Ergashev Ozodbek Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson borlig‘i va uning ijtimoiy antropologik xususiyatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal774.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazarov Muxiddin falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Sodirjonov Muxriddin Maxamadaminovich sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda zamonaviy inson omilini shakllanishining ijtimoiy falsafiy asoslari va antropologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
dunyoqarash aqliy faoliyat va ijtimoiy ongining dinamik o‘zaro ta’sirini ifodalovchi parametr sifatida, insonning ijtimoiy antropologik o‘ziga xosligini  namoyon etuvchi ma’naviy borliq va axloqiy mo‘tadillikning falsafiy aspektlari ochib berilgan;
insonning ijtimoiy-ontologik borlig‘ini eksplikatsiya qilishda stoik falsafaning ataraxia (vazminlik, ichki muvozanat) va tasavvufiy introspeksiyaning sinergetik integratsiyasiga asoslangan paradigmal xususiyatlar, insonning ijtimoiy mohiyatinining aksiologik va prakseologik funksiyalarini mustahkamlab, globallashuv davrida inson ma’naviyatiga nisbatan xavf tug‘diruvchi yangi tahdidlar (axborot bosimi, sotsial alienatsiya, identitetning yo‘qolishi) ni tizimlashtirish imkoniyatlari ilmiy asoslagan;
jamiyatda inson borlig‘ini belgilovchi ma’naviy (dunyoqarash, tafakkur), iqtisodiy (mexnat, moddiy ehtiyojlar), ijtimoiy (turmush tarzi, faoliyat) omillari  o‘rtasidagi barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy globallashuvning zamonaviylik dialektikasida aksiologik tafakkurni mustahkamlab, shaxs-oila-jamiyat tizimida an’anaviy qadriyatlarning ratsional rivojlantirish va insonning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga ijobiy ta’siri dalillangan;
axborotlashish sharoitida insonning ma’naviy-antropologik borlig‘ida yuz berayotgan virtuallashuv xodisasining kognitiv va aksiologik deformatsiyalari tasavvufning introspektiv (o‘z-o‘zini anglash) g‘oyalari orqali ochib berilib, inson biologik, sotsiokultural va kommunikativ faktorlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi strukturaviy birlik sifatida ochib berilgan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Inson borlig‘i  namoyon bo‘lishining ijtimoiy-falsafiy jihatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalaridan:
dunyoqarash aqliy faoliyat va ijtimoiy ongining dinamik o‘zaro ta’sirini ifodalovchi parametr sifatida, insonning ijtimoiy antropologik o‘ziga xosligini  namoyon etuvchi ma’naviy borliq va axloqiy mo‘tadillikning falsafiy aspektlarini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi “Ayollar qanoti” va “Yoshlar qanoti” loyihalarini amalga oshirishda bevosita foydalanildi (O‘zbekiston Ekologik partiyasining Andijon viloyat Kengashining 2024-yil 26-noyabrdagi 65-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni samarali tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
insonning ijtimoiy-ontologik borlig‘ini eksplikatsiya qilishda stoik falsafaning ataraxia (vazminlik, ichki muvozanat) va tasavvufiy introspeksiyaning sinergetik integratsiyasiga asoslangan paradigmal xususiyatlar, insonning ijtimoiy mohiyatinining aksiologik va prakseologik funksiyalarini mustahkamlashiga oid ilmiy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun choratadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda  foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 9 -iyuldagi 10/331-son dalolatnomasi). Natijada, globallashuv davrida inson ma’naviyatiga nisbatan xavf tug‘diruvchi yangi tahdidlar (axborot bosimi, sotsial alienatsiya, identitetning yo‘qolishi) ni tizimlashtirishga hamda inson borlig‘i va uning ijtimoiy antropologik xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishga xizmat qilgan;
jamiyatda inson borlig‘ini belgilovchi ma’naviy (dunyoqarash, tafakkur), iqtisodiy (mexnat, moddiy ehtiyojlar), ijtimoiy (turmush tarzi, faoliyat) omillari  o‘rtasidagi barqarorlikni ta’minlashga doir xulosa va tavsiyalaridan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 2024 yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabati va tanqidiy fikrlash mahoratini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirlarda dissertatsiya materiallaridan foydalanildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yil 4-noyabrdagi № ITID-24-07-sonli  dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga doir ontologik targ‘ibotlarning zamonaviy, ta’sirchan, metodlarini ishlab chiqish hamda insonning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga ijobiy ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
axborotlashish sharoitida insonning ma’naviy-antropologik borlig‘ida yuz berayotgan virtuallashuv xodisasining kognitiv va aksiologik deformatsiyalari tasavvufning introspektiv (o‘z-o‘zini anglash) g‘oyalari orqali ochib berishga doir taklif va tavsiyalardan 2024-yil uchun choratadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda  foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 9 -iyuldagi 10/331-son dalolatnomasi). Natijada, insonning biologik, sotsiokultural va kommunikativ faktorlarining o‘zaro bog‘liqligini ochib berishga va inson borlig‘i va uning ijtimoiy antropologik xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish