Jolımbetova Shirin Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “G.Davletova asarlarining lingvopoetik tahlili”, 10.00.03. – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4090.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: O‘rinboeva Dilbar Bozorovna, filologiya fanlari doktori, professor; 
Prekeeva Amangul Ansatbaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. G.Davletova asarlari tilining lingvopoetik xususiyatlarini, matndagi leksik til birliklarining poetik semantikasini, badiiy-estetik vazifasini aniqlash orqali shoirning poetik individualligini ko‘rsatishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
G.Davletovaning o‘ziga xos poetik ijodi asosida qo‘llanilgan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish kabi turlarining estetik ahamiyatini belgilashdagi xususiyatlari ochib berilgan;
G.Davletova asarlaridagi fonetik troplar, leksik birliklar, badiiy tasvirlash vositalarining asarning estetik ahamiyatini belgilashdagi roli, poetik matnni yaratish imkoniyatlari, poetik individuallik tizimida shoira tomonidan til birliklarini qo‘llash mahorati o‘rganilgan;
qaroqalpoq tilida uslubiy-jihatdan o‘ziga xos badiiy tasviriy vositalar, ilmiy-nazariy xulosalari, leksik, nutqiy sinonim va antonimlarning lingvopoetika vazifasi sifatida qo‘llanilishi aniqlangan; 
shoyirning lingvopoetik hususiyati sifatida foydalanish mahorati o‘rganilgan, shuningdek, frazeologizmlar va naql-maqollarning lingvopoetik jihati asosida nutqni ihchamlashtirish, tushunchani obrazli atash, psixologik holatni ifodalash, emotsional-ekspressiv funksiyalarni bajarishi dalillangan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Shoyir G.Davletova asarlari tilini lingvopoetik tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G.Davletovaning o‘ziga xos poetik ijodi asosida qo‘llanilgan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish kabi turlarining estetik ahamiyatini belgilashdagi xususiyatlari bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 291-son Qaroriga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengashining Raisi tomonidan 2024-yil 31-yanvar kuni tasdiqlangan 01-12/15-27-sonli ish rejasiga muvofiq “Sahro bulbuli” mavzusidagi Respublika ko‘rik-tanlovining tashkillashtirilishida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 20-yanvar 04/04-105-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot xulosalari shoirlar mahoratini oshirishda, yosh ijodkorlarning etishib chiqishida, o‘quvchi yoshlar, talabalar, badiiy adabiyotga qiziquvchi keng xalq ommasiga targ‘ib etishda samarali foydalanilgan;
G.Davletova asarlaridagi fonetik troplar, leksik birliklar, badiiy tasvirlash vositalarining asarning estetik ahamiyatini belgilashdagi roli, poetik matnni yaratish imkoniyatlari,poetik individuallik tizimida shoira tomonidan til birliklarini qo‘llash mahorati bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqolpog‘iston telekanalining «Ota makon», «Oltin hudud», «Meros» ko‘rsatuvlari hamda eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 7-avgustdagi 05-22/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammalashgan, ilmiy dalilarga boy bo‘lishi taminlangan. 
qaroqalpoq tilida uslubiy-jihatdan o‘ziga xos badiiy tasviriy vositalar, ilmiy-nazariy xulosalari, leksik, nutqiy sinonim va antonimlarning lingvopoetika vazifasi sifatida qo‘llanilishi va shoyirning lingvopoetik hususiyati sifatida foydalanish mahorati o‘rganilgan, shuningdek, frazeologizmlar va naql-maqollarning lingvopoetik jihati asosida nutqni ihchamlashtirish, tushunchani obrazli atash, psixologik holatni ifodalash, emotsional-ekspressiv funksiyalarni bajarishi dalillangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi 2025-yil 29-yanvar, №8 dagi 01-02/03-132-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shoyirning qahramon obrazini yaratishdagi adabiy-badiiy mahoratining ochilishiga asos bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish