Abduraximov Zoxid Normatovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Harbiy xizmatchilarning maxsus poyabzalini butlovchi materiallardan foydalanib  tadqiq qilish va ishlab chiqish” 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlar texnologiyasi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/4925
Ilmiy rahbar: Maksudova Umida Mirzaraximovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fotima Usmanovna texnika fanlari doktori, professor; Musaev Sayfullo Safoevich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosidagi yuqori samarali butlovchi materiallardan foydalangan holda harbiy xizmatchilar uchun maxsus izolyatsiyalangan poyabzalning import o‘rnini bosuvchi assortimentini va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish, past harorat sharoitida poyabzalning himoya xususiyatlarini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
oyoqning harorat topografiyasini va poyabzalning umumiy issiqlik qarshiligini tahlil qilish asosida talablar nazariy jihatdan asoslanagan meteorologik sharoitlarning ma’lum ko‘rsatkichlari uchun ishlatiladigan izolyasiya qilingan poyabzallarning konstruksiyalari takomillashtirilgan;
beshta poyabzal konstruksiyasining yuqori va pastki qismlari uchun materiallar to‘plamining issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha optimal komponentlar aniqlandi va poyabzalning minimal umumiy issiqlik qarshiligining standart qiymati 0,24-0,33 m2 0C/Vt o‘rnatildi, past haroratlarda poyabzal kiyganda oyoqning qulay holatini ta’minlash takomillashtirilgan;
astar materiallarining issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini eksperimental tadqiqotlar asosida materiallar qalinligining issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ta’siri aniqlandi va past harorat ta’siridan himoya qilish uchun poyabzal materiallari paketlarini ishlab chiqilgan;
maxsus etiklarning konstruksiyalari va ishlatilgan materiallarini tahlil qilish orqali poyabzal fiziologik xususiyatlari, oyoqning qulay normal biomexanik ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi, shuningdek, respublikaning tog‘li qorli hududlarida eksperimental sinovlar uchun poyabzal dizayni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi butlovchi materiallardan foydalangan holda past harorat sharoitida foydalanish uchun maxsus poyabzallarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish asosida:
poyabzallarni xarid qilish va yig‘ish hamda ikki qavatli taglikni oyoq kiyim ustki qismiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyish yo‘nalishlari bo‘yicha texnologik reglament “GO‘ZAL BIZNES PLUS” korxonasining ishlab chiqarishga joriy qilingan (2024- yil 8-iyuldagi "Uzcharmsanoat" uyushmasining AC-7/1944 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada baland qo‘njli qishki etik konstruksiyalariga asoslangan holda, harbiy xizmatchilar uchun maxsus poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha talablar va texnik shartlar ishlab chiqilgan;
eksperimental tajriba natijalariga ko‘ra, ishlab chiqilgan qishki maxsus poyabzal konstruksiyalari harbiy xizmatchilar uchun post kiyimi sifatida, shuningdek, past haroratli hududlarda xizmat qilayotgan sutkalik naryad kiyimi sifatida moddiy ta’minot meyyori tarkibiga kiritilgan (Mudofaa vazirining 2024 yil 11- iyuldagi 505-sonli buyrug‘i). Natijada maxsus poyabzal issiqlik saqlash ko‘rsatkichlari oshirilib, homashyo sarfi 15% gacha kamaytirishga erishilgan va maxalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan maxsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish