Axmadaliev Xudayberdi Ummatalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yoshlar siyosiy faolligini oshirishning ijtimoiy falsafiy muammolari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1418.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Elmurod Bozarboy, o‘g‘li falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Abdumalikov Abdulatif Abidjanovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda yoshlar siyosiy faolligini oshirishning ijtimoiy-falafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
siyosiy faollik fenomeni multidisipliner yondashuv asosida tahlil qilinib, siyosiy sub’ektivlik tushunchasi aksiologik va aksiopragmatik jihatlar bilan uzviy bog‘liqligi falsafiy asoslangan;
xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar siyosiy tashkilotlarining institutsional modellari ijtimoiy-falsafiy mezonlar asosida o‘rganilib, ularning O‘zbekistonda yoshlar siyosiy ishtirokini kuchaytirishdagi potensial adaptatbd (dialektik, kostruktiv, destruktiv) imkoniyatlari dalillangan;
yoshlarning siyosiy faolligini oshirish muammosi liberalizm, kommunitarizm, postmodernist tafakkur doirasida multidisipliner yondashuv asosida tahlil qilinib faollik tushunchasining genezisi va strukturaviy tarkibi siyosiy sub’ektivlik bilan o‘zoro dialektik bog‘liqligi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy faolligini oshirishga doir strategik islohotlar falsafiy tahlili asosida yoshlarning siyosiy ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiluvchi strategik imperativlar jamiyatda ijtimoiy faollikni mustahkamlovchi atribut ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda yoshlarda fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga doir ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
siyosiy faollik fenomeni multidisipliner yondashuv asosida tahlil qilinib, siyosiy sub’ektivlik tushunchasi aksiologik va aksiopragmatik jihatlar bilan uzviy bog‘liqligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida 2024-yil 15-noyabrdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tashkilotlari siyosiy qanoti faoliyati tajribalarini milliy darajada qo‘llash va bu jarayonda asosiy e’tibor harbiy-vatanparvarlik masalalariga e’tibor qaratilishini ochib berishga xizmat qilgan;
 xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar siyosiy tashkilotlarining institutsional modellari ijtimoiy-falsafiy mezonlariga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday?” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasining 2024 –yil 22-oktyabrdagi 01-44-334-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar orqali uzatilgan dasturlar doirasida ham yoshlar siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari amalga oshirishga hamda yoshlar siyosiy ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilgan;
yoshlarning siyosiy faolligini oshirish muammosi liberalizm, kommunitarizm, postmodernist tafakkur doirasida multidisipliner yondashuvlariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida 2024-yil 15-noyabrdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tashkilotlari siyosiy qanoti faoliyati tajribalarini milliy darajada qo‘llash va bu jarayonda asosiy e’tibor harbiy-vatanparvarlik masalalariga e’tibor qaratilishini ochib berishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy faolligini oshirishga doir strategik islohotlar falsafiy tahlili asosida yoshlarning siyosiy ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiluvchi strategik imperativlarni rivodjlantirishga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday?” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasining 2024 –yil 22-oktyabrdagi 01-44-334-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar orqali uzatilgan dasturlar doirasida ham yoshlar siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari amalga oshirishga hamda yoshlar siyosiy ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish