Asatullaev Alisher Asatulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda korporativ kreditlash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4059. 
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Rahmatov Hasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda korporativ kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik va o‘rta biznes subektlari uchun kredit yuklamasi 100 foizgacha bo‘lganda 36 oygacha, 125 foizgacha bo‘lganda 24 oygacha, 150 foizgacha bo‘lganda 12 oygacha muddatli shartlarda 3 milliard so‘mgacha maxsus kredit mahsulotini taqdim etish asoslangan; 
tijorat banklarida kredit portfeli riskini pasaytirishda kredit miqdori va yuklama darajasiga qarab mulkiy ta’minotning eng kam miqdorini 80 foizdan 125 foizgacha belgilash hamda kredit hajmi oshgani sari nomulkiy ta’minotga ruxsatni bosqichma-bosqich cheklash taklif etilgan;
O‘zbekistonda rezident hisoblangan tadbirkotlik sub’ektlariga eksportga yo‘naltirilgan sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun xorijiy kredit liniyasi ochishda qarz oluvchining loyihadagi ishtiroki kamida 30 fozi, import shartnomasidagi ulushi esa kamida 15 foiz bo‘lishi taklif etilgan;
eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlashda korporativ mijozda ijobiy pul oqimi, valyuta tushumlarining mavjudligi kabi asosiy talablarni belgilash asosida eksportoldi moliyalashtirish kreditini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda korporativ kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik va o‘rta biznes subektlari uchun kredit yuklamasi 100 foizgacha bo‘lganda 36 oygacha, 125 foizgacha bo‘lganda 24 oygacha, 150 foizgacha bo‘lganda 12 oygacha muddatli shartlarda 3 milliard so‘mgacha maxsus kredit mahsulotini taqdim etish taklifi ATB Biznesni rivojlantirish bankida yangi turdagi korporativ bank mahsulotini yaratishda foydalanilgan (ATB Biznesni rivojlantirish bankining 2024-yil 18-sentyabrdagi 01-07/8042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Biznes uchun” kredit mahsulotini amaliyotga joriy etish natijasida kredit yuklamasiga mos ravishda kredit muddatini belgilashga o‘tilgan va biznes subektlari hamda bank uchun kredit riskini boshqarish imkoniyati yuzaga kelgan; 
tijorat banklarida kredit portfeli riskini pasaytirishda kredit miqdori va yuklama darajasiga qarab mulkiy ta’minotning eng kam miqdorini 80 foizdan 125 foizgacha belgilash hamda kredit hajmi oshgani sari nomulkiy ta’minotga ruxsatni bosqichma-bosqich cheklashga doir taklif ATB Biznesni rivojlantirish bankidagi korporativ kreditlash amaliyotlarining yangi yo‘nalishlarida foydalanilgan (ATB Biznesni rivojlantirish bankining 2024-yil 18-sentyabrdagi 01-07/8042-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kredit miqdori 500 million so‘mgacha va kredit yuklamasi 50 foizgacha bo‘lganda mulkiy kredit ta’minotining eng kam miqdori 80 foiz va nomulkiy ta’minotga 45 foizgacha ruxsat berish, kredit miqdori 1 milliard so‘mgacha va kredit yuklamasi 75 foizgacha bo‘lganda mulkiy kredit ta’minotining eng kam miqdori 100 foiz va nomulkiy ta’minotga 25 foizgacha ruxsat berish, hamda kredit miqdori 3 milliard so‘mgacha va kredit yuklamasi 150 foizgacha bo‘lganda mulkiy kredit ta’minotining eng kam miqdori 125 foiz va nomulkiy ta’minotga ruxsat etmaslik asosida bankning “Biznes uchun” kredit mahsulotida kredit ta’minotiga qo‘yilgan talablaridagi kredit miqdori va kredit yuklamasi takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda rezident hisoblangan tadbirkotlik sub’ektlariga eksportga yo‘naltirilgan sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun xorijiy kredit liniyasi ochishda qarz oluvchining loyihadagi ishtiroki kamida 30 fozi, import shartnomasidagi ulushi esa kamida 15 foiz bo‘lishi taklifi AJ Asakabankda yangi kredit liniyalarini shakllantirishda foydalanilgan (AJ Asakabankning 2024-yil 25-sentyabrdagi 1901/914-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Koreya Respublikasi EXIM banki kredit liniyasi jalb qilingan va korporativ biznesga 2024-yil 9 oyi davomida 37 894 evrolik kreditlar ajratilishiga erishilgan va bunda loyihalarni korporativ mijozlar bilan birgalikda moliyalashtirish ta’minlangan; 
eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlashda korporativ mijozda ijobiy pul oqimi, valyuta tushumlarining mavjudligi kabi asosiy talablarni belgilash asosida eksportoldi moliyalashtirish kreditini joriy etish taklifi AJ Asakabank tomonidan eksportyor korxonalar faoliyatini moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan korporativ kreditlash amaliyotlarida foydalanilgan (AJ Asakabankning 2024-yil 25-sentyabrdagi 1901/914-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil 3 choragi bo‘yicha korporativ mijozlarga 5,3 mlrd.so‘mlik eksportoldi moliyalashtirish krediti ajratilgan va 225 mln.AQSh dollariga teng eksport ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish