Ibragimova Aziza Ruziboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy monopoliyalarda raqobatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1144.
Ilmiy rahbar: Ruzinazarov Shuhrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Aminjanova Matluba Ahmedovna, yuridik fanlar doktori, professor; Saidov Maqsudbek Norboevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalarda raqobatni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tabiiy monopoliya sohalarini raqobat orqali transformatsiya qilishning huquqiy mexanizmlari tadqiq qilinib, tabiiy monopoliya sohasida raqobat muhitini shakllantirish, ya’ni tabiiy monopoliya sohalariga raqobatni joriy qilish imkoniyatlari, tabiiy monopoliyalar subektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirish raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozimligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan;
tabiiy monopoliya subektlari faoliyatiga raqobatni transformatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari kompleks o‘rganilib, tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlarning narxlarini (tariflarini) shakllantirilishining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilib, mustaqil bozor regulyatorlari faoliyatining alohida xususiyatlari tahlil qilingan; 
tabiiy monopoliya subektlarining huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlari asoslab berilib, ularning tashkiliy-huquqiy maqomi aynan yuridik shaxs sifatida bo‘lishi asoslangan;
asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subektlar va asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subektlarning huquqiy maqomini farqlash lozimligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot ishi boʻyicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
tabiiy monopoliya subektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi normalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025-yil 17-yanvardagi 162/02-11-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi tabiiy monopoliya subektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlarning narxlarini (tariflarini) shakllantirishga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi 1-qismi normalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025-yil 17-yanvardagi 162/02-11-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi tabiiy monopoliya sharoitlarida realizatsiya qilinadigan tovarlarning oqilona narxlarini (tariflarini) shakllantirishga xizmat qiladi. 
tabiiy monopoliya subektining huquqiy maqomiga taalluqli takliflari 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-son qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subektlarni tabiiy monopoliya subekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi normalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025-yil 17-yanvardagi 162/02-11-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi tabiiy monopoliya subektining huquqiy maqomining qonunchilikda aniq belgilanishiga xizmat qiladi. 
asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmagan subektlarning huquqiy maqomiga oid takliflari 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-son qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subektlarni tabiiy monopoliya subekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi normalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2025-yil 17-yanvardagi 162/02-11-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmagan subektlarning huquqiy maqomining qonunchilikda aniq belgilanishiga xizmat qiladi

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish