Bekbaev Rauf Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Sharq va G‘arb falsafasi tarixida an’ana va an’anaviylik fenomeni» 09.00.03 – «Falsafa tarixi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fal259.
Ilmiy maslahatchi: Saidova Kamola Uskanbaevna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norov Toji Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq va G‘arb falsafasi tarixida «an’ana» va «an’anaviylik» fenomenining falsafiy-tarixiy evolyusiyasi asosiy vektorlarining Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«an’ana » falsafa tarixida va ijtimoiy-madaniy amaliyotning turli sohalarida namoyon bo‘luvchi ko‘p qirrali kompleks fenomen sifatida Sharq va G‘arb madaniyatlarining serhosil muloqoti uchun fundamental bazaligi, Yangi O‘zbekistonning madaniyatlararo aloqalarini ma’naviy vorisiylik, daxldorlik va an’analar sinergiyasi tamoyillariga asosan amalga oshirishga konstruktiv platformaligi ochib berilgan;
«an’ana» va «an’anaviylik» fenomeni Yangi O‘zbekistonda samarali ijtimoiy, madaniyatlararo, ta’lim va dinlararo integratsiyani yaratish hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashda madaniy-tarixiy va fenomenologik-gemenevtik struktura sifatida metodologik asosligi falsafiy-komparativistik yondashuvning instrumentariysi (ekvivalentlik, analogiya, parallellik, tipologizatsiya) nuqtai nazardan aniqlangan;
Yangi O‘zbekiston yosh avlod vakillarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini rivojlantirishning dinamik resursi sifatida madaniy identiklikni saqlab milliy qadriyatlar va zamonaviy davr tendensiyalarini birlashtiruvchi madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda «an’ana» va «an’anaviylik» fenomenining funksional poydevorligi aniqlangan;
globalizatsiya va zamonaviy transformatsiyalar sharoitida Yangi O‘zbekistonning barqaror ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ijtimoiy yangilanish va madaniy-aksiologik vorisiylikni uyg‘unlashtirishda «an’ana» fenomenining tuzilmaviy mexanizm sifatidagi «an’ana» va modernizatsiyadagi integratsion jarayonlarni strategik amaliy ahamiyati asoslangan;
Yangi O‘zbekistonning tadrijiy taraqqiyotida madaniy identiklikning bir qismi bo‘lgan «an’ana» fenomeni matematik model asosida madaniy taraqqiyotning tadqiqi hamda istiqbollari tendensiyalari «an’ana» va zamonaviylikning integratsiyalashuv darajasiga bog‘liqligi tuzilmaviy dinamika nuqtai nazardan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharq va G‘arb falsafasi tarixida «an’ana» va «an’anaviylik» fenomenining falsafiy-tarixiy evolyusiyasining asosiy vektorlari va uning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi ahamiyatini tadqiq etish natijalarida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
«an’ana» falsafa tarixida va ijtimoiy-madaniy amaliyotning turli sohalarida namoyon bo‘luvchi ko‘p qirrali kompleks fenomen sifatida Sharq va G‘arb madaniyatlarining serhosil muloqoti uchun fundamental bazaligi, Yangi O‘zbekistonning madaniyatlararo aloqalarini ma’naviy vorisiylik, daxldorlik va an’analar sinergiyasi tamoyillariga asosan amalga oshirishga konstruktiv platformaligiga oid ilmiy xulosadan «Sharq va G‘arb falsafasi tarixi» fanidan darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 03.10.2024-yildagi 4/17-04-04-02/2252-son ma’lumotnomasi). Natijada, darslikning ilmiy-uslubiy asosini va o‘quv mazmunini komparativistik va madaniyatlararo yondashuvlar hamda an’anaviylikning kategorial apparatini kiritish orqali takomillashtirishga, shuningdek, falsafiy tafakkurga dinamik tizim sifatida yaxlit qarashni shakllantirishga xizmat qilgan;
«an’ana» va «an’anaviylik» fenomeni Yangi O‘zbekistonda samarali ijtimoiy, madaniyatlararo, ta’lim va dinlararo integratsiyani yaratish hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlashda madaniy-tarixiy va fenomenologik-gemenevtik struktura sifatida metodologik asosligi falsafiy-komparativistik yondashuvning instrumentariysi (ekvivalentlik, analogiya, parallellik, tipologizatsiya) nuqtai nazardan aniqlanganligiga oid xulosa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 14-07-1209-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmuniy va konseptual darajasini oshirishga, xorijiy mamlakatlar va vatandoshlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda kompleks g‘oyaviy-nazariy platformani rivojlantirishga, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning ochiq davlat sifatidagi imidjini targ‘ib qilishga qaratilgan madaniy tashabbuslarda akademik ishtirokni kengaytirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston yosh avlod vakillarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini rivojlantirishning dinamik resursi sifatida madaniy identiklikni saqlab milliy qadriyatlar va zamonaviy davr tendensiyalarini birlashtiruvchi madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda «an’ana» va «an’anaviylik» fenomenining funksional poydevorligiga oid xulosa O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 08.10.2024-yildagi No4-13-21-5282-son ma’lumotnomasi). Natijada, agentlik tomonidan ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, an’analarni shaxsiy va fuqarolik yuksalishi uchun manba sifatida idrok etish orqali yosh avlodning ma’naviy-axloqiy saviyasi va tanqidiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilgan;
globalizatsiya va zamonaviy transformatsiyalar sharoitida Yangi O‘zbekistonning barqaror ma’naviy-madaniy taraqqiyotida ijtimoiy yangilanish va madaniy-aksiologik vorisiylikni uyg‘unlashtirishda «an’ana» fenomenining tuzilmaviy mexanizm sifatidagi «an’ana» va modernizatsiyadagi integratsion jarayonlarni strategik amaliy ahamiyatiga oid xulosadan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 04.10.2024-yildagi 10/104-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli madaniyat vakillari o‘rtasida hurmat, do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlash orqali respublika aholisi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishga, an’ana fenomeni asosida millatlararo va konfessiyalararo muloqotning mustahkam poydevorini shakllantirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonning tadrijiy taraqqiyotida madaniy identiklikning bir qismi bo‘lgan «an’ana» fenomeni matematik model asosida madaniy taraqqiyotning tadqiqi hamda istiqbollari tendensiyalari «an’ana» va zamonaviylikning integratsiyalashuv darajasiga bog‘liqligi tuzilmaviy dinamika nuqtai nazardan ochib berilganligiga oid xulosadan “O‘zbekiston” teleradiokanalida teleko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 01-30-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada «Tarixiy masala» va «Etno» teleko‘rsatuvlar ssenariylarining ilmiy-falsafiy mazmunini oshirish, madaniy merosni asrash va jamiyatni uyg‘un rivojlantirishning dolzarb muammolarini sifatli yoritish, tomoshabinlarda an’analarga ongli munosabatni hozirgi zamon kontekstida shakllantirishga xizmat qilgan.