To‘xtaboeva Yulduzxon Abdusattorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Farg‘ona vodiysi eroziyalangan tuproqlari sianobakteriyalari va mikrosuvo‘tlarining taksonomik xilma-xilligi va biotexnologik potensiali”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/V239.
Ilmiy rahbar: Tojibaev Komil Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Behzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori; Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor; Kulikovskiy Maksim Sergeevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi eroziyalangan tuproqlarining sianobakteriyalari va mikrosuvo‘tlarining taksonomik xilma-xilligini aniqlash, tahlil qilish va ayrim istiqbolli shtammlarning biotexnologik imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metagenomik, morfologik va molekulyar-genetik yondashuvlar asosida Farg‘ona vodiysi eroziyaga uchragan tuproqlarda 4 bo‘lim, 9 sinf, 20 tartib, 58 oila va 90 turkumga mansub 141 turga mansub sianobakteriyalar va mikrosuvo‘tlarning taksonomik tarkibi aniqlangan;
DNKni metabarkodlash orqali Farg‘ona vodiysining eroziyaga uchragan tuproqlarida mikrosuvo‘tlari va sianobakteriyalarning dominantlik roli aniqlanngan va klassik usullar bilan solishtirish orqali ularning maksimal taksonomik xilma-xilligi baholangan;
Farg‘ona vodiysi eroziyaga uchragan tuproqlarning algosenozlarini kompleks tahlil qilish asosida, fan uchun bitta yangi tur aniqlanib, to‘liq tavsifi berilgan. Algoflora uchun uchta yangi tur tavsifga tayyorlandi va metagenomik tahlil yordamida ayrimlarining biotexnologik salohiyati baholangan;
Bracteacoccus, Pseudomuriella, Chlorosarcinopsis, Tetradesmus (Chlorophyta) va Klebsormidium (Charophyta) avlodlariga mansub shtammlar katta miqdorda to‘yinmagan yog‘ kislotalarining samarali ishlab chiqaruvchilari ekanligi aniqlangan;
yuqori samarali sekvens usullaridan foydalanish orqali, Nodosilinea sianobakteriyasining genomiga to‘liq funksional izoh berilgan;
Farg‘ona vodiysidagi eroziyaga uchragan tuproqlarning unumdorligi yaxshilashda va tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishda qo‘llash uchun Klebsormidium turkumiga mansub mikrosuvo‘tlarni inokulyasiya texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi eroziyalangan tuproqlari sianobakteriyalari va mikrosuvo‘tlarining taksonomik xilma-xilligi va biotexnologik potensialini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
Fargʻona vodiysining eroziyalangan tuproqlarida sianobakteriyalar va mikrosuvo‘tlarning xilma-xilligi va biotexnologik salohiyati bo‘yicha (https://doi.org/10.15468/wg684r) maʼlumotlar toʻplami Global bioxilma-xillik axborot tizimiga (GBIF) joriy etilgan (25.09.2024. №015). Natijada, tuproq algoflorasini Farg‘ona vodiysi arid mintaqasida geografik tarqalish holatlarini ko‘rsatuvchi global axborot bazasidagi maʼlumotlarini muayyan darajada boyitish imkonini bergan;
molekulyar – genetik tahlillar asosida olingan barcha nukleotidlar ketma-ketliklari PQ504911, PQ504912, PQ488471, PQ488472 (16S rRNK); OR852641-OR852650, PQ490563-PQ490566 (IS2); OR838744 (rbcL) raqamlari ostida NCBI GenBank (https://www.ncbi.nlm.nih.gov/) da saqlangan. Integratsiyalashgan yondashuvdan foydalanish Farg‘ona vodiysi tuproq algoflorasining taksonomiyasi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni olish imkonini bergan, bu nafaqat mahalliy turlar xilma-xilligini sezilarli darajada to‘ldirdi, balki mintaqaviy (Markaziy Osiyo) miqyosda zamonaviy g‘oyalarni kengaytirdi, fan uchun noma’lum bo‘lgan yangi sianobakteriya va mikrosuvo‘tlar turlarini aniqlash imkonini bergan;
Fargʻona vodiysi eroziyaga uchragan tuproqlarning suvoʻtlari florasining yagona maʼlumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatiga joriy etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 13.12.2024 y., 4/1255–2767-son maʼlumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasida ushbu taksonomik guruhning bioxilma-xilligi bo‘yicha birinchi raqamli resurs bo‘lib, mamlakat tuproq algoflorasini to‘liq inventarizatsiya qilish, Farg‘ona vodiysi eroziyalangan tuproqlari monitoringini yiritish imkonini bergan.