Azizov Kobuljan Kaxramanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oq jo‘xorining pakana bo‘yli, tezpishar, don hosildorligi yuqori bo‘lgan nav va tizmalarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Qx222.
Ilmiy maslahatchi: Siddikov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyodullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jo‘raev Diyor Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Meyliev Akmal Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oq jo‘xorining geografik uzoq nav namunalari bilan mahalliy navlarni chatishtirish orqali pakana bo‘yli, tezpishar, don hosildorligi yuqori bo‘lgan nav va tizmalarni yaratish hamda birlamchi urug‘chiligini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublika sharoitida oq jo‘xoriining don guruhiga mansub tezpishar, pakana bo‘ylilik va yuqori don hosildorligiga ega bo‘lgan nav namunalaridan foydalanib, resiprok duragaylash usuli orqali yaratilgan duragaylari qiyoslanib yangi boshlang‘ich ashyolar yaratilgan;
tanlab olingan oq jo‘xori nav namunalarini resiprok duragaylash asosida xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va yuqori avlodlarda shakllanishi qonuniyatlari ilmiy asoslangan.
tadqiqotlar natijasida T-4, T-9, T-14, T-17, T-5, T-10, T-13, T-2, T-8, T-12 va T-15 tizmalari yaratilgan hamda ularning morfo-biologik ko‘rsatkichlari, don hosildorligi bo‘yicha yuqori natijalari ularning seleksiya jarayonida yangi nav, duragaylar yaratishda qo‘llanilishini ta’minlagan;
resiprok duragaylash asosida oq jo‘xorining qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori majmuasiga ega bo‘lgan o‘rta tezpishar, pakana bo‘yli, don hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi “Massino” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oq jo‘xorining yangi tezpishar hosildor nav va duragaylarini yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
don hosildorligi yuqori bo‘lgan oq jo‘xorining yangi istiqbolli “Massino” navi yaratilib ishlab chiqarishga joriy qilingan, 2023 yildan Samarqand viloyati bo‘yicha don etishtirish uchun tavsiya etilgan va qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan xamda unga patent (NAP 465) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-03-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, oq jo‘xori genofondi ertapishar, pakana bo‘yli, hosildor manbalar bilan boyitilgan;
oq jo‘xorining yangi yaratilgan “Massino” navi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani “Qo‘ng‘iratboy-Mehri” fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonda urug‘lik don, 20 gektar maydonda don etishtirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-03-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, oq jo‘xoridan gektaridan 2,87 tonna original urug‘lik va 6,5-6,8 tonna don hosili olish imkoniyati yaratilgan xamda bir gektar maydondan 20,0-20,3 mln. so‘m sof foyda olishga erishilgan;
yangi yaratilgan T-4, T-9, T-14, T-17, T-5, T-10, T-13, T-2, T-8, T-12, T-15 tizmalari Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy-tajriba uchastkasining 1,0 gektar birlamchi urug‘chilik ko‘chatzori maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-03-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir tizmadan 15,0-20,0 kg dan orginal urug‘liklar tayyorlash imkonini bergan;
“Don ekinlar genetikasi” mavzusidagi o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim dargohlari talabalariga o‘quv qo‘llanma sifatida va “Don jo‘xorining “Massino” navini etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 4 martdagi 05/05-03-84-son ma’lumotnomasi). Natijada, jo‘xori seleksiyasiga oid bilimlar majmui yaratilgan va amaliyotda qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish