Xudayberdiev Nosirjon Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ikkilamchi termoplastlar va termoreaktiv qatronlardan ko‘mirli adsorbentlar olishning kolloid-kimyoviy asoslari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K963.
Ilmiy rahbar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Abdulxayov Tolibjon Dolimovich, kimyo fanlari doktori, dostent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi termoplastlar va termoreaktiv qatronlardan uglerodli adsorbentlar olishning kolloid-kimyoviy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10 og‘. % PAN qo‘shilishi FFQ va PS tizimlarida 800 °C da uglerod qoldig‘i unumini modifikatsiyalanmagan namunalar bilan solishtirganda kamayttirib, bu aromatik barqarorlashuv va azot tutuvchi tuzilmalar uglerod skeletiga kiritilishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
NaOH ishtirokida 1:0,8 nisbatda amalga oshirilgan ishqoriy faollashtirish AFFQ-0,8 uchun 132 m2/g va APS-0,8 uchun 118 m2/g gacha bo‘lgan maksimal solishtirma sirt yuzasini ta’minlashi, bu esa skeletning optimal darajadagi emirilishi va mikrog‘ovakli tuzilma shakllanishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
FFQ+PAN-10 va PS+PAN-10 namunalarining solishtirma sirt yuzasi mos ravishda 94,12 m2/g va 82,24 m2/g ga etishi, shu bilan birga mezog‘ovaklar hajmi 0,1585 sm3/g (FFQ) va 0,1923 sm3/g (PS) ni tashkil qilishi, bu esa samarali termostrukturalash va mikrodefektlar shakllanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
AFFQ-0,8 va APS-0,8 modifikatsiyalangan sorbentlarining fenolga nisbatan maksimal sorbsiya sig‘imi mos ravishda 58 va 31 mg/g ni tashkil qilishi, bu ko‘rsatkichlarning modifikatsiyalanmagan namunalar (FFQ-800 13 mg/g; PS-800 8,2 mg/g) bilan solishtirganda 4-7 barobar yuqoriligi, yuqori mikrog‘ovak zichligi va funksional guruhlar mavjudligi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
AFFQ-0,8 namunasi sefazolin moddasini 49 mg/g gacha adsorbsiyalashi, bu ko‘rsatkich tijorat aktiv ko‘miri uchun atigi 19 mg/g ni tashkil qilishi, bunda sirtning funksional guruhlarga boyligi va antibiotik molekulalariga yuqori affiniglik bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Langmyur modeli bo‘yicha eng yaxshi adsorbsion parametrlar AFFQ-0,8 namunasi uchun aniqlanib, fenol bo‘yicha A0 = 0,23 mmol/g, K = 38,6 va ΔG = –11,3 kJ/mol, sefazolin bo‘yicha esa A0 = 0,16 mmol/g, K = 41,38 ni tashkil qilishi, bu fizik-kimyoviy adsorbsiyaning vodorodli va π–π o‘zaro ta’sirlar orqali amalga oshishini ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polimer chiqindilari asosida adsorbentlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
0,8 % NaOH ishtirokida 800 °S da termokimyoviy faollantirish orqali olingan uglerodli adsorbent (APS-0,8) “KHANTEX GROUP” MChJda fenol birikmalari va fenolli bo‘yoqlar bilan ifloslangan to‘qimachilik oqava suvlarini tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 22 apreldagi 03/25-2772-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fenol birikmalari konsentratsiyasi 22 mg/l dan 0,8 mg/l gacha, bo‘yoqlar esa 29 mg/l dan 0,2 mg/l dan kamroq darajaga kamaytirish, shuningdek, umumiy organik moddalarning miqdori 128 mg/l dan 1,8 mg/l gacha pasaytirish, barqaror organik ifloslantiruvchilarni samarali ajratib olish imkonini bergan;
fenol-formaldegid qatroni va poliakrilonitril asosida termokimyoviy faollashtirish yo‘li bilan olingan AFFQ-0,8 uglerodli adsorbent “KHANTEX GROUP” MChJda umumiy oqava suvlardan fenol birikmalari va organik modda qoldiqlarini tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 22 apreldagi 03/25-2772-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fenol birikmalarining konsentratsiyasi 2,2 mg/l dan 0,2 mg/l dan past darajaga, umumiy organik moddalarning miqdorini 36,5 mg/l dan 9,2 mg/l gacha kamaytirish, oqava suvlari chuqur tozalash talablari bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan.