Qarshieva Yanglish Abduvali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ahmad Yassaviy hikmatlarining talabalar ma’naviyati shakllanishiga ta’siri», 19.00.01 – Psixologiya nazariyasi va tarixi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P836.
Ilmiy rahbar: Xolnazarova Matlyuba Xolbo‘taevna psixologiya fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor;  Alimov Xo‘jakeldi Mustafaevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ahmad Yassaviy hikmatlarining talabalar ma’naviyati shakllanishidagi ta’sirini tadqiq etish va zarur  tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
Ahmad Yassaviy hikmatlari ilk marotaba tadqiq etilganligi  tufayli umumpsixologik  nuqtai nazardan uning ma’naviy, gumanistik g‘oyalari mazmuni hozirgi zamon kishilarining ruhiyatiga ta’sir etish orqali komillik xuxusiyatlarini uyg‘otish, o‘zini-o‘zi namoyon etishi,  ta’lim va tarbiya psixologiya yo‘nalishlarida olib borilganligi, o‘qish faoliyatiga bog‘lab ong va faoliyat birligi, tarixiy psixologik tadqiqotlarning obektivligi tamoyili asosida tahlil qilingan hamda hozirgi davr uchun ma’naviy  ahamiyati  ochib berilgan.
Ahmad  Yassaviy  hikmatlarining  asosiy  yo‘nalishlarini  tizimlashtirishda psixologik jarayonlardan: aqliy intuisiya, tafakkur, olamni teran idrok etish, nutqni boshqarish, inson ruhi va ongini psixologik yuksaltirish,   shaxs yo‘nalganligiga oid yuksak psixologik tuyg‘ular vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoiylik, haqgo‘ylik, beg‘arazlilik, hamiyatlilik, kamtarinlikni rivojlantirish, ehtiyoj bilan nafsni farqlash, nafsni engish, irodaviy sifatlarni o‘stirish  kabi sifatlarga bog‘langan holda   Yassaviy  hikmatlari  mazmun mohiyati  tizimlashtirilgan. 
 Ahmad Yassaviy hikmatlari tahlil qilish orqali tavba, gunoh, faqirlik, nafsga berilmaslik, diniy-dunyoviy ilmlarni o‘rganish va  milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallash hamda ijtimoiy – axloqiy, ijtimoiy-psixologik muammolar echimi insonning go‘zal fazilatlarida degan g‘oyalari bilan talabalarning ma’naviy rivojlanishida diniy-irfoniy, ijtimoiy-axloqiy, ijtimoiy-psixologik yuksaltirishi  bibliografik metod vostasida dalillangan.
psixologiya yo‘nalishi talabalariga «Ahmad Yassaviy hikmatlarining ma’no-mazmunini anglatish orqali ilmiy psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish,  talaba shaxsining yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish, uning  ma’naviy bilimlar rivoji ortishi imkoniyatlarini ko‘rsatib berishiga asoslanib, «Ahmad Yassaviy hikmatlarining ma’naviy dunyosi»  nomli o‘quv mashg‘ulotini ma’rifat dars soatiga  kiritish zarurati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ahmad Yassaviy hikmatlarining talabalar ma’naviyati shakllanishiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Ahmad Yassaviy hikmatlari ilk marotaba tadqiq etilganligi  tufayli umumpsixologik  nuqtai nazardan uning ma’naviy, gumanistik g‘oyalari mazmuni hozirgi zamon kishilarining ruhiyatiga ta’sir etish orqali komillik xuxusiyatlarini uyg‘otish, o‘zini-o‘zi namoyon etishi,  ta’lim va tarbiya psixologiya yo‘nalishlarida olib borilganligi, o‘qish faoliyatiga bog‘lab ong va faoliyat birligi, tarixiy psixologik tadqiqotlarning obektivligi tamoyili asosida tahlil qilingan hamda hozirgi davr uchun ma’naviy  ahamiyati  ochib berilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-345 son buyrug‘iga ko‘ra “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-345a son ma’lumotnoma). Natijada  bo‘lg‘usi psixologlarning O‘zbekistonda psixologiya fanining taraqqiyoti haqida bilimlarini takomillashtirishga erishilgan.
Ahmad  Yassaviy  hikmatlarining  asosiy  yo‘nalishlarini  tizimlashtirishda psixologik jarayonlardan: aqliy intuisiya, tafakkur, olamni teran idrok etish, nutqni boshqarish, inson ruhi va ongini psixologik yuksaltirish,   shaxs yo‘nalganligiga oid yuksak psixologik tuyg‘ular vatanparvarlik, insonparvarlik, fidoiylik, haqgo‘ylik, beg‘arazlilik, hamiyatlilik, kamtarinlikni rivojlantirish, ehtiyoj bilan nafsni farqlash, nafsni engish, irodaviy sifatlarni o‘stirish  kabi sifatlarga bog‘langan holda   Yassaviy  hikmatlari  mazmun mohiyati  tizimlashtirilganligiga oid ilmiy takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-345 son buyrug‘iga ko‘ra “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-345a son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy takliflarning joriy etilishi natijasida bo‘lg‘usi psixologlarning  O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan; 
Ahmad Yassaviy hikmatlari tahlil qilinganda u o‘zining axloqiy qarashlarida insonning go‘zal fazilatlariga diqqat qaratadi, tavba, gunoh, faqirlik, nafsga berilmaslik, diniy-dunyoviy ilmlarni o‘rganish va  milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hamda ijtimoiy – axloqiy, ijtimoiy-psixologik muammolar echimi insonning go‘zal fazilatlarida degan g‘oyani ilgari suradi. Islom dini aqidalariga tayangan holda ijod qilgan, hikmatlari ham inson o‘zligini anglashga undagan. Yassaviy ijodi talabalarning ma’naviy rivojlanishida diniy-irfoniy, ijtimoiy-axloqiy, ijtimoiy-psixologik yuksaltirishi  bibliografik metod vostasida dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-345 son buyrug‘iga ko‘ra “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-345a son ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni Ahmad Yassaviy hikmatlarining mazmun-mohiyati anglash orqali yoshlarning ma’naviy psixologik dunyosini boyitishi haqidagi tasavvurlari kengaytirilgan;
psixologiya yo‘nalishi talabalariga Ahmad Yassaviy hikmatlarining ma’no-mazmunini anglatish orqali ilmiy psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish,  talaba shaxsining yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish, uning  ma’naviy bilimlar rivoji ortishi imkoniyatlarini ko‘rsatib berishiga asoslanib, «Ahmad Yassaviy hikmatlarining ma’naviy dunyosi»  nomli o‘quv mashg‘ulotini  ma’rifat  dars soatiga kiritish zarurati isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-345 son buyrug‘iga ko‘ra “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-345a son ma’lumotnoma).  Mazkur xulosaning joriy etilishi natijasida «Ma’rifat» darslari  mazmuni  takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish