G‘ofurov Nuriddin Tojimirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Tukli urug‘lik chigit sifatini saqlab qoladigan takomillashtirilgan bunker ta’minlagich qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4915
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti , DSc.03/04.10.2025.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Abdulxaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tukli urug‘lik chigit uchun bunker-dozalagich qurilmasini takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash asosida urug‘lik chigitning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tukli urug‘lik chigitni yuqori aniqlikda, uzlyuksiz va bir me’yorda dozalash imkonini beruvchi takomillashtirilgan bunker-dozator qurilmasining yangi konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
dozalash jarayonida yuzaga keladigan tiqilish va zichlanish holatlarini bartaraf etish uchun bunkerning pastki qismi qo‘zg‘aluvchi devor bilan jihozlangan hamda chigit oqimini barqarorlashtiruvchi yo‘naltirgichlar konstruktiv jihatdan takomillashtirilgan;
dozatorning asosiy ishchi organi sifatida arrachali silindrning tish profili turli variantlarda o‘rganilib, maqbul geometriya asosida yangi profil shakli tanlab olingan;
nazariy tadqiqotlar va rejali eksperimentlar natijalari asosida urug‘lik chigitni belgilangan me’yor asosida ta’minlab beruvchi bunker dozator konstruksiyasi ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
arrachali silindr tishi profilining shaklini chigitni ilashtirib ketish samarasi va chigitning mexanik shikastlanishiga ta’siri o‘rganilgan, to‘rt xil tishli profildagi silindrlar orasida to‘g‘ri burchakli trapesiya shaklidagi tishli silindr avzallikka egaligi, ya’ni chigitni ilashtirib ketish samarasi yuqori hamda chigitni mexanik shikastlanishini eng kam miqdorda ekanligi aniqlangan;
arrachali silindr tishi bilan rostlanuvchi devor orasidagi masofa 15 mm, silindr tishlarining chigit tarog‘idan chiqish balandligi 12 mm va arrachali silindrning aylanish tezligi 32 min-1 holatida rostlanganida dozatorning ish unumdorligi 4000 kg/soatni tashkil etib, dozatordan chigit bir tekis uzatilishi ta’minlangan;
takomilashtirilgan konstruksiyali bunker-dozator qurilmasini texnologik ish jarayonida amaldagi bunker-dozatorini ish jarayonidagiga nisbatan tukli urug‘lik chigitni belgilangan 4000 kg/soat ish unumdorligida bir tekisda uzatib, urug‘lik chigitning mexanik shikastlanishi 0,33 foizga kamaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bunker-dozatorning takomillashtirilgan dozalash mexanizmining konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan bunker-dozator qurilmasi Namangan viloyati Chust tumani “NT Chust g‘alla klaster” MChJ Chust paxta tozalash maskani urug‘lik chigit tayyorlash bo‘limiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 22-apreldagi № 03/25-859 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik chigitlarni asossiz yo‘qotishlarini 0,05 foizga kamaytirishga erishilgan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 108046 ming (bir yuz sakkiz million qirq olti ming) so‘mni tashkil qilgan.
Qo‘zg‘aluvchi devor bilan jihozlangan bunker hamda chigit oqimini barqarorlashtiruvchi yo‘naltirgichlarning takomillashtirilgan konstruksiyasi “NT Chust g‘alla klaster” MChJ Chust paxta tozalash maskani urug‘lik chigit tayyorlash bo‘limiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 22-apreldagi № 03/25-859 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik chigitlarni mexanik shikastlanishini 1-2 foizga kamaytirishga erishilgan.