G‘aniev Orif Abduxalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2674.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Baymurzaev Azamat Dosmurzaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi retrospektiv tahlil asosida metabilim, metako‘nikma va metamalakalar bilan universal o‘quv harakatlarini (shaxsiy, regulyativ, kognitiv, kommunikativ) integratsiyalashga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligining rivojlanganlik darajasi ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish va ob’ektiv baholashga qaratilgan regulyativ, shaxsiy, bilishga oid va kommunikativ indikatorlar hamda motivatsion, kognitiv, refleksiv kabi mezonlarni adaptivlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish modeli tizimli tasavvurga qaratilgan kompetensiyaviy, faoliyatli, konseptual-maqsadli, tashkiliy-texnologik va baholovchi-natijaviy komponentlarni diversifikatsiyalash hamda metametodik kompetentligining axborot-kommunikatsion, kommunikativ, tashkiliy-metodik, ilmiy-tadqiqotchilik, mustaqil bilim olish va o‘zini-o‘zi rivojlantirish kabi strukturaviy elementlarining internallik darajasini kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari shaxs intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi qisman izlanuvchan, motivatsion, produktiv va konstruktiv topshiriqlarni fluktuatsion ishlab chiqish hamda “Kontekstli o‘qitish”, “Virtual ekskursiya”, “SWOT-tahlil” va “G‘aroyibotlar maydoni” kabi innovatsion metodlarga appersepsion yondoshuvni amalga oshirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini rivojlantirishning pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi retrospektiv tahlil asosida metabilim, metako‘nikma va metamalakalar bilan universal o‘quv harakatlarini (shaxsiy, regulyativ, kognitiv, kommunikativ) integratsiyalashga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-179-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirishga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligining rivojlanganlik darajasi ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish va ob’ektiv baholashga qaratilgan regulyativ, shaxsiy, bilishga oid va kommunikativ indikatorlar hamda motivatsion, kognitiv, refleksiv kabi mezonlarni adaptivlashtirish orqali takomillashtirishga oid xulosalar “Pedagogik mahorat” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-179-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metametodik kompetentligini rivojlantirishning mazmunini ochib berishga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish modeli va texnologiyalari tizimli tasavvurga qaratilgan kompetensiyaviy, faoliyatli, konseptual-maqsadli, tashkiliy-texnologik, baholovchi-natijaviy komponentlarni diversifikatsiyalash, metametodik kompetensiyaning axborot-kommunikatsion, kommunikativ, tashkiliy-metodik, ilmiy-tadqiqotchilik, mustaqil bilim olish va o‘zini-o‘zi rivojlantirish kabi strukturaviy elementlarining internallik darajasini kuchaytirish va shaxs intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi qisman izlanuvchan, motivatsion, produktiv, konstruktiv topshiriqlarni fluktuatsion ishlab chiqish hamda “Kontekstli o‘qitish”, “Virtual ekskursiya”, “SWOT-tahlil” va “G‘aroyibotlar maydoni” kabi innovatsion metodlarga appersepsion yondoshuvni amalga oshirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i, 333-179-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.