Esemuratova Ulzada Xojaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpoq xalq dostoni “Davlatyorbek” (genezisi, tipologiyasi va poetikasi), 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil.4906.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus  davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirova Sarigul, filologiya fanlari doktori, professor; 
Nizamaddinov Jeniz Minajatdinovoch, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpoq xalq dostoni “Davlatyorbek”ning yaratilishi va shakllanish tarixi, sujet tuzilishi, obrazlar tizimi, motivlar genezisi, qoraqalpoqcha variantlarning o‘xshash va farqli jihatlari, baxshilar repertuaridagi o‘rni, shuningdek, o‘zbek va turkman versiyalarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Davlatyorbek” dostonining qoraqalpoq, o‘zbek va turkman xalqlarining epik merosidagi variantlari qiyosiy-tahliliy asosda o‘rganilib, uning genezisi, ijro an’analari va tarqalish tarixiga doir yangi belgilari ochilgan;
Dostonning qoraqalpoqcha varianti tahlilida uning Xorazm va turkman versiyalari bilan uslub, syujet va obrazlar tizimidagi umumiylik va farqlar ilmiy jihatdan aniqlanib, XVIII asr tarixiy voqealarining doston shakllanishiga bo‘lgan ta’siri, shuningdek, qahramonlik eposi doirasidagi milliy o‘ziga xosliklar ilk bor yoritilgan;
Badiiy tasvir vositalari, nazm va nasrning uyg‘unligi, dostonning poetik tuzilishidagi o‘ziga xos jihatlar, ijrochining akterlik mahorati, musiqiy ifoda va badiiy ijro shakllari ilmiy asosda tahlil etilib, ijrochilik an’analariga oid yangi kashfiyotlar ilgari surilgan;
Dostonning shakllanishida Orolbo‘yi epik an’analari va turli dostonlarning syujet tizimi bilan bog'liqliklari hamda Davlatyorbekning mualliflik qo‘shiqlari asosida yuzaga kelgani ilmiy jihatdan asoslanib, Qo‘ng'irot, Xorazm va Turkmaniston hududlarida keng tarqalish jarayonining sabablari birinchi marta ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Davlatyorbek” dostonining qoraqalpoq, o‘zbek va turkman xalqlarining epik merosidagi variantlari qiyosiy-tahliliy asosda o‘rganilib, uning genezisi, ijro an’analari va tarqalish tarixiga doir yangi belgilari va badiiy tasvir vositalari, nazm va nasrning uyg‘unligi, dostonning poetik tuzilishidagi o‘ziga xos jihatlar, ijrochining akterlik mahorati, musiqiy ifoda va badiiy ijro shakllari ilmiy asosda tahlil etilib, ijrochilik an’analariga oid yangi kashfiyotlarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki prozasi (janrlar tuzilishi, genezisi, obrazlar tizimi, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2024-yil 26-iyundagi 247/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Davlatyorbek» dostoni qoraqalpoq versiyasining obrazlar tizimi shakllanish tarixi va badiiy evolyusiyasiga oid yangi nazariy fikrlar ishlab chiqilgan; 
Dostonning qoraqalpoqcha varianti tahlilida uning Xorazm va turkman versiyalari bilan uslub, syujet va obrazlar tizimidagi umumiylik va farqlar ilmiy jihatdan aniqlanib, XVIII asr tarixiy voqealarining doston shakllanishiga bo‘lgan ta’siri, shuningdek, qahramonlik eposi doirasidagi milliy o‘ziga xosliklar ilk bor yoritilganligiga oid ilmiy-nazariy fikrlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Ullı ziban” dasturi, “Miyras” kabi eshittirishlarida foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-apreldagi 05-22/178-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Davlatyorbek” dostonining qoraqalpoq, o‘zbek va turkman versiyalarining qiyosiy-tarixiy tahlili natijasida ushbu asarning dastlabki varianti Qo‘ng‘irot mintaqasida yaratilgani e’lon qilindi.
Dostonning shakllanishida Orolbo‘yi epik an’analari va turli dostonlarning syujet tizimi bilan bog'liqliklari hamda Davlatyorbekning mualliflik qo‘shiqlari asosida yuzaga kelgani ilmiy jihatdan asoslanib, Qo‘ng'irot, Xorazm va Turkmaniston hududlarida keng tarqalish jarayonining sabablari birinchi marta ochib berilganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejalarining bir qator bandlarining bajarilishini ta’minlashda, jumladan “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish haqida”gi o‘zbek va qoraqalpoq milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining nodir namunalarini saqlash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish vazifalarini bajarishda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi 2024-yil 27-martdagi 2-04/722-sonli maʼlumotnomasi). Natijada muallifning ilmiy ishidagi yangiliklar o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ma’naviyat darslarida, musiqa fanidan talabalar uchun o‘tkazilayotgan ma’ruzalar sifatini oshirishda, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fozilatlarini shakllantirishda, yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda milliy o‘zlikni anglashni shakllantirish kabi ta’lim jarayonlariga kiritildi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish