)2 tarkibli birikmalari asosida g‘o‘za o‘simligi urug‘ini unib chiqishini tezlashtiruvchi, o‘simlikni turli kasalliklarga chidamliligini va hosildorligini oshiruvchi MX-3 stimulyatori yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amino- va gidroksibenzoy kislota hosilalarining Mn(II), Fe(II), Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlari yangi koordinasion birikmalarini sintezi va fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
L1.HCl hamda Mn(II) xloridi ishtirokida sintez qilingan kompleks birikmasini kristall tuzilmasini rentgen tuzilish tahlili yordamida o‘rganishimiz natijasida olingan ma’lumotlar asosida [MnCl4](L1.H)2 tarkibli birikma Kembridj kristallar ma’lumotlari bazasiga (CCDC) 2465102 dipozit raqam bilan joylashtirildi (17.06.2025 sanasida olingan ma’lumotnoma).
sintez qilingan kompleks birikmalardan Umumiy va noorganik kimyo institutida 2022-2026 yillarda bajarilishi reja qilingan FZ-20200929348 raqamli “Fenol kislotalari asosidagi supramolekulyar komplekslarning tuzilishi bilan ularning o‘simliklarni abiotik va biotik salbiy ta’sirlardan himoya qilish” mavzusidagi amaliy loyihasida:
sintezlangan yangi tarkibli biostimulyatorlarning o‘simliklarga  ta’sirini, ularning abiotik va biotik omillarga chidamliligini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyosi institunining 2023 yil 24 iyuldagi №1-10/8-767 - son ma'lumotnomasi).
MX-3 stimulyatori Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi “Dilshodjon Akbarjon” va “G‘urur” fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 14 apreldagi 05/05-1658-son ma’lumotnomasi). Natijada, MX-3 stimulyatorini qo‘llash g‘o‘za unib chiqishini 1-2 kunga tezlashtirish, hosil pishishi 2-3 kunga qisqartirish va hosildorlikni 10-11 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish