Razikova Feruza kamildjanovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy-nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Xorijiy til), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ahmedova Nodira Muxtorjonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna. pedagogika fanlari doktori, professor Abdullaeva DilfuzaMuhiddinovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy-nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari til madaniyati va nutqiy muloqotga oid bilimlarni oshirib borishda nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, izchilligi, sofligi, ifodaliligi, boyligini intensivlashtirish hamda kommunikativ-refleksiv tarkibiy qismlariga tizimli moslashtirish va evrestik ta’lim texnologiyasini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;  
oliy ta’lim muassasasi talabalarida kasbiy-nutqiy kompetensiyani takomillashtirish modeli evrestik ta’lim texnologiyasining pedagogik loyihalash ierarxiyasining konseptual, dasturiy va texnologik darajalarini didaktik yaxlitlash, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish, muloqot qobiliyatlari, jamoada o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyatlarining potensial imkoniyatlari va umumiy madaniy jihatlarini  maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirgan; 
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kommunikativ, ta’limiy kvestlar reflektiv usullar, guruhli, juftlikda ishlash, individual ta’lim shakllari, ko‘rgazmali,  matnli va multimedia o‘quv vositalaridan foydalanish natijadorligini oshirishga qaratilgan nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini asoslashga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarning  kasbiy-nutqiy kompetensiyaning samaradorligi ko‘nikma va malakalarning zarur miqdorini o‘zlashtirish, kasbiy va kommunikativ  funksiyalarini stoxastik, asosiy, intensiv va ijodiy darajada bajarish, kasbiy-nutqiy muloqotning turli vaziyatlarida mustaqil harakat qilish va adekvat qarorlar qabul qilishga tadrijiy ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim  jarayonida talabalarning kasbiy-nutqiy kompetensiyalarni takomillashtirish natijalari:
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari til madaniyati va nutqiy muloqotga oid bilimlarni oshirib borishda nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, izchilligi, sofligi, ifodaliligi, boyligini intensivlashtirish hamda kommunikativ-refleksiv tarkibiy qismlariga tizimli moslashtirish va evrestik ta’lim texnologiyasini loyihalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 maydagi 11-05-2971/04-sonli dalolatnomasi). Natijada til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalarning  ta’lim texnologiyalari jarayonida nutqiy savodxonligini o‘sishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarida kasbiy-nutqiy kompetensiyani takomillashtirish modeli evrestik ta’lim texnologiyasining pedagogik loyihalash ierarxiyasining konseptual, dasturiy va texnologik darajalarini didaktik yaxlitlash, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish, muloqot qobiliyatlari, jamoada o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyatlarining potensial imkoniyatlari va umumiy madaniy jihatlarini  maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 maydagi 11-05-2971/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning grammatik kompetensiyalarni rivojlantirishga va nutqiy muloqotga kirishish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kasbiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kommunikativ, ta’limiy kvestlar reflektiv usullar, guruhli, juftlikda ishlash, individual ta’lim shakllari, ko‘rgazmali,  matnli va multimedia o‘quv vositalaridan foydalanish natijadorligini oshirishga qaratilgan nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini asoslashga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 maydagi 11-05-2971/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning evrestik ta’lim texnologiyasi jarayonida kasbiy faoliyatni o‘zlashtirish  orqali nutq ko‘nikmalari rivojlanishiga xizmat qilgan;  
talabalarning  kasbiy-nutqiy kompetensiyaning samaradorligi ko‘nikma va malakalarning zarur miqdorini o‘zlashtirish, kasbiy va kommunikativ  funksiyalarini stoxastik, asosiy, intensiv va ijodiy darajada bajarish, kasbiy-nutqiy muloqotning turli vaziyatlarida mustaqil harakat qilish va adekvat qarorlar qabul qilishga tadrijiy ustuvorlik berish asosida  takomillashtirishga oid tavsiyalar Learning language step by step” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8 maydagi 11-05-2971/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning qiziqishlari va ijtimoiy-kommunikativ, o‘quv faoliyati hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish