Nurmatova Maftuna Ilxamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2391
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar: Quchqorova Nargiza Mamajonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Muminova Elnora Abdukarimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
oliy ta’limda talabalarni oilaviy tadbirkorlikga yo‘naltirishning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini rivojlantirishda bo‘lajak mutaxassislar iqtisodiy kompetentligining pedagogik kategoriyalari asoslanib, amaliy ko‘nikmalar orqali iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik tizimlari aniqlashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalari ularning kasbiy professiogrammasining tarkibiy qismida ko‘rsatilgan oila byudjetini shakllantirish, uni tasarruf qilish, uy xo‘jaligini yuritish kompetensiyalarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojiga ko‘ra optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarning rivojlanganlik darajasi ularning amaliy topshiriqlarni bajarishga ijodiy, erkin va majburiy yondashishlari asosida belgilangan indikatorlari, raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali asoslangan;
talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlarini majmuini amalga oshirish bo‘yicha vektorli modellashtirish texnikasi orqali zamonaviy usullarning tizimli loyihasi ishlab chiqilgan hamda istiqbolli yo‘nalishlarini belgilovchi tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’limda talabalarni oilaviy tadbirkorlikga yo‘naltirishning umumiy tendensiyalari va qonuniyatlarini rivojlantirishda bo‘lajak mutaxassislar iqtisodiy kompetentligining pedagogik kategoriyalari asoslanib, amaliy ko‘nikmalar orqali iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik tizimlariga oid taklif va tavsiyalaridan “Oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 – yil 14 – apreldagi 136 – son nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni takomillashtirishga doir uslubiy ta’minot takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalari ularning kasbiy professiogrammasining tarkibiy qismida ko‘rsatilgan oila byudjetini shakllantirish, uni tasarruf qilish, uy xo‘jaligini yuritish kompetensiyalarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojiga ko‘ra optimallashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 – yil 14 – apreldagi 136 – son nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda oila iqtisodini oqilona, samarali yuritishga doir kognitiv va empirik bilimlar rivojlangan;
talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarning rivojlanganlik darajasi ularning amaliy topshiriqlarni bajarishga ijodiy, erkin va majburiy yondashishlari asosida belgilangan indikatorlari, raqamli texnologiyalar orqali qo‘llashga doir takliflaridan O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, eshittirishini tayyorlashda foydalanildi (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DM 12-avgust 2024-yil 04-36-930-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning oilabiy tadbirkorlikni rivojlantrishga doir motivlari oshirilgan;
talabalarda oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlarini majmuini amalga oshirish bo‘yicha vektorli modellashtirish texnikasi orqali zamonaviy usullarning tizimli loyihasi ishlab chiqilgan hamda istiqbolli yo‘nalishlarini belgilovchi tavsiyalari “Oila iqtisodiga oid kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 – yil 14 – apreldagi 136-son nashr ruxsatnomasi) Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtisodiy ijtimoiylashuv ko‘nikmalarini takomillashtirish mexanizmi pedagogik ta’lim jarayoni mazmuniga singdirilgan.
Ilmiy kengash raisi: N.Sh.Erkaboeva
Ilmiy kotib: L.R.Xayitov
Ilmiy rahbar: N.Sh.Erkaboeva
Talabgor: M.I.Nurmatova