To‘xtaev Botir Umirzaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ochiq burchakli glaukomani lazer usullari bilan davolashning qiyosiy tahlillari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2239.
Ilmiy rahbar: Yusupov Amin Abduazizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadeev Timur Rafael`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Nabiev Abduvali Mirzalievich, tibbiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda 532 nm, 577 nm va 810 nm to‘lqin uzunligiga ega lazerlar yordamida bajarilgan trabekuloplastika amaliyotining davolash samaradorligini taqqoslash orqali optimal davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot doirasida SLT jarroxlikidan keyin uzoq muddatli kuzatuv davrida eng yuqori klinik samaradorligi birlamchi ochik burchakli glaukomada oldingi kamera burchagida III va IV pigmentatsiya darajasida bulishi asoslangan;
birlamchi ochik burchakli glaukomada oldingi kamera burchagida I va II pigmentatsiya darajasida 577 nm mikroimpul`sli trabekuloplastika va oldingi kamera burchagini III va IV pigmentatsiya darajasida 810 nm lazerni qo‘llashning klinik fuksional mezonlari aniklangan;
trabekuloplastika amaliyotini o‘tkazish uchun bemorlarni ajratish indikatorlari qayta ko‘rib chiqildi va klinik-diagnostik mezonlar asosida tanlov algoritmi taklif etildi, bu esa bemorlarga individual yondashuvni asoslangan;
birlamchi ochiq burchakli glaukomani davolashda lazerli trabekuloplastikaning samarali klinik mezonlari oldingi kamera burchagini pigmentatsiya darajasiga tayanib, ishlab chikilgan va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarni davolash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish va davolash chora - tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 24 noyabrdagi 09/22-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: tadqiqot doirasida SLT jarroxlikidan keyin uzoq muddatli kuzatuv davrida eng yuqori klinik samaradorligi birlamchi ochik burchakli glaukomada oldingi kamera burchagida III va IV pigmentatsiya darajasida bulishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Lazerli trabekuloplastika jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyasiya jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan RIKMIATM Jizzax filialiga (2024-yil 7 iyindagi 47 U sonli buyruq) va RIKMIATM Qashqadaryo filialiga (2024-yil 10 iyindagi 36 U sonli buyruq) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: glaukoma kasalligiging III va IV pigmentatsiya darajasiga bo‘lgan bemorlarda to‘lqin uzunligi 532 nm lazer yordamida bajarilgin trabekuloplastikaning uzoq muddatli samaradorligi tasdiqlandi. Mazkur usuldan amaliyotda keng foydalanish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirish, qayta-qayta jarrohlik amaliyotlarining kamaytirish va oftal`mologik xizmat sifatini oshirish mumkin bo‘ladi, o‘z navbatida aholining mehnat qobiliyatini saqlab qolish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘lqin uzunligi 532 nm lazer yordamida bajarilgan trabekuloplastikaning glaukomaning III va IV pigmentatsiya darajasida yuqori samaradorligi muolajani qayta amalga oshirishni kamaytiradi. Xulosa: ushbu usulning uzoq muddatli samarasi tufayli konservativ usulda davolanishga ehtiyojni kamaytiradi, natijada bemorlarning xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Nogironlikning kamayishi mehnatga layoqatli aholi sonini oshiradi, natija mehnat bozori va iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochik burchakli glaukomada oldingi kamera burchagida I va II pigmentatsiya darajasida 577 nm mikroimpul`sli trabekuloplastika va oldingi kamera burchagini III va IV pigmentatsiya darajasida 810 nm lazerni qo‘llashning klinik fuksional mezonlari aniklangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Lazerli trabekuloplastika jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyasiya jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan RIKMIATM Jizzax filialiga (2024-yil 7 iyindagi 47 U sonli buyruq) va RIKMIATM Qashqadaryo filialiga (2024-yil 10 iyindagi 36 U sonli buyruq) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ochiq burchakli glaukomaning pigmentatsiya darajalariga qarab