Tohirova Mohigul Umir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar ijtimoiylashuvining psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P445.
Ilmiy rahbar: Shamsiev O‘ktam Baxriddinovich, psixologiya fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalikova Shahodat To‘xtaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ijtimoiylashuvining psixologik omillarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy adaptatsiyasiga iroda, qobiliyat va motivlariga proporsional ta’sir etish natijasida shaxsiy-emotsional etuklik, xulq-atvor regulyasiyasi, kommunikativ tolerantlik, labillik kabi psixologik xususiyatlarning namoyon bo‘lishi tufayli “adaptatsiya salohiyati” sifatlari shakllanishi aniqlangan;
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning shaxsiy etuklik darajasi qoniqarsizligi, ulardagi interpersonal munosabatlarda emotsional to‘siqlarni engish qobiliyati shakllanmasligi natijasida ijtimoiy adaptatsiya darajasining disfunksiyasi va moslashuv indikatorlari doirasida psixofunksional determinantlarning negativ rivojlanganligi isbotlangan;
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslardagi ijtimoiy adaptatsiya dinamikasi progressivligiga ko‘ra ijtimoiy, emotsional, kommunikativ, psixofiziologik tolerantlik, personal etuklik kabi xususiyatlarning rivojlanishi natijasida shaxs xulq-atvorini boshqarish bilan bog‘liq holda ijtimoiy-emotsional to‘siqlarni engib o‘tish qobiliyati shakllanishi asoslangan;
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan talalabarda “autentik”, “refleksivlik”, “ekstravertlik”, “ambitentlik” kabi xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda ochiqlik, qabul qilish bilan bog‘liq psixoprototiplar integrallashgani orqali ularda o‘z tajribasiga ishonch va tajriba dinamik rivojlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘rishda nuqsoni bor shaxslar ijtimoiylashuvining psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy adaptatsiyasiga iroda, qobiliyat va motivlariga proporsional ta’sir etish natijasida shaxsiy-emotsional etuklik, xulq-atvor regulyasiyasi, kommunikativ tolerantlik, labillik kabi psixologik xususiyatlarning namoyon bo‘lishi tufayli “adaptatsiya salohiyati” sifatlari shakllanishi aniqlanganligiga ko‘ra ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi IIM-205-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi IIM-205-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalari ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan sifat darajasini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning shaxsiy etuklik darajasi qoniqarsizligi, ulardagi interpersonal munosabatlarda emotsional to‘siqlarni engish qobiliyati shakllanmaslik natijasida, ijtimoiy adaptatsiya darajasining disfunksiyasi va moslashuv indikatorlari doirasida psixofunksional determinantlarning negativ rivojlanganligi isbotlanganligiga ko‘ra ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi IIM-205-son buyrug‘i bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-sentyabrdagi IIM-205-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalari, shaxsiy etuklik darajasi va ulardagi interpersonal munosabatlarda emotsional to‘siqlarni engish qobiliyati sifat darajasini oshirish imkoniyatlari oshirilgan;
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslardagi sotsial adapatatsiya dinamikasi progressivligiga ko‘ra sotsial, emotsional, kommunikativ, psixofiziologik tolerantlik, personal etuklik kabi xususiyatlarning rivojlanishi natijasida shaxs xulq-atvorini boshqarishi bilan bog‘liqligi sotsio-emotsional to‘siqlarni engib o‘tish qobiliyati shakllanishi asoslanganligiga ko‘ra ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 09.07.2024-yil 4/17-4/4-11740-son buyrug‘i bilan vazirlik amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 09.07.2024-yil 4/17-4/4-11740-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislardagi sotsial adapatatsiya dinamikasi progressivligiga ko‘ra sotsial, emotsional, kommunikativ, psixofiziologik tolerantlik, personal etuklik kabi xususiyatlar takomillashtirilgan;
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan talalabarda “autentik”, “refleksivlik”, “ekstravertlik”, “ambitentlik” kabi xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda ochiqlik, qabul qilish bilan bog‘liq psixoprototiplarning integrallashgani orqali ularda o‘z tajribasiga ishonish, tajriba dinamikasi rivojlanishi dalillanganligiga ko‘ra ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 06-36-1786-son buyrug‘i bilan vazirlik amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgust, 06-36-1786-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislarning shaxslararo munosabatlarda ochiqlik, qabul qilish bilan bog‘liq psixoprototiplarni integrallash sifat darajasini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish