Moxorov Dmitriy Anatolevichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Falsafiy ta’limda talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped451
Ilmiy maslahatchi: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika  fanlari doktori, professor; Zamilova Rimma Ramilovna, pedagogika fanlari doktori, professor, O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafiy ta’limda talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning metodik tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
falsafa fanida talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik mazmuni fuqarolik mas’uliyati va axloqiy tanlovga layoqatlilikni falsafiy-refleksiv integratsiya modeliga ta’limiy maqsadlarni identiv moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari falsafiy ta’lim tizimining konseptual-ma’naviy ko‘rsatkichlariga fuqarolik simulyasiya mashg‘ulotlarini qadriyatlarga mos adaptatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
falsafa fanida talabalarni korrupsiyaga qarshi tarbiyalash metodikasi ta’lim oluvchilarda axloqiy immunitetni kognitiv-ta’limiy, kommunikativ-tarbiyaviy rivojlantirishga yo‘naltirilgan falsafiy debat, reflektiv esse, axloqiy dilemma, virtual sud kabi interaktiv-falsafiy ta’lim usullarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda falsafaning korrupsiyaga oid terminlarini aniqlay olish va tushunish mexanizmlari fanni o‘qitish tuzilmasiga falsafiy-germenevtika bilan huquqiy-germenevtikani o‘zaro uyg‘unlashtirish konstruksiyasini qonun va falsafa birligiga bag‘ishlangan metodik resurslar bilan boyitish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning korrupsiyaga qarshi bilim va tafakkuriga oid kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi korrupsiyaning axloqiy asoslarini ta’lim jarayonining didaktik imkoniyatlari bilan falsafiy dialektik qonuniyatni o‘zaro darajasini refleksiv rivojlantirishga qaratilgan, empatik keys-stadi (vaziyat tahlili) va fazilatlar etikasi kabi metodlarni kognitiv (bilish), affektiv (axloqiy-emotsional) hamda ijtimoiy-amaliy faoliyat bilan uzviy integrallash asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Falsafiy ta’limda talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
falsafa fanida talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik mazmuni fuqarolik mas’uliyati va axloqiy tanlovga layoqatlilikni falsafiy-refleksiv integratsiya modeliga ta’limiy maqsadlarni identiv moslashtirish asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan 2023-2024-yillarda bajarilgan 01-341 raqamli “Yangi avlod darsliklarini o‘rganishga qaratiligan metodik yordam” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihada foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024 yil 11-noyabrdagi 01-122 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishning metodik tuzilmasi zamonaviy talablar darajasida ishlab chiqilishiga erishilgan;
talabalarni korrupsiyaga qarshi ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari falsafiy ta’lim tizimining konseptual-ma’naviy ko‘rsatkichlariga fuqarolik simulyasiya mashg‘ulotlarini qadriyatlarga mos adaptatsiyalash asosida aniqlashtirilgan ilmiy xulosa va takliflaridan 2023-2024-yillarda bajarilgan 01-329 raqamli “Moddiy javobgar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq vertual o‘yinlarga moyilligini diagnostika korreksiya qilish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihada foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024 yil 28-noyabrdagi 01-329-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning darslarni loyihalash faoliyatida diqqatni jamlashi tizimlashgan va samaradorligi ortishiga erishilgan;
falsafa fanida talabalarni korrupsiyaga qarshi tarbiyalash metodikasi ta’lim oluvchilarda axloqiy immunitetni kognitiv-ta’limiy, kommunikativ-tarbiyaviy rivojlantirishga yo‘naltirilgan falsafiy debat, reflektiv esse, axloqiy dilemma, virtual sud kabi interaktiv-falsafiy ta’lim usullarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2023-2024-yillarda bajarilgan 01-329 raqamli “Moddiy javobgar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq vertual o‘yinlarga moyilligini diagnostika korreksiya qilish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihada foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024 yil 28-noyabrdagi 01-329-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning darslarni loyihalash faoliyatida diqqatni jamlashi tizimlashgan va samaradorligi ortishiga erishilgan;
talabalarda falsafaning korrupsiyaga oid terminlarini aniqlay olish va tushunish mexanizmlari fanni o‘qitish tuzilmasiga falsafiy-germenevtika bilan huquqiy-germenevtikani o‘zaro uyg‘unlashtirish konstruksiyasini qonun va falsafa birligiga bag‘ishlangan metodik resurslar bilan boyitish asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan 2023-2024-yillarda bajarilgan 01-341 raqamli “Yangi avlod darsliklarini o‘rganishga qaratiligan metodik yordam” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihada foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024 yil 11-noyabrdagi 01-122 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishning metodik tuzilmasi tizimlashgan va samaradorligi ortishiga erishilgan.
talabalarning korrupsiyaga qarshi bilim va tafakkuriga oid kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi korrupsiyaning axloqiy asoslarini ta’lim jarayonining didaktik imkoniyatlari bilan falsafiy dialektik qonuniyatni o‘zaro darajasini refleksiv rivojlantirishga qaratilgan, empatik keys-stadi (vaziyat tahlili) va fazilatlar etikasi kabi metodlarni kognitiv (bilish), affektiv (axloqiy-emotsional) hamda ijtimoiy-amaliy faoliyat bilan uzviy integrallash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklaridan 2023-2024-yillarda bajarilgan 01-341 raqamli “Yangi avlod darsliklarini o‘rganishga qaratiligan metodik yordam” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihada foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2024 yil 11-noyabrdagi 01-122 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi avlod darsliklarini ishlab chiqishning metodik tuzilmasi zamonaviy talablar darajasida ishlab chiqilishiga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish