Xolmuratova Go‘zal Muradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro standartlar asosida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining eksport imkoniyatlarini oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4914.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshmatov Sirojiddin Keldiyarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xalqaro standartlarni joriy etish asosida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining eksport imkoniyatlarini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar tarmoqning xalqaro talablarga moslik darajasi(SMI)ni va xo‘jalik subektlari rahbar-mutaxassislarining xalqaro standartlarga oid bilim va malakalarini  indeks usulida baholash bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuv taklif etilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan bog‘liq asosiy omillar ta’sir darajalarini aniqlash asosida mahsulotlarning harakatlanish jarayonlari va bosqichlarini kuzatuvchi maxsus ixtisoslashgan  “Traceability” tizimini joriy etish tartib-qoidalari, iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizm va yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida xalqaro standartlarni joriy etish, raqamlashtirish va muvofiqlashtirish funksiyalarini bajarishga ixtisoslashgan “Global GAP” xizmat markazini tashkil etish va uning tarkibiy tuzilmasi asoslangan;
xalqaro standartlarni joriy etish asosida meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmining 2030-yilgacha istiqbol parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xalqaro standartlar asosida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining eksport imkoniyatlarini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrar tarmoq rivojlanishining xalqaro talablarga moslik darajasi va meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi fermerlarning xalqaro standartlarga oid bilimlarini baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazining 2024-yil 21 dekabr 05/06-02-1106-son, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2024-yil 3-dekabr 01/03-1490/AX-son ma’lumotnomalari). Ushbu uslubiy yondashuv fermerlarning xalqaro standartlar va sertifikatsiya berish tartib-qoidalari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash imkonini beradi; 
meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bog‘liq omillarning ta’sir darajalarini aniqlash asosida “Global GAP” sertifikatini va “Traceability” tizimini joriy etish mexanizmlari va uni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazining  2024-yil 21 dekabr 05/06-02-1106-son, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2024-yil 3-dekabr 01/03-1490/AX-son ma’lumotnomalari). Fermerlarning xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi meva mahsulotlari eksportini 27,6 foizga; sabzavot va uzum ekin maydonlarining 1 gektarga oshishi uzum eksportini 20,5 foizga, sabzavot mahsulotlari eksportini 0,01 foizga kamaytirishi hamda laboratoriya tekshiruvini amalga oshirish eksportni 22,0 foizga oshirish imkoniyatini yaratishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida xalqaro standartlarni joriy etish tizimini muvo-fiqlashtirishga yo‘naltirilgan “Global GAP” xizmat markazini tashkil etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tizimlari tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazining  2024-yil 21 dekabr 05/06-02-1106-son, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2024-yil 3-dekabr 01/03-1490/AX-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif yagona muvofiqlashtiruvchi tizimni shakllantirish imkonini bergan holda, fermerlar va agrobiznes subektlariga texnik-texnologik yordam ko‘rsatish, ularning bilim va malakalarini oshirish, faoliyatlarini tizimli va samarali tashkil etish asosida fermer xo‘jaliklari eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlarini yaratadi;
meva-sabzavot mahsulotlari eksportining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbol parametr-lari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tizim tashkilotlariga amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalar markazining  2024-yil 21 dekabr 05/06-02-1106-son, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2024-yil 3-dekabr 01/03-1490/AX-son ma’lumotnomalari). Qo‘llanilgan ekonometrik model yordamida respublika miqyosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, xususan, (i) sabzavotlar va ba’zi iste’molga yaroqli bo‘lgan ildizli mevalar va qulupnay mevalari, (ii) iste’mol qilinadigan mevalar va yong‘oqlar, sitrus mevalari yoki qovun po‘stlog‘i, (iii) sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar, o‘simliklar va ularning boshqa qismlarini qayta ishlashdan tayyorlangan mahsulotlar bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, (i) tarkibidagi mahsulotlar eksporti qiymati 2030-yilda 2023-yilga nisbatan 38 foiz, (ii) tarkibidagi mahsulotlar eksport qiymati 37 foiz va (iii) turdagi mahsulotlar eksporti qiymati 48 foizga oshishi bashorat qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish