Xakimov Abbosxon Oribjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.2.PhD/Ped2658
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Asranbaeva Munojatxon Xalimjanovna pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), professor.
Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Djamilova Nargiza Nuriddinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishning amaliyotdagi holati va pedagogik-psixologik jihatlari savodxonlikka o‘rgatish mashg‘ulotining integrativ xususiyatlari hamda tarbiyalanuvchilar o‘qish savodxonligining rivojlanganlik darajasini tizimli tashxislash jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan, differensial va individual ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tarbiyalanuvchilarning o‘qishga ijobiy motivatsiyaga ega bo‘lishi, o‘qish va grafik ko‘nikmalarni namoyon etishi hamda shaxsiy intilishini shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi ta’lim muhiti va axborot-resurs ta’minotini yaratish, o‘qish savodxonligini rivojlantiruvchi tayanch kompetensiyalarni (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy (“Men” konsepsiyasi), bilish kompetensiyani) shakllantirish asosida maktabga tayyorlov guruhida tarbiyalanuvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayoni modeli takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmalarining rivojlanganligini baholash mezonlari nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasi kompetensiyalari ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o’qish savodxonligini rivojlantirishning amaliyotdagi holati va pedagogik-psixologik jihatlari savodxonlikka o’rgatish mashg‘ulotining integrativ xususiyatlari hamda tarbiyalanuvchilar o’qish savodxonligi darajasini tizimli tashxislash jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid uslubiy tavsiyalar “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan, №537258). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan, differensial va individual ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tarbiyalanuvchilarning o‘qishga ijobiy motivatsiyaga ega bo‘lishi, o‘qish va grafik ko‘nikmalarni namoyon etishi hamda shaxsiy intilishini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalardan Namangan, Andijon, Fargona va Surxondaryo viloyatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 03-33-2631-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhi tarbiyachilari uchun “Savodxonlikka o‘rgatish” mashg‘ulotlarining o‘quv-didaktik ta’minotini takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim muhiti va axborot-resurs ta’minotini yaratish, o’qish savodxonligini rivojlantiruvchi tayanch kompetensiyalarni (kommunikativ, ijtimoiy, shaxsiy (“Men” konsepsiyasi), bilish kompetensiyani) shakllantirish asosida maktabga tayyorlov guruhida tarbiyalanuvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirish texnologiyasining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish holati “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘iga asosan, ro‘yxatga olish raqami 194-325) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida o‘qish savodxonligi ko‘nikmalarining rivojlanganligini baholash mezonlari nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasi kompetensiyalari ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilga doir metodik tavsiyalardan “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan, №537258). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirishda innivatsion texnologoyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan.