Abdusamatova Shaxlo Saidmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): «Talabalarda tolerantlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1020.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazaralieva Marxabo Xayitboevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda tolerantlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish orqali uni rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalardagi tolerantlikning namoyon bo‘lishida o‘g‘il bolalarda kishining o‘zaro ijtimoiy-psixologik jihatdan maqsadlarini amalga oshirishda o‘zaro tushunish, o‘z harakatlari, munosabatlarini boshqa shaxslar jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini boricha qabul qilishning yuqoriligi qizlarda esa ijtimoiy munosabatlar affilyativ ehtiyojlarni qondirishga yo‘nalganligi bilan ajralib turishi ijtimoiy ta’sirlarga bog‘liqligi tufayli kognitiv, ijtimoiy, oilaviy omillarning ahamiyati ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan.
talabalardagi tolerantlikning namoyon bo‘lishida etnik tolerantlikning yutuqlarga erishish, mehribonlik, konformlilik bilan, sosial toleratlikning mustaqillik bilan o‘zar uyg‘un shakllanishi tufayli shaxs qadriyatlari tizimi ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan.
talabalarda tolerantlikni namoyon bo‘lishi hissiy bilimdonlik hamda empatiyaning etnik, ijtimoiy, o‘z kechinmalarini boshqarish va o‘ziga motivasiya berishning shaxsiy tolerantlik bilan integrativ rivojlanishiga asoslanib emosional intellektning shakllanganligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan.
talabalarda tolerantlikni rivojlantirish uchun shaxslararo munosabatlardagi refleksiya, ijtimoiy persepsiya, mas’uliyat, axloqiy burch, kognitiv va refleksiv empatiyani etnik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllanishiga asoslanib “ijtimoiy-kognitiv”. “emosional”, “motivasion” sohaga ta’sir etish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Talabalarda tolerantlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
talabalardagi tolerantlikning namoyon bo‘lishida o‘g‘il bolalarda kishining o‘zaro ijtimoiy-psixologik jihatdan maqsadlarini amalga oshirishda o‘zaro tushunish, o‘z harakatlari, munosabatlarini boshqa shaxslar jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini boricha qabul qilishning yuqoriligi qizlarda esa ijtimoiy munosabatlar affilyativ ehtiyojlarni qondirishga yo‘nalganligi bilan ajralib turishi ijtimoiy ta’sirlarga bog‘liqligi tufayli kognitiv, ijtimoiy, oilaviy omillarning ahamiyati ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-213 son buyrug‘iga ko‘ra “Ontogenez rsixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-213a son ma’lumotnoma). Natijada talabalarda tolerantlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari ochib berilgan.
talabalardagi tolerantlikning namoyon bo‘lishida etnik tolerantlikning yutuqlarga erishish, mehribonlik, konformlilik bilan, sosial toleratlikning mustaqillik bilan o‘zar uyg‘un shakllanishi tufayli shaxs qadriyatlari tizimi ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-213 son buyrug‘iga ko‘ra “Ontogenez rsixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-213a son ma’lumotnoma) Natijada tolerantlikning psixologik xususiyati shaxs qadriyatlariga bog‘liqligini asoslash imkoniyati yaratilgan.
talabalarda tolerantlikni namoyon bo‘lishi hissiy bilimdonlik hamda empatiyaning etnik, ijtimoiy, o‘z kechinmalarini boshqarish va o‘ziga motivasiya berishning shaxsiy tolerantlik bilan integrativ rivojlanishiga asoslanib emosional intellektning shakllanganligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-213 son buyrug‘iga ko‘ra “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-213a son ma’lumotnoma). Natijada tolerantlikni namoyon bo‘lishiga emotsional intellektning ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
talabalarda tolerantlikni rivojlantirish uchun shaxslararo munosabatlardagi refleksiya, ijtimoiy persepsiya, mas’uliyat, axloqiy burch, kognitiv va refleksiv empatiyani etnik xususiyatlarga bog‘liq holda shakllanishiga asoslanib “ijtimoiy-kognitiv”. “emosional”, “motivasion” sohaga ta’sir etish muhimligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-213 son buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-213a son ma’lumotnoma). Natijada tolerantlikni rivojlantirining psixologik dastur va psixologik tavsiyalar ishlab chiqilgan.