lazer turlarini tanlash (577 nm va 810 nm) mikroimpul`sli trabekuloplastikada oftal`mologiya amaliyotida individual yondashuvni joriy etish imkoniyatini yaratdi, natijada har bir bemor uchun yuqori samarali muolaja turini tanlash imkonini beradi, bu holat davolash natijalarining samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: glaukoma kasalligining pigmentatsiya darajasiga qarab mikroimpul`sli trabekuloplastikada to‘lqin uzunligi farqli bo‘lgan (I–II darajada 577 nm, III–IV darajada 810 nm) lazer turlarini maqsadli qo‘llash orqali muolaja samaradorligi oshiradi va qayta aralashuv ehtiyoji kamayadi. Xulosa: ushbu natija tibbiyot muassasalari uchun xarajatlarni optimallashtirishga, tibbiy resurslarni maqsadli taqsimlashga va davolash harajatlarini qisqartirishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: trabekuloplastika amaliyotini o‘tkazish uchun bemorlarni ajratish indikatorlari qayta ko‘rib chiqildi va klinik-diagnostik mezonlar asosida tanlov algoritmi taklif etildi, bu esa bemorlarga individual yondashuvni asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Lazerli trabekuloplastika jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyasiya jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan RIKMIATM Jizzax filialiga (2024-yil 7 iyindagi 47 U sonli buyruq) va RIKMIATM Qashqadaryo filialiga (2024-yil 10 iyindagi 36 U sonli buyruq) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: glaukoma kasalligini davolashda trabekuloplastika amaliyotini amalga oshirish uchun bemorlarni tanlash indikatorlarining qayta shakillantirish va klinika diagnostik mezonlar zaminida tanlov usullarini taklif etilishi tibbiyot amaliyotida individual yondashuvlarni ta’minlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Shaxsiylashtirilgan tibbiy yondoshuvni joriy etilishi zamonaviy tibbiyotning asosiy vazifalaridan biridir, uning joriy qilinishi tibbiy xizmat sifati va aholining ishonchini yanada oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: glaukoma bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan individual yondashuv orqali ular uchun zarur va samarali muolajalar tavsiya etiladi, natijada dori-darmon, diagnostika va dispanser kuzatuv xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: ijobiy muolaja natijasida bemorning mehnat qobiliyati qayta tiklanadi va ijtimoiy nafaqa va reabilitatsiya xarajatlari sezilarli darajada kamayadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi ochiq burchakli glaukomani davolashda lazerli trabekuloplastikaning samarali klinik mezonlari oldingi kamera burchagini pigmentatsiya darajasiga tayanib, ishlab chikilgan va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur natijalar “Lazerli trabekuloplastika jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) va “Mikroimpulsli transskleral siklofotokoagulyasiya jarrohlik amaliyotining klinik samaradorligi” (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2024-yil 29-maydagi №10 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan) nomlangan metodik tavsiyalar tarkibiga kiritilgan. Joriy etilishi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimiga, shu jumladan RIKMIATM Jizzax filialiga (2024-yil 7 iyindagi 47 U sonli buyruq) va RIKMIATM Qashqadaryo filialiga (2024-yil 10 iyindagi 36 U sonli buyruq) bilan amaliyotiga joriy etildi.. Ijtimoiy samaradorligi: ochiq burchakli glaukoma kasalligini davolashda lazerli trabekuloplastika uchun natijador klinik mezonlarning ishlab chiqilishi va ularning klinik amaliyotga joriy etishning ilmiy asoslanishi oftal`mologik amaliyotda dalillarga asoslangan va shaxsiylashtirilgan yondashuvlarni ta’minlaydi. Ushbu mezonlar zaminida bemorlarga natijador muolajalar belgilanadi, bu esa muolaja samaradorligini yaxshilaydi, natijada keraksiz amaliyotlar soni kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: trabekuloplastika amaliyotiga tavsiya etilishi natijasida tibbiy xarajatlari kamayadi. Xulosa: davolash samaradorligining yaxshilanishi orqali bemorlar mehnatga layoqatliligini saqlanadi, nogironlik darajasi kamayadi, natijadi davlat byudjetiga bo‘ladigan ijtimoiy nafaqalar, reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.