Xamdamov Shoh-Jaxon Rahmat o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda barqaror rivojlanishni ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot va 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt523.
Ilmiy rahbar: Usmanov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “barqaror rivojlanish” tushunchasi mohiyati demografik-ijtimoiy o‘zgarishlarga ko‘ra ehtiyojni sifat jihatdan yanada to‘laroq qondirish, gender tengligi, ekologik talablar ustuvorligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda texnologik-innovatsiya va iqtisodiy mexanizmlardan samarali foydalanishga ko‘ra iqlim o‘zgarishiga moslashuvchi hamda mahalliy va global integratsiyaning chuqurlashuvining uzoq muddatli rivojlanishi asosida takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra hududning ekologik barqarorlik darajasini “yuqori darajadagi muvofiqlik” (0<GHA ≤ 0,3), “o‘rtachadan yuqori darajali muvofiqlik” (0,3<GHA ≤ 0,5), “o‘rta darajali muvofiqlik” (0,5<GHA ≤ 0,7), “past darajali muvofiqlik” (0,7<GHA ≤ 1) guruhlari orlig‘iga ko‘ra tasniflash asosida baholash asoslangan hamda ekologik izning ekologik sig‘imga nisbati barqarorlik mezonlaridan oshmasligi uchun o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda ekoligik barqarorlik darajasi va ulardan foydalanish samaradorligini baholash indikatorlari taklif etilgan;
resursga boy mintaqalarda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi barqaror rivojlanish omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellarga ko‘ra tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanishning salbiy oqibatlari va ekologik mustahkamlikning ijobiy ta’siri asoslangan holda ekologik mustahkamlikni oshirish imkoniyatlari ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot nazariyasida egri chiziq gipotezasi asoslanib, unga binoan tashkilotlarda boshqaruv xodimlari tarkibidagi gender xilma-xilligi, mustaqil boshqaruvchilar mavjudligi, madaniy va tajriba xilma-xilligi orqali barqaror rivojlanishda yashil iqtisodiy o‘sishga erishilishi imkoniyatlari asoslangan;
iqtisodiyotning real sektorini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari, suv nasos stansiyalari hamda ko‘chma generatorlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun byudjetdan moliyalashtiriladigan subsidiya va taqdim etiladigan imtiyozlarning iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib tartibga solish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
EIZni tashkil qilishning nazariy asoslari va samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha olingan natijalar asosida:
Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “barqaror rivojlanish” tushunchasi mohiyati demografik-ijtimoiy o‘zgarishlarga ko‘ra ehtiyojni sifat jihatdan yanada to‘laroq qondirish, gender tengligi, ekologik talablar ustuvorligi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda texnologik-innovatsiya va iqtisodiy mexanizmlardan samarali foydalanishga ko‘ra iqlim o‘zgarishiga moslashuvchi hamda mahalliy va global integratsiyaning chuqurlashuvining uzoq muddatli rivojlanishi asosida takomillashtirishga oid nazariy xulosa va uslubiy tavsiyalardan 5230600 –“Finance and financial technologies” va 5231300 –“Budget control and treasury” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Treasury management” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 211-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy natija talabalarda barqaror rivojlanish tushunchasini uning maqsadlari bilan uyg‘unlashgan holda to‘laqonli tushunish imkoniyatini kengytirishga xizmat qilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra hududning ekologik barqarorlik darajasini “yuqori darajadagi muvofiqlik” (0<GHA ≤ 0,3), “o‘rtachadan yuqori darajali muvofiqlik” (0,3<GHA ≤ 0,5), “o‘rta darajali muvofiqlik” (0,5<GHA ≤ 0,7), “past darajali muvofiqlik” (0,7<GHA ≤ 1) guruhlari orlig‘iga ko‘ra tasniflash asosida baholash hamda ekologik izning ekologik sig‘imga nisbati barqarorlik mezonlaridan oshmasligi uchun o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda ekoligik barqarorlik darajasi va ulardan foydalanish samaradorligini baholash indikatorlari bo‘yicha taklifdan “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” 24.12.2024 yildagi O‘RQ-1011-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni”ni ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 12-martdagi 05/1051-sonli ma’lumotnomasi) va 5230100 –“Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Introduction to economic policy” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 212-son buyrug‘i). Mazkur taklif hududlarning ekologik barqarorlik darajasini baholash aniqligini oshirishga hamda talabalarda ekologik barqarorlik metodologiyasini zamonaviy talablarga ko‘ra amaliy-nazariy faoliyatda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
resursga boy mintaqalarda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi barqaror rivojlanish omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellarga ko‘ra tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanishning salbiy oqibatlari va ekologik mustahkamlikning ijobiy ta’siri asoslangan holda ekologik mustahkamlikni oshirish imkoniyatlari bo‘yicha taklifdan “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 12-martdagi 05/1051-sonli ma’lumotnomasi). Taklif yashil energiyaga o‘tishni rag‘batlantirish dastaklarini faol qo‘llash va bunday iqtisodiyotga o‘tish yo‘llarini ilmiy asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyot nazariyasida egri chiziq gipotezasi asoslanib, unga binoan tashkilotlarda boshqaruv xodimlari tarkibidagi gender xilma-xilligi, mustaqil boshqaruvchilar mavjudligi, madaniy va tajriba xilma-xilligi orqali barqaror rivojlanishda yashil iqtisodiy o‘sishga erishilishi imkoniyatlari bo‘yicha taklif “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 12-martdagi 05/1051-sonli ma’lumotnomasi) hamda 5230600 –“Finance and financial technologies” va 5231300 –“Budget control and treasury” nomli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Treasury management” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 211-son buyrug‘i). Taklif yashil iqtisodiy o‘sishga erishilish yo‘llarining kengaytirishga va ta’lim sifatini amaliy-nazariy ishlanmalar sifatini oshirishga ko‘ra ko‘tarishga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiyotning real sektorini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari, suv nasos stansiyalari hamda ko‘chma generatorlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun byudjetdan moliyalashtiriladigan subsidiya va taqdim etiladigan imtiyozlarning iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib tartibga solish taklifi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonunga (24.12.2024-y., O‘RQ-1011) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 12-martdagi 05/1051-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakatda yashil iqtisodiyotni ta’minlashda yashil energiyaga o‘tishni rag‘batlantirish va ko‘lamini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.