Shadmanov Xayrulla Nosirillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sug‘urta bozorini raqamlashtirish sharoitida sug‘urta xizmatlari samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt626.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitieti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sagdiev Ravshan Sayfullaevich. iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyt sharoitidi sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompaniya xizmatlarining raqamlashushi sharotida majburiy va ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarini integratsiya qilgan holda onlayn shaklda taqdim etish taklif etilgan;
mijozlarga risklarni seleksiya qilish imkoniyatini taqdim etilishi orqali shartnomalarni rasmiylashtirish vaqti va da’volarni ko‘rib chiqish muddatlari 2 barobarga qisqarishi asoslatgan;
mahsulotlarning raqamli transformatsiyasi va kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirishda onlayn shaklda tuziladigan sug‘urta shartnomalariga sug‘urta tariflaridan 25 foizgacha chegirma berish taklif etilgan;
korporativ va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining zararlilik koeffisientlarini hisobga olgan holda, tabaqalashgan netto-stavka tariflarini korporativ mijozlar uchun 10-15 foizgacha va jismoniy shaxslar uchun 15-20 foizgacha kamaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta bozorini raqamlashtirish sharoitida sug‘urta xizmatlari samaradorligini oshirish boʼyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish orqali majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini gibrid shaklda integratsiya qilgan holda sug‘urta polislarini onlayn taqdim etish ko‘lamini kengaytirishga doir taklifi AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-apreldagi №640-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda jamg‘arilgan sug‘urta mukofotlari miqdori 2023-yilga nisbatan 47,9 foizga oshgan;
mijozlarga risklarni seleksiya qilish imkoniyatini taqdim etilishi orqali shartnomalarni rasmiylashtirish vaqti va da’volarni ko‘rib chiqish muddatlari 2 barobarga qisqarishiga doir taklifi AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-apreldagi №640-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil davomida sug‘urtalanuvchilarga 48290,0 million so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi, bu esa 2023-yil ko‘rsatkichlari bilan solishtirilganda 179,9 foizga oshgan;
mahsulotlarning raqamli transformatsiyasi va kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirishda onlayn shaklda tuziladigan sug‘urta shartnomalariga sug‘urta tariflaridan 25 foizgacha chegirma berishga doir taklifi AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-apreldagi №640-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya tomonidan onlayn tuzilgan shartnomalar soni o‘tgan 2024-yilga nisbatan 14,4 foizga oshgan va oflayn shaklda to‘zilgan shartnomalar soni 14,1 foizga kamaygan.
korporativ va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining zararlilik koeffisientlarini hisobga olgan holda, tabaqalashgan netto-stavka tariflarini korporativ mijozlar uchun 10-15 foizgacha va jismoniy shaxslar uchun 15-20 foizgacha kamaytirishga oid taklifi AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasi faoliyatiga joriy etilgan (AJ “INSON” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-apreldagi №640-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniya sug‘urta xizmatlarining qamrovi 2023-yildagi ko‘rsatkichlariga nisbatan 2024-yilda 32,1 foizga oshgan.