Eshtemirov Bunyod Sherali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish algoritmlari”, 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5066
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axatov Akmal Rustamovich texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti”, PhD.03/29.12.2023.T.02.12
Rasmiy opponentlar: Irgasheva Durdona Yakubdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Yorkulov Behzod Abdugabbarovich,  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashishning yondashuv, algoritmlari va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish uchun korrelyasiya ko‘rsatkichlari yordamida asosiy xususiyatlarni ajratishni hisobga olib, normallashtirish, standartlashtirish usullari asosida video tasvirdan olingan ma’lumotlarni tayyorlashning boshqaruv algoritmi ishlab chiqilgan;
avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish uchun chiziqli bog‘lanmagan ma’lumotlarni boshqarish maqsadida mashinaviy o‘qitishning Gradient boosting, XGBoost modellariga asoslangan algoritmlari ishlab chiqilgan; 
avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishdagi murakkab munosabatlarni hisobga olib, ko‘p qatlamli neyron tarmoqqa asoslangan holda tirbandlik darajalarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish aniqligini oshirish uchun mashinaviy o‘qitish modellarining eng yaxshi giperparametrlarini baes optimallashtirish yordamida topish asosida mashinaviy o‘qitishning XGBoost modeli va ko‘p qatlamli neyron tarmoq modelini takomillashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashishning intellektual algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish uchun korrelyasiya ko‘rsatkichlari yordamida asosiy xususiyatlarni ajratishni hisobga olib, normallashtirish, standartlashtirish usullari asosida video tasvirdan olingan ma’lumotlarni tayyorlashning boshqaruv algoritmi hamda avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish uchun chiziqli bog‘lanmagan ma’lumotlarni boshqarish maqsadida mashinaviy o‘qitishning Gradient boosting, XGBoost modellariga asoslangan algoritmlarining dasturiy vositasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi tizimida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat hokimligining 2025-yil 27-iyundagi 07-07/63-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, model aniqligi Accuracy bo‘yicha 0.88 dan 0.95 aniqlilikka, tirbandlikni aniqlash samaradorligi 11-14%ga oshirish imkoniyatini bergan;
avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishdagi murakkab munosabatlarni hisobga olib, ko‘p qatlamli neyron tarmoqqa asoslangan holda tirbandlik darajalarini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan hamda avtomobil tirbandliklarini aniqlash qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish aniqligini oshirish uchun mashinaviy o‘qitish modellarining eng yaxshi giperparametrlarini baes optimallashtirish yordamida topish asosida mashinaviy o‘qitishning XGBoost modeli va ko‘p qatlamli neyron tarmoq modelini takomillashtirish algoritmining dasturiy vositasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi tizimlarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat hokimligining 2025-yil 27-iyundagi 07-07/63-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, model aniqligi Accuracy bo‘yicha 0.88 dan 0.90 aniqlilikka, tirbandlikni  aniqlashni 11-13 % ga oshirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish