Daukeeva Aydin Oralbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): «Talabalarda o‘ziga ishonchi namoyon bo‘lishining psixologik determinantlari (Pedagogik oliy ta’lim muassasalar misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P122.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov  Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shamsiev Oktam Baxriddinovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning o‘ziga ishonshi namoyon bo‘lishning psixologik determinantlarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning o‘ziga ishonchini rivojlanishi shaxsiy, kasbiy, jamoaviy, institusional, ijtimoiy darajasini baholashda shaxsning o‘z o‘ziga munosabati, o‘ziga ishonch, shaxs yo‘nalganligining  psixologik xususiyat negizida ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, emotsional barqororlik, kognitivlik omillariga bo‘gliq ekanligi dalillangan.
talabalarning o‘ziga ishonch hissini rivojlanishi shaxsning o‘zini boshqarishi, talabalarning o‘zini emotsional qabul qilishi va o‘ziga hissiy munosabatini yoshga oid sifatlarga bog‘liq ravishda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, dinamik xususiyatga ega ekanligi asoslangan.
talabalarda o‘ziga ishonchining psixologik xususiyatlari ikkinchi kurslarda vaziyatni tezkor baholash, muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish (vaziyatli), to‘rtinchi kurslarda o‘z faoliyati, qarorlari va natijalarini baholash orqali o‘zini anglash (retrospektiv), kelajakdagi vaziyatlarni oldindan baholash (perspektiv) sifatlarining ustuvorligiga asoslanib, shaxsdagi refleksiya darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
pedagogik ta’lim jarayonida o‘zaro munosabatlaridagi samimiylik, konstruktiv muloqat ko‘nikmasini barqarorlashtirishda o‘ziga ishonchni ko‘rsatib beruvchi subektiv omillar o‘ziga ishonch, o‘zini idora qilish, o‘zini qabul qilish, o‘ziga munosabat hissini (o‘ziga emotsional munosabat), kognitiv  (o‘z o‘zini tavsiflash) xususiyatlarni ustuvorligi tufayli talabalarning o‘ziga ishonchini rivojlanishi psixologik  xususiyatga ega ekanligi dalillangan.
talabalarda o‘ziga ishonchini rivojlantirishning psixologik  modeli shaxsdagi refleksiv jarayonlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli “mustaqillik”, “o‘ziga yo‘nalganlik” komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
Talabalarda o‘ziga ishonchi namoyon bo‘lishning psixologik determinantlarini bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarning o‘ziga ishonchini rivojlanishi shaxsiy, kasbiy, jamoaviy, institusional, ijtimoiy darajasini baholashda shaxsning o‘z o‘ziga munosabati, o‘ziga ishonch, shaxs yo‘nalganligining psixologik xususiyat negizida ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, emotsional barqororlik, kognitivlik omillariga bo‘gliq ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 9-noyabrdagi 241-son buyrug‘iga asosan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 13-noyabrdagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘ziga ishonchini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlashtirilgan;
talabalarning o‘ziga ishonch hissini rivojlanishi shaxsning o‘zini boshqarishi, talabalarning o‘zini emotsional qabul qilishi va o‘ziga hissiy munosabatini yoshga oid sifatlarga bog‘liq ravishda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib, dinamik xususiyatga ega ekanligi asoslanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 9-noyabrdagi 241-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 13-noyabrdagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘ziga ishonchini rivojlanishi dinamik xususiyatga ega ekanligi aniqlashtirilgan;
talabalarda o‘ziga ishonchining  psixologik  xususiyatlari ikkinchi kurslarda vaziyatni tezkor baholash, muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish (vaziyatli), to‘rtinchi kurslarda o‘z faoliyati, qarorlari va natijalarini baholash orqali o‘zini anglash (retrospektiv), kelajakdagi vaziyatlarni oldindan baholash (perspektiv) sifatlarining ustuvorligiga asoslanib, shaxsdagi refleksiya darajasiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 9-noyabrdagi 241-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan(O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 13-noyabrdagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘ziga ishonchini rivojlanishiga shaxsdagi refleksiya darajasiga bog‘liq ekanligi aniqlashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida o‘zaro munosabatlaridagi samimiylik, konstruktiv muloqat ko‘nikmasini barqarorlashtirishda o‘ziga ishonchni ko‘rsatib beruvchi subektiv omillar o‘ziga ishonch, o‘zini idora qilish, o‘zini qabul qilish, o‘ziga munosabat hissini (o‘ziga emotsional munosabat), kognitiv  (o‘z o‘zini tavsiflash) xususiyatlarni ustuvorligi tufayli talabalarning o‘ziga ishonchini rivojlanishi psixologik xususiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 9-noyabrdagi 241-son buyrug‘iga asosan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan( O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 13-noyabrdagi 241a son ma’lumotnomasi). Natija dapedagogik ta’lim jarayonida o‘zaro munosabatlaridagi determinantlar aniqlashtirilgan;
talabalarda o‘ziga ishonchini rivojlantirishning psixologik  modeli shaxsdagi refleksiv jarayonlarni shakllanishiga erishish muhimligi tufayli “mustaqillik”, “o‘ziga yo‘nalganlik” komponentlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 9-noyabrdagi 241-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 13-noyabrdagi 241a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda o‘ziga ishonchini namoyon bo‘lishining psixologik  modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish