Magdieva Marhabo Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uyushmagan xotun-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1154.
Ilmiy rahbar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlar doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor;  Jo‘raev Nurbek Sadullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyushmagan xotin-qizlarda ijtimoiy faollikni namoyon bo‘lishiga sotsial omillarning ta’siriga ko‘ra ayollarning “o‘z ustida ishlash va o‘zligini namoyon qilish”, “kasbiy shakllanish”, “moddiy va ma’naviy rag‘bat”, “oiladagi ijtimoiy mavqeni mustahkamlash”, “kelajakni ta’minlash” bilan bog‘liq ehtiyojlarini amalga oshirishdagi o‘ziga xos qarashlariga asoslanib, ayollarning “ijtimoiy faollik haqidagi tasavvurlari”, “ijtimoiy faollikka undovchi va psixologik to‘siq bo‘luvchi omillar”, “shaxs xususiyatlari” bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi aniqlangan;
uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishda ayollarning yangilikka intilish hissini kognitiv xususiyatlar negizida ijodkorlikka yo‘nalganlikni motivatsion komponentga uyg‘un namoyon bo‘lishiga olib kelishi shaxsning o‘zini baholash darajasini barqarorlashtirishi mumkinligi tufayli ijodiy faollikning ta’siri ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlashtirilgan;
uyushmagan xotin-qizlarning o‘zini anglash darajasi ayollardagi vaqtga nisbatan orentasiya, ijtimoiy moslashuvchanlik, shaxsning o‘zini qabul qilishi, bilishga bo‘lgan ehtiyojning kuchli ifodalanishi sotsial aktivlikning kognitiv, emotsional-statusli, motivatsion komponentini ustuvor namoyon bo‘lishini ta’minlaganligi bois ijtimoiy faollikni oshirishda muhim psixologik determinant ekanligi isbotlangan;
uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining ustuvor harakterga ega ekanligi kognitiv komponent ta’siri asosida isbotlangan 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Uyushmagan xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish natijalari asosida:
uyushmagan xotin-qizlarda ijtimoiy faollikni namoyon bo‘lishiga sotsial omillarning ta’siriga ko‘ra ayollarning “o‘z ustida ishlash va o‘zligini namoyon qilish”, “kasbiy shakllanish”, “moddiy va ma’naviy rag‘bat”, “oiladagi ijtimoiy mavqeni mustahkamlash”, “kelajakni ta’minlash” bilan bog‘liq ehtiyojlarini amalga oshirishdagi o‘ziga xos qarashlariga asoslanib, ayollarning “ijtimoiy faollik haqidagi tasavvurlari”, “ijtimoiy faollikka undovchi va psixologik to‘siq bo‘luvchi omillar”, “shaxs xususiyatlari” bilan bog‘liq diffferensial farqlarning mavjudligi aniqlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-320 son buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-320a son ma’lumotnoma).  Natijada uyushmagan xotin-qizlarda ijtimoiy faollikni namoyon bo‘lishiga sotsial omillarning ta’sirini aniqlashtirilgan.
uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishda ayollarning yangilikka intilish hissini kognitiv xususiyatlar negizida ijodkorlikka yo‘nalganlikni motivatsion komponentga uyg‘un namoyon bo‘lishiga olib kelishi shaxsning o‘zini baholash darajasini barqarorlashtirishi mumkinligi tufayli ijodiy faollikning ta’siri ustuvor harakterga ega ekanligi aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-320 son buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-320a son ma’lumotnoma). Natijada uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishda ijodiy faollikning ahamiyatini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan. 
uyushmagan xotin-qizlarning o‘zini anglash darajasi ayollardagi vaqtga nisbatan orentasiya, ijtimoiy moslashuvchanlik, shaxsning o‘zini qabul qilishi, bilishga bo‘lgan ehtiyojning kuchli ifodalanishi sotsial aktivlikning kognitiv, emotsional-statusli, motivatsion komponentini ustuvor namoyon bo‘lishini ta’minlaganligi bois ijtimoiy faollikni oshirishda muhim psixologik determinant ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-320 son buyrug‘iga ko‘ra “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-320a son ma’lumotnoma).  Natijada uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishga o‘zini-o‘zi anglashning ta’sirini tadqiq qilish imkoniyati yaratilgan.
uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining ustuvor harakterga ega ekanligi kognitiv komponent ta’siri asosida isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 10-martdagi PM-320 son buyrug‘iga ko‘ra “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-320a son ma’lumotnoma). Natijada uyushmagan xotin-qizlardagi ijtimoiy faollikni oshirishda muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasining o‘rnini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish