Sodiqov Jamshid Ibroxim o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yo‘l aktivlari tizimini boshqarish va prognozlash nazariy asoslarini takomillashtirish», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc /T158.
Ilmiy maslahatchi: Shoxidov Abduboriy Fattoxovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Borovik Vitaliy Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya); Yarmoliskiy Vladimir Apolenar`evich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya); Xojmetov G‘aibnazar Xadievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi uchun yo‘l aktivlarini boshqarish va uni bashorat qilish nazariy asoslarini takomillashtirish, shu bilan birga yo‘ldan foydalanuvchilarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil` yo‘llarining me’yorda ishlashini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l aktivlarini boshqarish va bashorat qilish nazariy asoslari takomillashtirilgan, ilk bor harakat xavfsizligi, harakat tezligi, qulaylik va atrof-muhitni hisobga olib, avtomobil` yo‘llarini funksional tasnifi ishlab chiqilgan;
yo‘l loyihalarining narxini bashoratlangan va taqqoslangan holda yo‘l loyihalarini narxlarini tumanlashtirish usuli ishlab chiqilgan, analitik ierarxiya usuli yordamida tarmoq darajasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarini optimallashtirish va prioritizatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan;
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi misolida rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda yo‘l aktivlari boshqaruvi tizimi nazariyasi ishlab chiqilgan;
yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilish va hisobga olishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida transport-ekspluatatsion xarajatlarni baholash usuli mahalliy sharoitga moslashtirilgan, dinamik dasturlash usuli yordamida loyiha darajasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarini optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yo‘l aktivlari tizimini boshqarish va prognozlash nazariy asoslarini takomillashtirish asosida:
yo‘l loyihalarini baholash usuli, loyiha qiymatlari bo‘yicha mavzuli xaritalar yaratish bo‘yicha dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasiga qarashli Yo‘l loyiha byurosiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 oktyabr` 03/5531-B612-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi yo‘l loyihalarini baholash usuli, yangi loyihalarni baholash, loyiha qiymatlari bo‘yicha mavzuli xaritalar yaratish, loyiha narxlari bo‘yicha dasturiy ta’minot joriy qilish imkonini yaratgan;
yo‘l loyihalarining narxini bashoratlash va taqqoslangan holda yo‘l loyihalarini narxlarini tumanlashtirish usuli, analitik ierarxiya usuli yordamida tarmoq darajasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarini optimallashtirish va prioritizatsiya qilish usuli, mahalliy sharoitga moslashtirilgan transport-ekspluatatsion xarajatlarni baholash usuli va dinamik dasturlash usuli yordamida loyiha darajasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarini optimallashtirish modeli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi «Avtomobil` yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti» unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan 7 ta me’yoriy hujjatlarga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 03/5531-B612-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarini sifatini oshirish imkonini bergan;
umum foydalanuvdagi avtomobil` yo‘llarini transport-ekspluatatsion xarajatlarini aniqlash bo‘yicha metodik ishlanma asosida yo‘llarni baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi «Yo‘l loyiha ekspertiza» unitar korxonaga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 03/5531-B612-son ma’lumotnomasi). Yo‘llarni baholash usuli yo‘l ta’mirlash ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rejalashtirish imkonini yaratgan;
yo‘l transport hodisalarini elektron hisobi, ularning tahlili va vizualizatsiya qilish usuli O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 24/2-21980-son ma’lumotnomasi). Yo‘l transport hodisalarini elektron hisobi vaqtni tejash va ma’lumotlar aniqligini oshirish imkonini yaratgan.