Ruziev Shuxrat Islamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.2.PhD/Ped7893.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Raximov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Norposhsha Xabibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik ta’limda talabalarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning didaktik imkoniyatlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan muhitda shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, hamkorlikda o‘qitish yondashuvlarini moslashtirish, ongli maqsad, biologik, pedagogik omillarni o‘quv-bilish faoliyatidagi o‘rnini ko‘rsatish hamda axborotli, texnologik, shaxsiy komponentlarini moddiy-fazoviy, uslubiy va tashkiliy shart-sharoitlarini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning innovatsion pedagogik modeli didaktik shart–sharoitlarining qulay o‘quv muhiti, o‘quv vositalari, texnologik va tashkiliy tayyorgarlik kabi tarkibiy qismlarini integrativlikni ta’minlovchi tamoyillarga modifikatsiyalash hamda o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish mexanizmlarini aniqlashga asoslangan metodik tizimni ishlab chiqarish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasi talabalarning tasavvurlari, assossativ tafakkuri, tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirishning motivatsion, innovatsion va interaktiv texnologiyalarini qo‘llash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-bilish faoliyatini personallashtirish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish samaradorligi o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv baholash mezonlarini obektiv baholovchi diagnostik, prognostik parameter va indikatorlarning natijadorligining maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik ta’limda talabalarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning didaktik imkoniyatlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan muhitda shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, hamkorlikda o‘qitish yondashuvlarini moslashtirish, ongli maqsad, biologik, pedagogik omillarni o‘quv-bilish faoliyatidagi o‘rnini ko‘rsatish hamda axborotli, texnologik, shaxsiy komponentlarini moddiy-fazoviy, uslubiy va tashkiliy shart-sharoitlarini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan №706678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali amalga oshirish va mustaqil ta’lim natijalarini obektiv baholashga xizmat qilgan;
pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning innovatsion pedagogik modeli didaktik shart–sharoitlarining qulay o‘quv muhiti, o‘quv vositalari, texnologik va tashkiliy tayyorgarlik kabi tarkibiy qismlarini integrativlikni ta’minlovchi tamoyillarga modifikatsiyalash hamda o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish mexanizmlarini aniqlashga asoslangan metodik tizimni ishlab chiqarish asosida takomillashtirishga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan №706678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini samarali amalga oshirishga zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasi talabalarning tasavvurlari, assotsiativ tafakkuri, tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirishning motivatsion, innovatsion va interaktiv texnologiyalarini qo‘llash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-bilish faoliyatini personallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan №706678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish samaradorligi o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv baholash mezonlarini obektiv baholovchi diagnostik, prognostik parametr va indikatorlarning natijadorligining maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan №706678 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik ta’limda talabalar o‘quv-bilish faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.