Yusupova Gulrux Nabievna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Differensial yondashuv asosida talabalarning komunikativ madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 
13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili), (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Norboevna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Sodiqova iroda Ilhom qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi differensial yondashuv asosida talabalarning komunikativ madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial yondashuv asosida talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ingliz tilini o‘qitishda intellektual daraja, til bilish bosqichi, kommunikativ ehtiyojlar kabi individual farqlarni psixolingvistik xususiyatlar, o‘rganish motivatsiyasi va til kompetensiyasi darajasini belgilaydigan o‘zini-o‘zi baholashga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirilgan; 
differensial yondashuv asosida talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish modeli tilni o‘rganish jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan didaktik xususiyatlarning motivatsion, kognitiv, operatsion-amaliy va refleksiv komponentlarini o‘zaro differensiyalash hamda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishga kompleks ta’sir ko‘rsatishning pedagogik shart-sharoitlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida talabalarning komunikativ madaniyatini rivojlantirish metodikasi madaniy xususiyatlarni hisobga olib o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalarning pedagogik imkoniyatlaridan ratsional foydalanish, kommunikativ malakalar, muammolli fikrlash ko‘nikmalari va hamkorlik qilish malakalarini dinamik oshirib borish va diagnostik loyihalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida talabalarning ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatini rivojlantirish samaradorligi ravon muloqot, ijtimoiy-madaniy moslashuvchanlik, ijodiy fikrlash bo‘yicha aniqlik kiritilgan mezon ko‘rsatkichlarining amaliy tajriba natijadorligiga proporsional bog‘liqligini monitoring qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Differensial yondashuv asosida talabalarning komunikativ madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish tizimiga doir tadqiqot natijalari:
differensial yondashuv asosida talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ingliz tilini o‘qitishda intellektual daraja, til bilish bosqichi, kommunikativ ehtiyojlar kabi individual farqlarni psixolingvistik xususiyatlar, o‘rganish motivatsiyasi va til kompetensiyasi darajasini belgilaydigan o‘zini-o‘zi baholashga yo‘naltirilgan innovatsion yondashuvlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Integrated skills” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagidagi 11-05-2974/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning kommunikativ madaniyati ingliz tilini o‘qitishda talabalarning individual farqlarini didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
differensial yondashuv asosida talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish modeli tilni o‘rganish jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan didaktik xususiyatlarning motivatsion, kognitiv, operatsion-amaliy va refleksiv komponentlarini o‘zaro differensiyalash hamda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishga kompleks ta’sir ko‘rsatishning pedagogik shart-sharoitlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Integrated skills” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagidagi 11-05-2974/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning kommunikativ madaniyatini rivojlantirish motivatsion, kognitiv, operatsion-amaliy va refleksiv komponentlari  modeli takomillashtirilgan; 
differensial yondashuv asosida talabalarning komunikativ madaniyatini rivojlantirish metodikasi madaniy xususiyatlarni hisobga olib o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalarning pedagogik imkoniyatlaridan ratsional foydalanish, kommunikativ malakalar, muammolli fikrlash ko‘nikmalari va hamkorlik qilish malakalarini dinamik oshirib borish va diagnostik loyihalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Integrated skills” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagidagi 11-05-2974/04-son dalolatnomasi). Natijada, til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalar turli xil usullar va texnologiyalar orqali nutq faoliyati turlari integratsiyasi asosida kommunikativ tayyorgarligi o‘sishiga xizmat qilgan;   
differensial yondashuv asosida talabalarning ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatini rivojlantirish samaradorligi ravon muloqot, ijtimoiy-madaniy moslashuvchanlik, ijodiy fikrlash bo‘yicha aniqlik kiritilgan mezon ko‘rsatkichlarining amaliy tajriba natijadorligiga proporsional bog‘liqligini monitoring qilish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Integrated skills” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagidagi 11-05-2974/04-son dalolatnomasi). Natijada, til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalar turli xil yondashuvlar va tamoyillar orqali kommunikativ tayyorgapligi o‘sishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish