Achilov O‘tkir Isomitdinovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish metodikasi” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8615 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Mardanov Eshim Muradovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxruh Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Umarov Lutfillo Murodillaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika institutlari talabalari uchun pedagogik ta’limiy resurslarini yaratishning didaktik tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim resurslarini konstruksiyalash jarayonining mazmuni pedagogika ixtisosliklari talabalari uchun yaratiladigan pedagogik ta’limiy resurslarini konstruksiyalash bosqichlarini ishlab chiqish, mazkur bosqichlarni amalga oshirishda aniqlashtiruvchi va meyorlashtiruvchi didaktik prinsiplarga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish metodikasi o‘quv materiallari optimal variantlarini tanlab olishning didaktik talablarini aniqlashtirish hamda variativlik, adaptivlik, sinxronlik tamoyillarga ko‘ra ta’lim resurslarini differensiallash asosida takomillashtirilgan;
didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish modeli ta’lim resurslarini tarkiblashtirishga doir talabalar individual ta’lim traektoriyalarini prognostik loyihalash hamda mustaqil ta’limni konstruksiyalash imkoniyatlarini ta’minlovchi assotsiativ va integrativ pedagogik yondashuvlardan ratsional foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish  samaradorligi pedagogik ta’lim resurslarini konstruksiyalash, talabalar mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkillashtirish hamda ularning funksionalligini ta’minlovchi illyustrasiyalar va multimediyalar kabi didaktik interfaol dasturiy tizimlarni ta’limiy maqsadlarga kshra modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Pedagogik ta’limiy resurslarini yaratishning didaktik tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim resurslarini konstruksiyalash jarayonining mazmuni pedagogika ixtisosliklari talabalari uchun yaratiladigan pedagogik ta’limiy resurslarini konstruksiyalash bosqichlarini ishlab chiqish, mazkur bosqichlarni aniqlashtiruvchi va meyorlashtiruvchi didaktik prinsiplari ajratib ko‘rsatish orqali ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim jarayonida talabalar pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayonini elektron axborot ta’lim resurslari orqali loyihalash imkoniyatlari oshirilgan; 
didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish metodikasi o‘quv materiallarini optimal variantlarini tanlab olishning didaktik talablarini aniqlashtirish hamda variativlik, adaptivlik, sinxronlik tamoyillarga ko‘ra ta’lim resurslarini differensiallash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy metodik natijalardan A-1-173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnalogiyasi va metodikasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023-yil 02-avgustdagi 04/2749-sonli malumotnomasi). Natijada,  bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayonini umummilliy qadriyatlarga muvofiq pedagogik ta’limiy resurslari bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan; 
didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish modeli ta’lim resurslarini tarkiblashtirishga doir talabalar individual ta’lim traektoriyalarini prognostik loyihalash hamda mustaqil ta’limni konstruksiyalash imkoniyatlarini ta’minlovchi assotsiativ va integrativ pedagogik yondashuvlardan ratsional foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy metodik natijalardan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi va innovatsiyasi” nomli darslikni tayyorlshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining (2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada,  talabalar mustaqil ta’limi nazoratini ta’minlovchi o‘quv materiallari tarkibiy tuzilmasi hamda yakka tartibdagi ta’lim traektoriyalarini ishlab chiqish imkoniyatlari oshirilgan;
didaktik tamoyillar asosida pedagogik ta’limiy resurslarni takomillashtirish  samaradorligi pedagogik ta’lim resurslarini konstruksiyalash, talabalar mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkillashtirish hamda ularning funksionalligini ta’minlovchi illyustrasiyalar va multimediyalar kabi didaktik interfaol dasturiy tizimlarni ta’limiy maqsadlarga kshra modifikatsiyalash asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalar 60110100-Pedagogika ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 21-fevraldagi 02/01-01-70-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni pedagogik ta’lim jarayoniga tayyorlash jarayonining metodik ta’minotini elektron ta’lim resurslari orqali takomillashtirish imkoniyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish