Temirxanova Gulnara Utebaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida qoraqalpoq tiliga chet tillardan kirgan so‘zlar”, 10.00.03. – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil1504.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Pirniyazova Alima Qudiyarovna, filologiya fanlari doktori, professor;
Karlıbaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlar leksikasi orqali qoraqalpoq tilining lug‘at tarkibi tizimida shu guruhdagi so‘zlarning o‘rnini aniqlash, undagi leksik-semantik jarayonlarni o‘rganish hamda lug‘at tarkibining boshqa leksik-semantik guruhlar bilan umumiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq milliy adabiy tilining rivojlanishi va leksikasining har tomonlama boyishida, lug‘at fondi imkoniyatlarining kengayishida chetdan kirib kelgan so‘zlarning xizmati, ahamiyati, o‘rni aniqlangan;
qoraqalpoq tiliga rus tili orqali, shuningdek, nemis, ingliz, fransuz, lotin, yunon va boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarning o‘z tub ma’nolarida qo‘llanishi bilan birga, semantik o‘zgarishlarga uchrashi, leksikaga kirib borishi va tildagi bo‘shliqlarni to‘ldirishdagi vazifalari ko‘rsatilgan;
qoraqalpoq tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning qo‘llanish doirasi va semantik jihatlar dalillangan;
xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning dastlabki nominativ ma’nosi va qoraqalpoq tili grammatikasida pasayishi, struktur uyg‘unligi, derivatsion qurilishi aniqlangan;
hozirgi qoraqalpoq tili leksikasi tarkibidagi xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning mavzuiy doirasini o‘rganish natijasida ularning qo‘llanish doirasi va adabiy tilni boyitishda imkoniyatlari kengligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tiliga chetdan kirib kelgan so‘zlarning xizmati va tilda faollashuvining xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
qoraqalpoq milliy adabiy tilining rivojlanishi va leksikasining har tomonlama boyishida, lug‘at fondi imkoniyatlarining kengayishida chetdan kirib kelgan so‘zlarning xizmati, ahamiyati, o‘rni aniqlangangini dalillovchi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional lug‘at yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 4 oktyabrdagi №454/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning muloqot jarayonida qo‘llanilishi, adabiy til mezonlari asosida yozilish imlosi ta’minlangan;
qoraqalpoq tiliga rus tili orqali, shuningdek, nemis, ingliz, fransuz, lotin, yunon va boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarning o‘z tub ma’nolarida qo‘llanishi bilan birga, semantik o‘zgarishlarga uchrashi, leksikaga kirib borishi va tildagi bo‘shliqlarni to‘ldirishdagi vazifalari bilan bog‘liq xulosalardan “English for the ear studens” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 277-sonli buyrig‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada ilmiy-texnik yo‘nalishda chetdan kirib kelgan termin so‘zlarning qoraqalpoq tilida qo‘llanilishi, amaliy faoliyati, ma’nosi oliy ta’lim muassasasi talabalariga tanishtirilishi orqali ularning dars jarayonida xorijiy termin so‘zlarning ma’no-mazmunini chuqur anglashiga va amaliy muomalaga kirishiga, bu orqali fan bo‘yicha nazariy tushunchalarining mustahkamlanishiga erishilgan;
qoraqalpoq tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning qo‘llanish doirasi va semantik jihatlar dalillangan va xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning dastlabki nominativ ma’nosi va qoraqalpoq tili grammatikasida pasayishi, struktur uyg‘unligi, derivatsion qurilishi aniqlangan xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Erkin fikr”, “Assalomu alaykum Qoraqalpog‘iston” hamda “Tilga e’tibor-e’lga e’tibor”, “Meros” radioeshittirishlari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-maydagi №05-22/259-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik yillarida qoraqalpoq tilidagi ayrim so‘zlarning kengayishi natijasida leksikamizga chetdan kirib kelgan so‘zlarning qo‘llanilishi, faoliyati, ularni o‘rganish orqali qoraqalpoq adabiy tilining rivojlanish darajasi keng jamoatchilikka tanitilishi orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyati oshishiga erishilgan;
hozirgi qoraqalpoq tili leksikasi tarkibidagi xorijiy tillardan kirib kelgan so‘zlarning mavzuiy doirasini o‘rganish natijasida ularning qo‘llanish doirasi va adabiy tilni boyitishda imkoniyatlari kengligi isbotlangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alifbosi va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 9-oktyabrdagi №388-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda mustaqillik yillarida xorijiy tildan kirib kelgan so‘zlarning ilm-fandagi o‘rnini aniqlash orqali qoraqalpoq tilini rivojlantirishda milliy tilni o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mazmunini takomillashtirishda amaliy jihatdan yordam berib, qoraqalpoq tilidan foydalanuvchilarning milliy qadriyatlarni chuqurroq anglashiga, adabiy til mezonlarini saqlashga erishilgan.