Darmonov Ilhomjon Karimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. O‘zbek shomon afsonalari (o‘rganilishi tasnifi va badiiyati), 10.00.08 – Folklorshunoslik. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.2.PhD/Fil 3632
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qayumov Olim Sadriddinovich filologiya fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Amaliy fanlar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Keruenov Turganbay Arazmedovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. o‘zbek shomon afsonalarining o‘ziga xos xususiyatlari, janr tabiatini aniqlash, ularning tasnif qilish mezonlarini ishlab chqish va tasnifotini yaratish, shomon afsonalarining turkiy xalqlar shomon afsonalari kontekstida tutgan o‘rnini aniqlash, shomon mifologiyasining genezisi va evolyusiyasi jarayonlarini yoritish hamda shomon afsonalari badiiyatini o‘rganishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- o‘zbek shomon afsonalarida shomonning qo‘l olishini izohlash, shomon karomatlari, shomonning mifologik homiylari(Pari, Xizr, So‘fi Olloyor, Mavlona Zohid, Anbar ona) karomatli shaxs obrazlari, ularning mifologik arsenalda tutgan o‘rni borasidagi magik voqelikni badiiy ifodalanishi, qadimgi odamlarning o‘limdan keyingi hayot, ajdodlar kulti bilan aloqador ruh va jon bilan bog‘liq animistik tasavvurlariga borib taqalishi isbotlangan;
o‘zbek shomonlarining mifologik homiylari karomarli tarixiy shaxslar ekanligi, mifologik tasavvurlar ta’sirida tarixiy shaxslar vafotidan keyin ilohiy homiy sifatida tasavvur qilina boshlaganligi so‘z ilohasi bilan bog‘liq tushunchalar dalillangan;
- hozirgi tarixiy-folkloriy jarayonda o‘zbek shomon afsonalari o‘zining jonli ijro holatini saqlab kelayotganligi qadimgi davr folklori arxetiplarining bardavomligi va folklor janrlarining hayotiy-maishiy funksiyalari bilan aloqadorligi o‘zbek shomonlarining nomoddiy madaniy meros tashuvchisi sifatidagi o‘rni ko‘rsatib berilgan, 
- shomon afsonalarining ijro o‘rni va ijro uslubi, mavzu doirasidan kelib chiqib ularning janr tabiati aniqlandi, tasnif qilish mezonlari ishlab chiqildi, shuningdek, ularning tasnifi xususida nazariy xulosalar qo‘lga kiritildi;  
- o‘zbek mifologiyasidagi mifik homiylar (Xizr, Pari, pirlar) va mifologik obrazlar(Pari, Sariqiz, jin, ajina, mortu) tizimining shakllanishi hamda tarixiy-tadrijiy taraqqiyot bosqichlari qadimgi turkiylarning o‘limdan keyingi hayot, jon va rux to‘g‘risidagi animistik tasavvurlari, O‘rta Osiyo tub etnosining mahalliy e’tiqodiy qarashlari, jumladan, zardushtiylik hamda islom dini ta’sirida kirib kelgan avliyolar borasidagi o‘zlashma asotiriy qatlamni o‘z ichiga olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek shomon afsonalari o‘rganilishi, janr tabiati, tasnifi va poetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek shomon afsonalarida shomonning qo‘l olishini izohlash, shomon karomatlari, shomonning mifologik homiylari(Pari, Xizr, So‘fi Olloyor, Mavlona Zohid, Anbar ona) karomatli shaxs obrazlari, ularning mifologik arsenalda tutgan o‘rni borasidagi magik voqelikni badiiy ifodalanishi, qadimgi odamlarning o‘limdan keyingi hayot, ajdodlar kulti bilan aloqador ruh va jon bilan bog‘liq animistik tasavvurlariga bog‘liqligi, o‘zbek shomonlarining mifologik homiylari karomarli tarixiy shaxslar ekanligi, mifologik tasavvurlar ta’sirida tarixiy shaxslar vafotidan keyin ilohiy homiy sifatida tasavvur qilina boshlaganligi, so‘z ilohasi bilan bog‘liq nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-yil 1-fevraldan 2023-yil 31-yanvargacha bo‘lgan muddatda bajarilgan A-OT-2021-132-sonli "Surxon vohasi tarixiy va etnomadaniy manbalariga oid "i-turism" platformasini ishlab chiqish"mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 9- apreldagi 04/11- 2868-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxon vohasidagi So‘fi Olloyor, Mavlona Zoxid, Termiz Sayidlari, Isso Termiziy, Xo‘ja Ro‘shoniy, Takiya ota singari karomatli shaxs obrazlari, ularning mifologik arsenalda tutgan o‘rni va shomoniylik etiqodi masalalariga doir xulosalaridan sayyohlar uchun ma’lumotnomalar hamda annotatsiyalar tayyorlangan.
Hozirgi tarixiy-folkloriy jarayonda o‘zbek shomon afsonalari o‘zining jonli ijro holatini saqlab kelayotganligi, qadimgi davr folklori arxetiplarining bardavomligi va folklor janrlarining hayotiy-maishiy funksiyalari bilan aloqadorligi, o‘zbek shomonlarining nomoddiy madaniy meros tashuvchisi sifatidagi o‘rni, shomon afsonalarining ijro o‘rni va ijro uslubi, janr tabiati, tasnif qilish mezonlari hamda tasnifi xususidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi xalq ijodiyoti metodik markazi Respublika madaniyat muassasalari xalq ijodiyoti bo‘limlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 3-apreldagi 01/01- 59 - son ma’lumotnomasi).
Natijada, Madaniyat bo‘limlarining faoliyatida xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti namunalarini izchil to‘plash va ommalashtirish borasidagi tajribalar takomillashtirilib, o‘zbek shomonlari nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi muhim ob’ekt sifatida folklor axboritchilari ro‘yxatiga kiritildi 
O‘zbek mifologiyasidagi mifik homiylar (Xizr, Pari, pirlar) va mifologik obrazlar(Pari, Sariqiz, jin, ajina, mortu) tizimining shakllanishi hamda tarixiy-tadrijiy taraqqiyot bosqichlari qadimgi turkiylarning o‘limdan keyingi hayot, jon va rux to‘g‘risidagi animistik tasavvurlari, O‘rta Osiyo tub etnosining mahalliy e’tiqodiy qarashlari, jumladan, zardushtiylik hamda islom dini ta’sirida kirib kelgan avliyolar borasidagi o‘zlashma asotiriy qatlamni o‘z ichiga olishi to‘g‘risidagi xulosalaridan Namangan viloyati teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-sonli "Nomoddiy madaniy merosni  muhofaza qilish, ilmiy o‘raganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, tashkil etilgan "Moziydan sado" teleko‘rsatuvi, "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan turkum ko‘rsatuvlar, tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati “Hilqat teleradiosi”ning 2024-yil 10-iyundagi №01/01-H/T- 04 - son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangam viloyati teleradiokompaniyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-sonli "Nomoddiy madaniy merosni  muxofaza qilish, ilmiy o‘raganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan "Qadriyat" rukni ostida teleko‘rsatuvlarni tayyorlash, Namangan viloyati radiosida “Ajdodlardan meros qadriyat" turkum eshittirishlar, "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan turkum ko‘rsatuvlar tashkil etishda keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish