Jamalova Dilafruz Ne’matilla qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ferula tadshikorum Pimenov va Ferula moschata (H.Reinsch) Koso-Pol. ning in vitro sharoitida biologiyasi”, 03.00.05 - Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B720. 
Ilmiy rahbar: Mustafina Feruza Usmanovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Behzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kallus va somatoembriogenez induksiyasi uchun to‘qimalar kulturasida morfogenez jarayonlarini o‘rganish orqali, Ferula L. turkumi ayrim kamyob turlari uchun klonal mikroko‘paytirishning yuqori samarali tizimini ishlab chiqish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ferula tadshikorum va F. moschata turlarni in vitro kulturasiga kiritish uchun qo‘llanilgan eksplantlarning morfogenetik potensiali aniqlandi;
gormonal, trofik va fizik omillarning klonal mikroko‘paytirishga ta’siri yoritib berildi;
ilk bor F. tadshikorum va F. moschata turlari uchun sterilizatsiya bosqichlari, optimal eksplantlar va ekish sharoitlarini tanlashni o‘z ichiga olgan in vitro kulturasiga kiritish protokollari ishlab chiqildi va eksperimental ravishda asoslandi; 
birinchi marta biologik faol moddalar (BFM) tarkibiga asoslangan klonal liniyalarni tanlash va qiyosiy tahlil qilish amalga oshirildi, bu esa in vitro sharoitida keyingi etishtirish va tadqiq qilish uchun istiqbolli liniyalarni aniqlashga imkonini berdi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  “Ferula tadshikorum Pimenov va Ferula moschata (H. Reinsch) Koso-Pol. ning in vitro sharoitida biologiyasi” ni o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simliklarning in vitro sharoitida klonal mikroko‘paytirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent Botanika bog‘i faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 6-noyabrdagi №4/1255-2470-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa, in vitro sharoitida klonal mikroko‘paytirsh orqali o‘simliklarning ko‘chatlarini etkazib berish imkonini bergan;
o‘simliklarning 130 gerbariy namunalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi Global bioxilma-xillik ma’lumotlari tizimiga (www.gbif.org, GBIF) joriy etilgan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlari bazasining 2025-yil 13-maydagi guvohnomasi). Natijada, o‘simliklarning O‘zbekistonda tarqalish hududlari bo‘yicha ma’lumotlarni xalqaro miqyosda olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish