Kinshakova Ekaterina Vyacheslavovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Sintez i issledovanie kompleksnix soedineniy nekotorix 3d-metallov s novimi proizvodnimi 5-metil-1,3,4-tiadiazol-2-tiola (Ayrim 3d-metallarni 5-metil-1,3,4-tiadiazol-2-tiolning yangi hosilalari bilan kompleks birikmalarining sintezi va tadqiqiqoti)”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K965.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.0103.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Uzoqbergenova Zamira Dosnazarovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Co2+, Ni2+, Cu2+ va Zn2+ tuzlarining 5-metil-1,3,4-tiadiazol-2-tiol hosilalari bilan kompleks birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi 5-metil-2-[(1,3-tiazol-2-il)sulfanil]-1,3,4-tiadiazol geterotsiklik ligandi hamda Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn(II) tuzlari asosida 5-metil-1,3,4-tiadiazol-2-tiol hosilalari bilan 23 ta yangi kompleks birikmalar sintez qilingan va ularning tarkibi metall:ligand nisbati 1:2 va 3:2 bo‘lgan 13 ta neytral, 8 ta kationli va 2 ta polimer tuzlilishli ekanligi aniqlangan;
ilk bor ligandlarning koordinatsiyalanish xususiyati elektron zichlikning qayta taqsimlanishi bilan bog‘liqligi aniqlanib, L1 uchun karboksil guruhining kislorodi orqali monodentat koordinatsiyalanish, L2 va L3 uchun esa ekzotsiklik oltingugurt atomiga nisbatan β-holatda joylashgan geterohalqalarning azot atomlari orqali metall bilan barqaror olti a’zoli xelat halqalarini hosil qilgan holda bidentat xelatlanish kuzatilgan;
ilk bor RSA usuli yordamida dimerlangan gidroxloridli ligand L1 va L3, oktaedrik komplekslar [CoL12(H2O)4] va [ZnL32(NO3)2], tetragonal-piramida geometriyaga ega monoyadroli [[CuL12(H2O)2]n·(2H2O)n va biyadroli [Cu2L14]n·(6H2O)n polimer komplekslar, shuningdek uch yadroli komplekslar [Cu3L22Cl6] va [Cu3L32Cl6] tuzilishlari aniqlangan;
komplekslarning termik va termodinamik barqarorligi ularning tuzilish xususiyatlari hamda markaziy ionning elektron konfiguratsiyasiga bog‘liq holda Zn sintez usuliga bog‘liq holda gidratlangan va polimerlangan [CuL12(H2O)4], [CuL12(H2O)2]n·(2H2O)n va [Cu2L14]n·(6H2O)n izomerlarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor uch yadroli [Cu3L32Cl6] kompleksining yashil fluoressent oqsil (GFP) analogini sintez qilishdagi yuqori katalitik faolligi, o‘ziga xosligi va tanlovchanligi uning Yan-Teller effekti, elektron almashinuv o‘zaro ta’sirlari va organik ligandning moslashuvchanligi kabi omillarning murakkab ta’siriga asoslangan noyob ko‘priksimon arxitekturasining bevosita natijasi ekanligi aniqlangan, bu holat kompleksga Lyuis kooperativ kislotasi sifatida ishlash va reagentlarning sinergetik faolligini ta’minlash imkonini berib, mahsulot unumini oshirgan va bu tizim an’anaviy bir markazli katalizatorlardan tubdan farq qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 3d-Metallarning 5-metil-1,3,4-tiadiazol-2-tiol merkapto hosilalari bilan yangi metallokompleks birikmalarini sintez qilish va fizik-kimyoviy, antibakterial va katalitik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
C6H5N3S3 (L3) (2443589), [CoL12(H2O)4] (2408680), [ZnL32(NO3)2] (2434439) va [Cu3L32Cl6] (2434442) tarkibli birikmalarning rentgenostrukturaviy tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga (Cambridge Structural Database, doi.org/10.1107/S2056989024011939, doi.org/10.1107/S2056989025004980) kiritilgan, bu esa sintez qilingan birikmalarga o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
[Cu3L32Cl6] kompleks birikmasi CSIR-NCL (Puna, Hindiston) laboratoriyasida GFP birikmalarini sintez qilishda katalizator sifatida sinab ko‘rilgan (Hindiston davlati Puna shahridagi CSIR-Milliy Kimyo Laboratoriyasi professori Dr. Rajesh G. Gonnadening 2024 yil 26 dekabrdagi xati). Natijada kompleks o‘ziga xos xususiyatlarni, selektivlikni namoyon qilishi orqali yakuniy mahsulot unumini oshirishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish