Babajanov To‘lqin Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energetik ichimliklar ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichakdagi morfologik o‘zgarishlar” (eksperimental tadqiqot) 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2626.
Ilmiy rahbar: Il`yasov Aziz Saidmurotovich, biologiya fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raupov Farxod Sayidovich tibbiyot fanlari doktori (DSc); Rasulov Hamidullo Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘n ikki barmoqli ichak devorining tuzil-malariga energetik ichimliklar ta’sirida va qovoq urug‘i moyi bilan korreksiyadan so‘ng morfologik o‘zgarishlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor EIlarning qisqa muddat iste’mol qilgan tajriba kalamushlari o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavatining hususiy plastinkasida limfatsitlarning diffuz to‘plami oshganligi kuzatilib, nazorat guruhi kalamushlariga nisbatan limfatsitlarning soni oshib epitelial qatlamga yaqin migratsiyalanganligi asoslangan;
ilk bor EIlarning uzoq muddat iste’moli oqibatida tajriba kalamushlari o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavati qalinligi, vorsinkalar balandligi, kriptalar chuqurligi va mikro qon tomirlar devori qalinligi ko‘rsatkichlari nazorat guruhi kalamushlarnikiga nisbatan kamayganligi aniqlangan;
ilk bor immunogistokimyoviy usullar yordamida tajriba kalamushlarning o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavatida Ki67 markeri yordamida tekshirilganda proliferativ jarayonlar oshganligi, CD163 markeri yordamida tekshirilganda monotsitar makrofagal hujayralar sonining oshganligi kuzatilib, bu shilliq qavatda nospesifik yallig‘lanish jarayoni nazorat guruhi kalamushlariga nisbatan yuzaga kelgani isbotlangan;
ilk bor EIlarni uzoq muddat qabul qilish va biologik korreksiyalash sharoitida o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavati qalinligi, vorsinkalar balandligi, kriptalar chuqurligi va mikro qon tomirlarining devor qalinligi ko‘rsatkichlari qovoq urug‘i moy iste’molidan keyin oshib nazorat guruhi kalamushlarinikiga yaqinlashganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Energetik ichimlik ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichak devor tuzilmalari va mikro qon tomirlarining morfofunksional o‘zgarish-larini tajribada o‘rganish va profilaktik chora tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor EIlarning qisqa muddat iste’mol qilgan tajriba kalamushlari o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavatining hususiy plastinkasida limfatsitlarning diffuz to‘plami oshganligi kuzatilib, nazorat guruhi kalamushlariga nisbatan limfatsitlarning soni oshib epitelial qatlamga yaqin migratsiyalanganligi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 10 oktyabrdagi 10-24/409-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Energetik ichimliklar surunkali iste’moli ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichakdagi morfologik o‘zgarishlarni baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. Mazkur taklif TTA Urganch filiali klinikasining 06.11.2024 yildagi 31-I- sonli hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.12.2024 yildagi 166-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/07-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: energetik ichimlik qabulidan keyin o‘n ikki barmoqli ichak devori tuzilmalarining va mikro qon tomirlarining patologik jarayonlarining qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishining oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik fonida o‘n ikki barmoqli ichak devori tuzilmalarining va mikro qon tomirlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlari tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta tashxislanishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 24000 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor EIlarning uzoq muddat iste’moli oqibatida tajriba kalamushlari o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavati qalinligi, vorsinkalar balandligi, kriptalar chuqurligi va mikro qon tomirlar devori qalinligi ko‘rsatkichlari nazorat guruhi kalamushlarnikiga nisbatan kamayganligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 10 oktyabrdagi 10-24/409-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Energetik ichimliklar surunkali iste’moli ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichakdagi morfologik o‘zgarishlarni baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. Mazkur taklif TTA Urganch filiali klinikasining 06.11.2024 yildagi 31-I- sonli hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.12.2024 yildagi 166-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/07-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: energetik ichimlik qabulidan keyin o‘n ikki barmoqli ichak devori tuzilmalarining va mikro qon tomirlarining patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik fonida o‘n ikki barmoqli ichak devori tuzilmalarining va mikro qon tomirlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlari tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta tashxislanishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 24000 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba immunogistokimyoviy usullar yordamida tajriba kalamushlarning o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavatida Ki67 markeri yordamida tekshirilganda proliferativ jarayonlar oshganligi, CD163 markeri yordamida tekshirilganda monotsitar makrofagal hujayralar sonining oshganligi kuzatilib, bu shilliq qavatda nospesifik yallig‘lanish jarayoni nazorat guruhi kalamushlariga nisbatan yuzaga kelgani isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 10 oktyabrdagi 10-24/409-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Energetik ichimliklar surunkali iste’moli ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichakdagi morfologik o‘zgarishlarni baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. Mazkur taklif TTA Urganch filiali klinikasining 06.11.2024 yildagi 31-I- sonli hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.12.2024 yildagi 166-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/07-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: energetik ichimlik qabulidan keyin o‘n ikki barmoqli ichak devori tuzilmalarining va mikro qon tomirlarining patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi og‘ir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik fonida qovoq urug‘i moyi bilan kompleks davolash samaradorligini hamda qovoq urug‘i moyi bilan davo chora-tadbirlarining o‘n ikki barmoqli ichakga ijobiy ta’sirini o‘rganish natijalari asosida davolanish va dori-darmonlarni sotib olish xarajatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 24000 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor EIlarni uzoq muddat qabul qilish va biologik korreksiyalash sharoitida o‘n ikki barmoqli ichak devori shilliq qavati qalinligi, vorsinkalar balandligi, kriptalar chuqurligi va mikro qon tomirlarining devor qalinligi ko‘rsatkichlari qovoq urug‘i moy iste’molidan keyin oshib nazorat guruhi kalamushlarinikiga yaqinlashganligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 10 oktyabrdagi 10-24/409-t sonli xulosasi bilan tasdiqlangan “Energetik ichimliklar surunkali iste’moli ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichakdagi morfologik o‘zgarishlarni baholash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan. Mazkur taklif TTA Urganch filiali klinikasining 06.11.2024 yildagi 31-I- sonli hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.12.2024 yildagi 166-I-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/07-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: qovoq urug‘i moyining davolovchi ta’siri aniqlanishi uning energetik ichimlik qabulidan keyin o‘n ikki barmoqli ichakda yuzaga keladigan asoratlarda qo‘llanilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimlik ta’sirida o‘n ikki barmoqli ichak devori tuzilmalari va mikro qon tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlash diagnostik usullariga va davolash taktikasiga o‘zgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablag‘lari 24000 so‘mga iqtisod qilinadi.