Hamraev Bobur Yangiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport ta’lim muassasalarini moliyaviy tizimini takomillashtirish (modernizatsiya) asosida sportchilar tayyorlashning yangi metodologiyasini yaratish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 13.00.07 – Ta’limda menejment (jismoniy tarbiya va sport ta’limi yo‘nalishi). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9669.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbarlar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Nabiullin Rishat Xismatulovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor. 
Rasmiy opponentlar Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Ikramov Murad Akramovich iqtisodiyot fanlari doktori, pofessor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport ta’lim muassasalarini moliyaviy tizimini takomillashtirish asosida sportchilar tayyorlashning yangi metodologiyasini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarning hududiy va final bosqichlarini tashkil etish hamda sportchilar ishtiroki uchun transport, yashash, ovqatlanish xarajatlari va sovg‘alarni, shuningdek mahallalarga sport inventarlarini etkazib berish tizimini ishlab chiqish hisobiga umumta’lim maktablari, oliy va professional ta’lim tizimida o‘quvchi, talabalar hamda turli nozologiyasi bor shaxslar bilan ishlash orqali respublikada ommaviy sportni rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlaridan maqsadli foydalanish uchun umumta’lim maktablari, oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini (yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha muvofiqlikda qo‘llash) tanlab yoʻnaltirishdan maqsadli foydalanish hisobiga ularning jismoniy faolligi o‘sishini nazorat qilish imkoniyatlari oshirilgan;
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ijodiy imtihonlarni adolatli hamda shaffof tashkil qilish uchun elektron baholash tizimini joriy etish, sport-ta’lim muassasalariga O‘zbekiston chempionati va kuboklarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan iqtidorli sportchi-o‘quvchilarni tanlab olish hisobiga milliy terma jamoalarga sportchi etkazib berish va zaxirasini yaratish metodikasi takomillashtirilgan;
“ERP-Sport” tizimini ishga tushirish va sport sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali sport-ta’lim muassasalarida sport guruhlarini shakllantirish hamda sohaga ajratilayotgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, sport ta’lim muassasalariga sportchilarni qabul qilishning minimal, optimal va maksimal miqdorlarini belgilash hamda sportchilar tayyorlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisobiga sport ta’lim tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport ta’lim muassasalarini moliyaviy tizimini takomillashtirish (modernizatsiya) asosida sportchilar tayyorlashning yangi metodologiyasini yaratish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sportchilarni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarning hududiy va final bosqichlarini tashkil etish hamda sportchilar ishtiroki uchun transport, yashash, ovqatlanish xarajatlari va sovg‘alarni, shuningdek mahallalarga sport inventarlarini etkazib berish tizimini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar barcha tuman va shahar sport maktablari ta’lim jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3832-sonli va 2025-yil 17-iyundagi 03-10/108-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, aholining ommaviy sportdagi qamrovi 9 %ga, shu jumladan nozologiyasi bor shaxslarning qamrovi 2,8%ga oshgan. Sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan mahallalarda 1 369 ta (474 ta universal, 647 ta stritbol-vorkaut, 248 ta vorkaut) sport maydonchalari qurib berilgan;
jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlaridan maqsadli foydalanish uchun umumta’lim maktablari, oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘quvchi-talabalar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini (yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha muvofiqlikda qo‘llash) tanlab yoʻnaltirishdan maqsadli foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar respublikadagi barcha darajadagi ta’lim muassasalariga hamda idora va tashkilotlar faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3832-sonli va 2025-yil 17-iyundagi 03-10/108-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha maxsus va ixtiyoriy sport sinovlarini ta’lim muassasalari (maktab, professional va OTM) tizimida qabul qilish hisobiga o‘quvchi va talabalarning jismoniy faolligi 63 %ga oshirilgan (misol uchun, mazkur tizim ilk bor 2024-yildan joriy etilib, 2025-yilning 30-may holatiga 5,1 million o‘quvchi va talabalardan sport sinovlari qabul qilingan hamda g‘olib va sovrindorlarga 31 448 ta I, II, III darajali ko‘krak nishonlari va 4 542 ta sport formalari tarqatilgan); 
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ijodiy imtihonlarni adolatli hamda shaffof tashkil qilish uchun elektron baholash tizimini joriy etish, sport-ta’lim muassasalariga O‘zbekiston chempionati va kuboklarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan iqtidorli sportchi-o‘quvchilarni tanlab olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublikadagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalari ish yuritish faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3832-sonli va 2025-yil 17-iyundagi 03-10/108-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida milliy terma jamoalarga sportchi etkazib berish ko‘rsatkichi 15 % ga o‘sgan;
“ERP-Sport” tizimini ishga tushirish va sport sohasini to‘liq raqamlashtirish orqali sport-ta’lim muassasalarida sport guruhlarini shakllantirish hamda sohaga ajratilayotgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, sport ta’lim muassasalariga sportchilarni qabul qilishning minimal, optimal va maksimal miqdorlarini belgilash hamda sportchilar tayyorlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublikadagi davlat sport ta’lim muassasalarining ish yuritish faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 16-apreldagi 02-16/3832-sonli va 2025-yil 17-iyundagi 03-10/108-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, sport maktablarida sport bilan shug‘ulanuvchi yoshlar qamrovi 1,7 barobarga oshgan hamda terma jamoalarga olimpiya va paralimpiya sport turlaridan sportchi etkazib berish 2021-yilga nisbatan 2025-yilda 42 %ga o‘sgan, shuningdek yiliga o‘rtacha sport infratuzilmasiga ajratilayotgan mablag‘larning 10 % yoki 2025-yil uchun nazarda tutilgan mablag‘larning qariyb 30 % aynan xususiy investisiyalar orqali o‘zlashtirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish