Xolbozorova Nasiba Xolbozar qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8829.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy  pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini  takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imokniyatlari differensial yondashuvga asoslangan vazifalarni shakllantirish, motivatsion, emotsional, ijodiy fikrlash, metakognitiv, mobil va onlayn platformalarda individualizatsiyalash-tirilgan ta’lim muhitiga moslashtirish hamda moslashuvchan, ijtimoiy o‘rganish, fleksibil ta’lim, pedagogik mentorlik, inklyuziv ta’lim sharoitlarini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish modeli yondashuvning muhim tarkibiy pedagogik ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy va texnologik kompetensiyalarga semantik bog‘liqligini ta’minlash, hamda fanga oid kompetensiyalarni didaktik shart-sharoitlar, texnologiyalar va vositalarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ona tili ta’limida bilim, ko‘nikma, malakalarni kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, o‘quv mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni ijodiy faollashtirishda qo‘llash hamda tahlil, sintez va o‘z fikrini ishonchli bayon etishga oid o‘quv-bilish kompetensiyalarini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi baholashning diagnostik radikal, kombinativ, refleksiv mezonlarini baholash darajalariga dinamiklashgani ta’minlash hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanganligini faktik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida: 
talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari differensial yondashuvga asoslangan vazifalarni shakllantirish, motivatsion, emotsional, ijodiy fikrlash, metakognitiv, mobil va onlayn platformalarda individualizatsiyalash-tirilgan ta’lim muhitiga moslashtirish hamda moslashuvchan, ijtimoiy o‘rganish, fleksibil ta’lim, pedagogik mentorlik, inklyuziv ta’lim sharoitlarini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan. Natijada, differensial yondashuv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan; 
differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish modeli yondashuvning muhim tarkibiy pedagogik ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy va texnologik kompetensiyalarga semantik bog‘liqligini ta’minlash, hamda fanga oid kompetensiyalarni didaktik shart-sharoitlar, texnologiyalar va vositalarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan. Natijada, differensial yondashuv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi oshgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ona tili ta’limida bilim, ko‘nikma, malakalarni kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, o‘quv mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni ijodiy faollashtirishda qo‘llash hamda tahlil, sintez va o‘z fikrini ishonchli bayon etishga oid o‘quv-bilish kompetensiyalarini tizimlashtirish asosida takomillashtirishga  oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan. Natijada, differensial yondashuv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik mazmuni boyitilgan; 
differensial yondashuv asosida ona tili ta’limida talabalarni o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi baholashning diagnostik radikal, kombinativ, refleksiv mezonlarini baholash darajalariga dinamiklashgani ta’minlash hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanganligini faktik aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan. Natijada talabalarning o‘quv-bilish kompetensiyalari, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish