Abdukarimova Dinara Nuritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish uchun samarali kompozision kimyoviy preparatlarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5214.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Amanov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish uchun samarali kompozision kimyoviy preparatlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta urug‘larini ekishdan oldin ishlov berish uchun gossipol smolasi, Na-KMS va formalinni o‘z ichiga olgan kompozision kimyoviy preparatlarning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
mavjud analoglarga nisbatan yuqori biologik samaradorlikni namoyon qiluvchi kompozision kimyoviy preparat komponentlarining o‘zaro ta’sir mexanizmlari, kompozisiyalarning barqarorligi va yuqori ekspluatatsion xususiyatlari asoslangan;
olingan preparatlar ildiz chirishi va gommoz kasalliklariga qarshi 81,2% gacha biologik samaradorlik bilan paxta urug‘ini himoyalashi aniqlangan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida yaratilgan kompozision kimyoviy preparatni dala sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida preparatlarning texnologik yaroqliligi va samaradorligini oshirilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta urug‘lariga ekishdan oldin ishlov berish uchun samarali kompozision kimyoviy preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «FT-XM-KOMPOZIT»-6 va «FT-XM-KOMPOZIT»-8 preparatlari paxta urug‘larini ekishdan oldin qayta ishlash uchun Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani «Nozimaxon Maxmura» fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta urug‘ining unib chiqishini 3-5 kunga tezlashtirish va ishlov berilmagan chigitlarga nisbatan unib chiqish samaradorligi 10-15%ga oshirish imkonini bergan;
«FT-XM-KOMPOZIT»-6 va «FT-XM-KOMPOZIT»-8 preparatlari Farg‘ona viloyati Quva tumani «Aziz Sardor Diyora» fermer xo‘jaligida paxta urug‘larini qayta ishlash jarayonida amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hosildorlikni gektariga 5,5 sentnergacha oshirish imkonini bergan.