Yusupova Manzura O‘ktamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr II yarmi - XXI asr boshlarida Buxoro shahri o‘zbek va tojiklari an’anaviy sayillari, bayramlari va tomoshalarining etnohududiy xususiyatlaridagi transformatsiya jarayonlari (tarixiy-etnologik tahlil)” 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Tar1751
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Buriev Achil, tarix fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Raxmonov Faxriddin Shaymardonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Etnografiya bo‘limi.
II. Tadqiqotning maqsadi: “XX asr II yarmi - XXI asr boshlarida Buxoro shahri o‘zbek va tojiklari an’anaviy sayillari, bayramlari va tomoshalarining etnohududiy xususiyatlaridagi transformatsiya jarayonlarini tarixiy-etnologik tahlil asosida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ilk bor Buxoro shahrida o‘tkazilib kelingan an’anaviy xalq sayillari, bayramlari va tomoshalarining tarixiy ildizlari va manbaviy asoslari Oʻrta Osiyoda yaratilgan qadimiy qo‘lyozmalarda, mintaqaning etuk allomalari asarlaridagi ma’lumotlarda atroflicha tavsif etilib, keng ko‘lamda ilmiy o‘rganildi;
Buxoro shahri o‘zbek va tojiklari tomonidan an’anaviy sayillar, bayramlar va tomoshalar: Navro‘z bayrami, Gullar bayrami, Sumalak sayli, Qovun sayli asrlar davomida hamjihatlik bilan o‘tkazilib kelingani – bu ommaviy tadbirlar ikki xalq  o‘rtasida jamoaviylik, do‘stlik, qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilganligi hamda asrlar osha shakl va mazmun bilan boyitib borilganligi dalillandi;
shahar o‘zbek va tojiklari an’anaviy sayillari, bayramlari va tomoshalaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik jihatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularni uyushtirish va o‘tkazishdagi an’anaviylik hamda zamonaviylik tendensiyalari, shuningdek, transformatsion jarayonlarning dinamikasi masalalari ilmiy tadqiq etildi;
shahar aholisi sayillari, bayramlari va tomoshalari hozirgi davrda tobora modernizatsiyalashib  borayotganligi ko‘p millatlar hamjihat bo‘lib yashayotgan  aholi orasida tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotganligi muhim omil ekanligi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: 
XX asr II yarmi - XXI asr boshlarida Buxoro shahri o‘zbek va tojiklari an’anaviy sayillari, bayramlari va tomoshalarining etnohududiy xususiyatlaridagi transformasiya jarayonlarini tadqiq etish jarayonida:
“07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “XX asr II yarimi - XXI asr boshlarida Buxoro shahri o‘zbek va tojiklari an’anaviy sayllari, bayramlari va tamoshalarining etnohududiy xususiyatlaridagi transformatsiya jarayonlari (tarixiy-etnologik tahlil)” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 491495-sonli guvohnomaga muvofiq “Tarix falsafasi va metodologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilinishida foydalanilgan. 
Dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy xulosalari asosida talabalar ongiga millatlararo bag‘rikenglik tamoyilini singdirishda milliy qadriyatlar, an’analar va diniy marosimlar bilan bog‘liq jarayonlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tahlili asosida ishlab chiqilgan ta’lim jarayonini takomillashtirishga oid takliflari “60220300 - Tarix” ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 21-apreldagi 02/01-01-145-son ma’lumotnomasi). Bu tadqiqot natijalaridan olingan yangiliklar asosida mazkur joriylanish orqali yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlar ishtirokini ta’minlashga erishiladi, shuningdek, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga  xizmat qiladi.
Buxoro shahrida o‘tkazilib kelingan an’anaviy xalq sayillari, bayramlari va tomoshalarining tarixiy ildizlari asrlar davomida hamjihatlik bilan o‘tkazilib kelingani – bu ommaviy tadbirlar o‘zbek va tojiklar o‘rtasida jamoaviylik, do‘stlik, qardoshlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilganligi hamda yangicha shakl va mazmun bilan boyitib borilganligi, ulardagi umumiylik va o‘ziga xoslik jihatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularni uyushtirish va o‘tkazishdagi an’anaviylik hamda zamonaviylik tendensiyalari to‘gʻrisidagi ilmiy yangilik natijalaridan “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasida turli ko‘rgazmalar tashkil qilishda hamda fond materiallarini kataloglashtirishda qo‘llanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 12-noyabrdagi 04-07/4277-son ma’lumotnomasi). Bu tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi fondining boyishiga xizmat qilgan.
Buxoro shahri o‘zbek va tojiklari tomonidan an’anaviy sayillar, bayramlar va tomoshalar: Navro‘z bayrami, Gullar bayrami, Sumalak sayli, Qovun sayli, milliy o‘yinlar va xalq tomoshalari asrlar davomida hamjihatlik bilan o‘tkazilib kelingani – bu ommaviy tadbirlar o‘zbek va tojiklar o‘rtasida jamoaviylik, do‘stlik, qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, hududiy yaxlitlik va etnoxususiyatlardagi zamonaviy yondashuvlar, milliy qadriyatlarning aholi orasida saqlanib qolishi bilan bogʻliq taklif va tavsiyalari materiallarini keng jamoatchilikka etkazishda foydalanildi (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-avgustdagi 01-09-120-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ko‘rsatuv ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, hamda ommabopligini ta’minlashga, saviyasining oshishiga erishildi va Buxoro shahrida yashovchi turli xalqlar va diasporalarga xos tarixiy qadriyatlar, urf-odatlar va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari o‘rtasida targʻib qilishga xizmat qiladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish