Temerbekova Barnoxon Maratovnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Bulutli hisoblash va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida axborot-boshqaruv tizimlarini sintez qilish usullari va algoritmlari”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T898
Ilmiy maslahatchi: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Axatov Akmal Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Nomaz Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Atadjanov Ibragim Ravshanbekovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishning ishonchliligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan bulutli hisoblash va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida axborot-boshqaruv tizimlarini sintez qilish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish hamda ularni aniq dinamik obektlarni raqamlashtirish va intellektuallashtirish masalalarini echishda amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda ma’lumotlarning yuqori ishonchliligini ta’minlashga imkon beruvchi bulutli hisoblash asosida xatolarni topish, tuzatish va optimallashtirish masalasini echish algoritmlarini qo‘llagan holda axborot-boshqaruv tizimlarida ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish holatini nafaqat tizimdagi halaqitlar to‘g‘risida ob’ektiv statistik ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, balki sub’ektiv ma’lumotlar asosida ham baholashga imkon beruvchi noravshan to‘plamlar nazariyasi apparatini qo‘llagan holda axborot-boshqaruv tizimlarining xalaqitlardan ximoyalanganligini baholash asosida texnologik majmualarni tezkor-dispetcherlik boshqarish algoritmlari ishlab chiqilgan;
halaqitlar va boshqaruv ta’sirlarini hisobga olgan holda texnologik tugunlarning o‘zgaruvchan xususiyatlarini bashoratlashga imkon beruvchi noravshan mantiq asosida axborot-boshqaruv tizimlarida texnologik majmuaning imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
noravshan mantiq asosida korrektirovka qilingan echimlarni hisoblash, aloqa tenglamalarini o‘zgartirishning ishonchliligini nazorat qilishni ta’minlaydigan integratsiyalashgan axborot-boshqaruv tizimlarini sintez qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
mis-boyitish fabrikasida tizimli bashorat qilishning aniqligini oshirish va metallurgiya ishlab chiqarishining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini optimallashtirishga imkon beruchi gibrid bulutli hisoblash va neyron tarmoqning LSTM-DNN modeliga asoslangan metallurgiya ishlab chiqarishini axborot-boshqaruv tizimining arxitekturali modeli ishlab chiqilgan;
axborot-boshqaruv tizimlarida texnologik parametrlarning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga imkon beruvchi noravshan mantiq asosida texnologik jarayonning material oqimlarining mustaqil o‘lchanadigan parametrlarining ishonchliligini nazorat qilish masalasini echishning umumiy uslubi asoslangan;
murakkab axborot-boshqaruv tizimlarini tezkor-dispetcherlik boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishlash samaradorligini oshirish uchun neyron tarmoqning LSTM-DNN modeli asosida strukturaviy-parametrik sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan tadqiqot usullari va algoritmlari asosida natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan:
sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llagan holda axborot-boshqaruv tizimlarida ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash usullari, integratsiyalashgan axborot-boshqaruv tizimlarini sintez qilish algoritmlari, noravshan to‘plamlar nazariyasi usullari asosida texnologik jarayonning material oqimlarining mustaqil o‘lchanadigan parametrlarining ishonchliligini nazorat qilish masalasini echishning umumiy uslubi, shuningdek, neyron tarmoqlarning gibrid modellari asosida avtomatik tezkor boshqarish tizimining axborot-boshqaruv majmualarini o‘lchashda bulutli hisoblashlardan foydalanish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJning Mis-boyitish fabrikasida joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2025-yil 17-yanvardagi №SL-0055-son ma’lumotnomasi). Natijada mis-boyitish fabrikasida ma’danni boyitish jarayonidagi texnologik rejimlarini barqarorlashtirish va uning ishlash samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan.