Saparova Gulnar Dauletmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy magniy saqlovchi xomashyolarni qayta ishlab, magniy nitratini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiyallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5028.
Ilmiy rahbar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Karjaubay Dauletbaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston konidagi serpentinitni kompleks nitrat kislotali qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish hamda toza magniy nitrat geksagidrati, magniy-ammoniy nitratli (MANO‘) va temir-magniy-ammoniy-nitratli (TMANO‘) o‘g‘itlar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpoq koni serpentinitini fizik-kimyoviy tahlil usullari natijasida ruda tarkibi (og‘irlik %): MgO-33,06; FeO-1,62; Fe2O3-6,63; Al2O3-2,47; CaO-1,82; Na2O-1,56; ЅіO2-41,42 % tashkil etishi aniqlangan va magniy nitrati olishda foydalanish imkoniyatlari yaratilgan;
parchalanish jarayonida eritmadagi magniy va temir ionlari konsentrasiyasiga, filtrasiya koeffisientiga va suspenziya qattiq fazasining cho‘kish tezligiga jarayon harorati, davomiyligi, shuningdek nitrat kislotasining boshlang‘ich konsentrasiyasi ta’siri aniqlangan va ularning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
serpentinitni kislotali parchalash jarayonida hosil bo‘lgan erimaydigan cho‘kmaning sektorning joylashuviga qarab kremniy miqdori 36,7-38,4%, kalsiy, magniy va alyuminiy miqdori mos ravishda 0,1-0,2; 4,9-6,1 va 0,9-1,0 foizni tashkil etishi aniqlangan;
HNO3 ning belgilangan konsentrasiyalari va parchalanish haroratida asosiy filtratdan magniy oksidini ajratib olish darajasini oldindan aniqlash imkonini berishi nomogramma orqali isbotlangan;
serpentinitni nitrat kislotali parchalashdan olingan eritmalarni gazsimon ammiak bilan ammoniylashtirish orqali magniy nitratni ajratib olish jarayoni o‘rganilgan, bunda ammoniylashtirish va bug‘latishning maqbul parametrlari aniqlangan;
magniy, ammoniy nitratlari va suvni o‘z ichiga olgan murakkab tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro taʻsiri to‘g‘risida yangi maʻlumotlar olingan, magniy-ammoniy-nitratli o‘g‘it olish jarayonini asoslovchi ularning politermik eruvchanlik diagrammalari tuzilgan;
Qoraqalpoq koni serpentinitining nitrat kislotali parchalashdan olingan magniy-ammoniy-nitratli (MANO‘) va temir-magniy-ammoniy-nitratli (TMANO‘) o‘g‘itlarning maqbul sharoitlari va tarkiblari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq koni serpentinitining nitrat kislotali parchalanishi orqali magniyli birikmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dastlabki va termik ishlov berilgan serpentinitni nitrat kislotali parchalash asosida magniy nitrat olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2024 yil 4 noyabrdagi 132-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo asosida import qilinadigan magniy geksagidratini ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi;
Qoraqalpoq serpentenitni nitrat kislotali qayta ishlash asosida azot-magniyli o‘g‘itlarni olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” AJ-QKning ““2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ-QKning 2024 yil 4 noyabrdagi 132-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyodan qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orish uchun suvda eriydigan nitrat-magniyli o‘g‘itlarni olish imkonini beradi.