Karimov Bahodir Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Vardiyashvili Afdandil Asqarovich, texnika fanlari nomzodi, professor
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor. Aslanova Orzigul Pirimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini mazmunan takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning me’yoriy-metrologik kompetensiyalari tushunchasining mazmun-mohiyati standartlashtirish, me’yorlashtirish, metrologik mahorat kabi faoliyat mazmunining professionallikka doir amaliy, ijtimoiy, psixologik, kommunikativ, valeologik faoliyat ko‘nikmalari bilan uzviyligiga ko‘ra ochib berilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni modeli metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o‘qitishning funksional aspektlarini pedagog-talaba faoliyati interaktivligi hamda hamkorligi tamoyillari asosida boyitish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda me’yoriy-metrologik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari me’yoriy-metrologik kompetensiyalarning kognitivlik, amaliy-faoliyatli, motivatsion qadriyatli komponentlarini rivojlantirishning ierarxiklik, variativlik, vitagenik tajribalarga tayanish kabi tamoyillarga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarda me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi me’yoriy-metrologik tavsifdagi o‘quv-professional vazifalar majmuasi; taklif etilayotgan masalalarning tasnifi va tipologiyasi; o‘quv-professional vazifalarni hal qilish algoritmlari; amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan faol ta’lim metodlarini tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilishi. Talabalarga metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
talabalarning me’yoriy-metrologik kompetensiyalari tushunchasining mazmun-mohiyati standartlashtirish, me’yorlashtirish, metrologik mahorat kabi faoliyat mazmunining professionallikka doir amaliy, ijtimoiy, psixologik, kommunikativ, valeologik faoliyat ko‘nikmalari bilan uzviyligiga ko‘ra ochib berilgan ma’lumotlardan “Metrologiya va standartlashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 23- noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 500-461-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarda me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonining nazariy-metodik tayyorgarligi jarayoni takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni modeli metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanini o‘qitishning funksional aspektlarini pedagog-talaba faoliyati interaktivligi hamda hamkorligi tamoyillari asosida boyitish orqali takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlardan “Metrologiya va standartlashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 23- noyabrdagi 500-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 500-461-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonining metodik ta’minoti takomillashuviga erishilgan;
talabalarda me’yoriy-metrologik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari me’yoriy-metrologik kompetensiyalarning kognitivlik, amaliy-faoliyatli, motivatsion qadriyatli komponentlarini rivojlantirishning ierarxiklik, variativlik, vitagenik tajribalarga tayanish kabi tamoyillarga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2023-yil 12-oktyabrda berilgan 498-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni texnologik jarayonlarga tayyorlash tizimining umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqligini amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarda me’yoriy-metrologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi me’yoriy-metrologik tavsifdagi o‘quv-professional vazifalar majmuasi; taklif etilayotgan masalalarning tasnifi va tipologiyasi; o‘quv-professional vazifalarni hal qilish algoritmlari; amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan faol ta’lim metodlarini tizimlashtirish orqali takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2023-yil 12-oktyabrda berilgan 498-son ma’lumotnomasi). Natijada, standartlashtirish, metrologik va sertifikatlashtirish jarayonini o‘qitish jarayoni va metodik ta’minoti takomillashtirilishigi erishilgan.
.
lmiy kengash raisi Shodiev R.D.
Ilmiy kotibi Kamolov I.B.
Ilmiy rahbar Vardiyashvili A.A
Talabgor Karimov B.S