Isanova Zebuniso Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4482.
Ilmiy rahbar: Kulmatov Bahrom Gulyamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Tajibaev G‘ayratjon Shovdorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini vizual tasvirlash va strukturaga solish texnologiyasi asosida takomillashtirishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishning didaktik va metodik ta’minoti plurilingval kompetensiya komponentlari kommunikativ kompetensiya subkomponentlari bilan gorizontal integratsiyasi samarasi metalingvistik malakani rivojlantirish, transversal kompetensiya (Transversal Competences)lar va madaniy kontekstga ustuvorlik berish asosida CEFR (Common European Framework of Reference for LanguaGES) standarti mazmuniga muvofiq  ishlab chiqilgan;
bo‘lajak filolog talabalarning plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan to‘rt bosqichli qiyosiy-informatsion, plurilingval-operatsion, kommunikativ-motivatsion va madaniy-pragmatik mashqlari ta’limiy maqsadlar, metakognitiv jarayonlar kabi omillarga muvofiqlashtirish va kognitiv yuklamani kamaytirish (Cognitive Load Theory) tamoyili asosida  vizual tasvirlash va strukturaga solish texnologiyasi (VSST)ning samaradorligi dalillangan;
 filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishning to‘rt blokli maxsus modeli ta’lim texnologiyasi va tillararo resurslardan samarali foydalanish bilan funksional bog‘lanish hamda tizimlilik, madaniyatlararo sezgirlik va o‘z-o‘zini baholash tamoyillari asosida tillararo ta’sir (Cross-linguistic Influence(CLI))ga ustunlik berish asosida ishlab chiqilgan;
  talabalarning plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishda plurilingval va plurimadaniy repertuarga asoslanish, plurilingval tushunish,  metalingvistik hamda metakognitiv komponentlar qatoriga adaptiv va affektiv komponentlarni plurilingval kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida kiritishning samaradorligi CEFR tavsiflovchilari hamda OTM baholash tizimini o‘zaro uzviylashtirish asosida takomillashtirilgan baholash mezonini qo‘llash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishning didaktik va metodik ta’minoti plurilingval kompetensiya komponentlari kommunikativ kompetensiya subkomponentlari bilan gorizontal integratsiyasi samarasi metalingvistik malakani rivojlantirish, transversal kompetensiya (Transversal Competences)lar va madaniy kontekstga ustuvorlik berish asosida CEFR (Common European Framework of Reference for LanguaGES) standarti mazmuniga muvofiq  ishlab chiqilganiga oid xulosa va takliflardan AL-412104512-raqamli “O‘zbekistonning geografik obektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 14-sentyabrdagi 04/4006-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida elektron lug‘at resurslarini yaratishda foydalanilgan;
bo‘lajak filolog talabalarning plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan to‘rt bosqichli qiyosiy-informatsion, plurilingval-operatsion, kommunikativ-motivatsion va madaniy-pragmatik mashqlari ta’limiy maqsadlar, metakognitiv jarayonlar kabi omillarga muvofiqlashtirish va kognitiv yuklamani kamaytirish (Cognitive Load Theory) tamoyili asosida  vizual tasvirlash va strukturaga solish texnologiyasi (VSST)ning samaradorligi dalillangan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh Davlat departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan SUZ 280021GR3106 raqamli “The English Access Microscholarship Program” “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 11-iyuldagi 01/407-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo’lib xizmat qilgan; 
filologiya yo‘nalishi talabalarining plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishning to‘rt blokli maxsus modeli ta’lim texnologiyasi va tillararo resurslardan samarali foydalanish bilan funksional bog‘lanish hamda tizimlilik, madaniyatlararo sezgirlik va o‘z-o‘zini baholash tamoyillari asosida tillararo ta’sir (Cross-linguistic Influence(CLI))ga ustunlik berish asosida ishlab chiqilgani xususidagi takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Evropa ittifoqi tomonidan (Gumboldt universiteti, Germaniya.) 2022-2025 yillarda “Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action 1- Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-fevraldagi 04/1-456-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishi materiallaridan, loyiha doirasida qo‘llanma va ishlanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
talabalarning plurilingval kompetensiyasini takomillashtirishda plurilingval va plurimadaniy repertuarga asoslanish, plurilingval tushunish,  metalingvistik hamda metakognitiv komponentlar qatoriga adaptiv va affektiv komponentlarni plurilingval kompetensiyaning tarkibiy qismi sifatida kiritishning samaradorligi CEFR tavsiflovchilari hamda OTM baholash tizimini o‘zaro uzviylashtirish asosida takomillashtirilgan baholash mezonini qo‘llash orqali isbotlangan xulosa va takliflardan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 4-apreldagi 04/11-2602-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari ushbu loyiha mexanizmlarini ishlab chiqishda keng foydalanilib, talaba yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini shakllanishiga xizmat qilgan; 

Yangiliklarga obuna bo‘lish