Abdilaxatov Zafar Abdugapirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari », 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P887.
Ilmiy rahbar: Yakubova Guzal Asatullaevna, psixologiya fanlar doktori (DSc),dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich psixologiya fanlari doktori, professor;  Jo‘raev Vohidjon Muxammadievich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantiruvchi omillar talabalarning kasbga bo‘lgan munosabatida shaxsiy, motivasion, kommunikativ kompetentligini o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib o‘quv jarayoniga bog‘liq differensial ta’sirga ega ekanligi  aniqlangan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o‘quv jarayonidagi shaxsiy kompetentlik talabaning o‘ziga ishonch va o‘zini qabul qilish bilan motivasion kompetentlik esa o‘zini idora qilish bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati ustuvor psixologik mezon ekanligi asoslangan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi talabalardagi emotsional bilimdonlik, o‘z emotsiyalarini boshqarish, o‘zini-o‘zi motivasiyalashtirish,  empatiya, o‘zga insonlarning keshinmalarini tushunish ko‘nikmalari shaxsiy va kommunikativ kompetensiyalarni shakllanishiga olib kelishiga asoslanib, emosional intellekt darajasiga bog‘liq rivojlanishi isbotlangan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda  talabaning o‘ziga bo‘lgan munosabati va emosional intellektning integral komponentlarini shaxs professional pozisiyani namoyon bo‘lishini kuchayishini ta’minlashiga asoslanib shaxsiy va motivasion kompetentlikni shakllanishiga erishish muhimligi dalillangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantiruvchi omillar talabalarning kasbga bo‘lgan munosabatida shaxsiy, motivasion, kommunikativ kompetentligini o‘zaro uyg‘un namoyon bo‘lishiga asoslanib o‘quv jarayoniga bog‘liq differensial ta’sirga ega ekanligi  aniqlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 10-martdagi PM-326 a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti i huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-326 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni rivojlantiruvchi omillarni aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o‘quv jarayonidagi shaxsiy kompetentlik talabaning o‘ziga ishonch va o‘zini qabul qilish bilan motivasion kompetentlik esa o‘zini idora qilish bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati ustuvor psixologik mezon ekanligi asoslangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 10-martdagi PM-326 a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-326 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari faoliyatida namoyon bo‘luvshi kasbiy kompetentlik hamda shaxsning o‘z-o‘ziga munisabati o‘rtasida o‘zaro korrellyatsion bog‘liqlikning o‘ziga xos tomonlari ochib berilgan.
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi talabalardagi emotsional bilimdonlik, o‘z emotsiyalarini boshqarish, o‘zini-o‘zi motivasiyalashtirish,  empatiya, o‘zga insonlarning keshinmalarini tushunish ko‘nikmalari shaxsiy va kommunikativ kompetensiyalarni shakllanishiga olib kelishiga asoslanib, emosional intellekt darajasiga bog‘liq rivojlanishi isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 10-martdagi PM-326 a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-326 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilaridagi kasbiy kompetentlikning mezonlarini rivojlanishiga xizmat qiluvshi emotsional intellekt bilan bog‘liq komponentlar oshib berilgan.  
bo‘lajak jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda  talabaning o‘ziga bo‘lgan munosabati va emosional intellektning integral komponentlarini shaxs professional pozisiyani namoyon bo‘lishini kuchayishini ta’minlashiga asoslanib shaxsiy va motivasion kompetentlikni shakllanishiga erishish muhimligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 10-martdagi PM-326 a-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 5-martdagi PM-326 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jismoniy tarbiyafani o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning omillarini rivojlantirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturlarini ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish