Bekbergenova Abadan Utepovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq xalq dostoni “Er Ziyvar”: genezisi, tipologiyasi, poetikasi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil3218.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bahadırova Sarıgul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Jarimbetov Kurbanbay Kudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor;
Allambergenova Nodira Gulmurzaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpoq xalq dostoni “Er Ziyvar”ning genezisi, janriy o‘ziga xosliklari, sujet va motivlar tipologiyasi, obrazlar tizimini tadqiq qilishlar asosida dostonning qoraqalpoq epik an’anasida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Er Ziyvar” dostonining milliy variantini qiyosiy tahlil qilish natijasida turkiy xalqlarning mifik-fantastik, ertak sujetli dostonlaridagi arxaik sujetlar va mif-poetik tushunchalarning badiiy tadriji bilan bog‘liqligi dalillangan;
dostonning turkiy xalqlar eposlari, ertaklari, rivoyat va afsonalari bilan o‘zaro aloqasi, sujetlardagi mushtaraklik va o‘ziga xos jihatlar tahlil etilib, ularning tarixiy-genetik tomondan yaxlit manba asosida yuzaga kelganligi aniqlangan;
An’anaviy epik sujetlarning, obrazlar tizimining rivojlanishiga va badiiy tasvir vositalariga boy milliy dostonning paydo bo‘lishida Qurbanbay jirovning badihago‘ylik iqtidori va yakka ijro mahorati asos bo‘lganligi oydinlashtirilgan;
“Er Ziyvar”ning epik qahromonlikni aks ettirgan keyingi davrda yaratilgani bilan o‘zida arxaik motiv va obrazlarni jamlagan doston ekanligini aniqlashda qahramonlarning ilohiy kuchga ega bo‘lishi, oz’iga qarshi kuchlar bilan kurashishda ertak motivlarining aks etishi, mifologik qarashlar va e’tiqodlar turmush realligi asosida tasvirlarnishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Er Ziyvar” dostonining milliy variantini qiyosiy tahlil qilish natijasida turkiy xalqlarning mifik-fantastik, ertak sujetli dostonlaridagi arxaik sujetlar va mif-poetik tushunchalarning badiiy tadriji bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 rahamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 26-noyabrdagi № 545/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qaraqalpoq folklorshunosligida qahromonlik dostonlarning, jumladan, “Er Ziyvar” dostonining genezisi, janriy xususiyatlari, tipologik jihatlarini o‘rganilish tarixiga oid ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
dostonning turkiy xalqlar eposlari, ertaklari, rivoyat va afsonalari bilan o‘zaro aloqasi, sujetlardagi mushtaraklik va o‘ziga xos jihatlar tahlil etilib, ularning tarixiy-genetik tomondan yaxlit manba asosida yuzaga kelganligi haqidagi ilmiy nazariy fikr va echimlardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq og‘zaki prozasini (janrlar qurilishi, genezisi, obrazlar, sujet va motivlari, poetikasi)” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 26-noyabrdagi № 546/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Er Ziyvar” dostonining turkiy xalqlari epik tizimidagi o‘rnini belgilash imkonini yaratgan va shunga asos loyiha mazmuni yangi ilmiy-nazariy qarashlar bilan takomillashtirilgan;
An’anaviy epik sujetlarning, obrazlar tizimining rivojlanishiga va badiiy tasvir vositalariga boy milliy dostonning paydo bo‘lishida Qurbanbay jirovning badihago‘ylik iqtidori va yakka ijro mahoratini asoslab berilishi bo‘yicha ilmiy xulosalardan yosh ijodkorlarga bag‘ishlangan amaliy va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 26-noyabrdagi № 107-sonli ma’lumotnamasi). Natijada, yosh ijodkorlar Qurbanbay jirovning dostondagi poetik usullari bilan tanishish, organish orqali o‘z asarlarida qahramonlik, vatanparvarlik ruhini shakllantirib, ijodiy iste’dodining yanada rivojlanishini ta’minlagan;
“Er Ziyvar”ning epik qahromonlikni aks ettirgan keyingi davrda yaratilgani bilan o‘zida arxaik motiv va obrazlarni jamlagan doston ekanligini aniqlashda qahramonlarning ilohiy kuchga ega bo‘lishi, oz’iga qarshi kuchlar bilan kurashishda ertak motivlarining aks etishi, mifologik qarashlar va e’tiqodlar turmush realligi asosida tasvirlarnishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Assalawma aleykum Qaraqalpaqstan”, “Ruwhiyliq bostanı”, “Miyras” nomli ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-noyabrdagi № 05-22/ 508-sonli ma’lumotnamasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan va milliy qadriyatlarimizning ruhiy-madaniy rivojlanishida tutgan o‘rnini yoshlar orasida keng ommalashtirishga erishilgan.