Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovnaning
psixologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/P138.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich psixologiya fanlari doktori, professor; Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich psixologiya fanlari doktori, professor; Qabulov Qosimboy Pirjonovich psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilar sanogen tafakkurining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchining hissiy kompetentligi, na faqat o‘quvchini tinglash va tushunishida, balki dars jarayonida ijobiy muhit yaratish o‘zining shaxsiy va kasbiy o‘sayotganidan faxrlanish, o‘zidan qoniqishiga bog‘liqligi tufayli uning salbiy hissiyotlari dars jarayoniga ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, faqat sog‘lom ijobiy fikrlash, sanogen refleksiya orqali o‘z xulq-atvorida konstruktiv dasturlarni ongli tanlashida namoyon bo‘lishiga asoslanib, sanogen fikrlashga bo‘lajak o‘qituvchilarga talabalik davridanoq o‘rgatish zarurligi haqida mualliflik konsepsiyasi asoslangan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning namoyon bo‘lishiga ko‘ra «emotsional barqarorlik», «konstruktiv fikrlash», «o‘z-o‘zini anglash» va «kreativlik» shkalalarida tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishi talabalariga nisbatan gumanitar ta’lim yo‘nalishi talabalarida ustunligi natijalarni differensiallash asosida aniqlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkur va akademik motivatsiya shkalalari orasida musbat bog‘lanishlar aniqlanganligi asosida ijobiy motivatsiya sog‘lom fikrlashni rivojlantirishi asoslangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkuri va o‘z xulq-atvorini boshqarish, tafakkur uslublari, refleksiya bilan musbat bo‘g‘lanishlar aniqlanganligi tufayli stressni boshqarish, refleksiyani, ijodkorlikni rivojlantirish, konstruktiv fikrlash moslashuvchanlikni oshirish kabilar bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish modelining asosiy komponentlari ekanligi dalillangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish uhun kognitiv, emotsional, motivatsion, konativ sohalarga korreksion-adaptiv ta’sir etish asosida «Pokiza qalb va sog‘lom fikr ila yasha!» nomli psixologik dasturning samaraliligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘qituvchining hissiy kompetentligi, na faqat o‘quvchini tinglash va tushunishida, balki dars jarayonida ijobiy muhit yaratish o‘zining shaxsiy va kasbiy o‘sayotganidan faxrlanish, o‘zidan qoniqishiga bog‘liqligi tufayli uning salbiy hissiyotlari dars jarayoniga ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, faqat sog‘lom ijobiy fikrlash, sanogen refleksiya orqali o‘z xulq-atvorida konstruktiv dasturlarni ongli tanlashida namoyon bo‘lishiga asoslanib, sanogen fikrlashga bo‘lajak o‘qituvchilarga talabalik davridanoq o‘rgatish zarurligi haqida mualliflik konsepsiyasi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduli (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7 dekabrdagi PM 283-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada psixologlarning umumpsixologik tushunchalar haqida tasavvurlari oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning namoyon bo‘lishiga ko‘ra «emotsional barqarorlik», «konstruktiv fikrlash», «o‘z-o‘zini anglash» va «kreativlik» shkalalarida tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishi talabalariga nisbatan gumanitar ta’lim yo‘nalishi talabalarida ustunligi natijalarni differensiallash asosida aniqlanganganligiga doir ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ontogenez psixologiyasi» moduli (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada psixologlarda sanogen tafakkur namoyon bo‘lishida ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra farqlarga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkur va akademik motivatsiya shkalalari orasida musbat bog‘lanishlar aniqlanganligi asosida ijobiy motivatsiya sog‘lom fikrlashni rivojlantirishi asoslanganligiga oid xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi» moduli (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada psixologlarning sog‘lom fikrlashga ta’sir etuvchi omillarga oid bilimlari boyitilishiga erishilgan.;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkuri va o‘z xulq-atvorini boshqarish, tafakkur uslublari, refleksiya bilan musbat bo‘g‘lanishlar aniqlanganligi tufayli stressni boshqarish, refleksiyani, ijodkorlikni rivojlantirish, konstruktiv fikrlash moslashuvchanlikni oshirish kabilar bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish modelining asosiy komponentlari ekanligi dalillanganligiga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7 dekabrdagi PM 283-son buyrug‘iga asosan «Psixologik xizmat» moduli (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada psixologlarning oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmati faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-metodik ta’minotini tashkil etishga oid bilimlari boyitilishiga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish uhun kognitiv, emotsional, motivatsion, konativ sohalarga korreksion-adaptiv ta’sir etish asosida «Pokiza qalb va sog‘lom fikr ila yasha!» nomli psixologik dasturning samaraliligi asoslanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM 283-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologik trening» moduli (Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 7 dekabrdagi PM 283-son ma’lumotnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada psixologik salomatlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan uslubiy ishlar takomillashtirilgan.