Saidova Gulshoda Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidorni moslanuvchan navlarini tanlash, o‘stirish texnologiyasining asosiy elementlarini ishlab chiqish (Buxoro viloyati kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar sharoitida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1532
Ilmiy rahbar Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Shokirov Alisher Juraboevich, qishloq xo‘jaligi fanlar doktori, dotsent; Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida pomidor tezpishar, o‘rtatezpishar va o‘rtapishar nav namunalarini tanlash, ularni turli sug‘orish tartibi va o‘g‘itlash meyorlari hamda ekish sxemalarida o‘stirish agrotexnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Buxoro viloyati kuchsiz sho‘rlangan allyuvial o‘tloqi tuproqlari sharoitida pomidor tezpishar, o‘rtatezpishar va o‘rtapishar 18 ta nav va duragaylari to‘plami har tomonlama baholanib, muayyan sharoitga moslanuvchan istiqbollilari ajratilgan;
yuqori hosildorlik (40,8-109,8 t/ga) va moslanuvchanlik koeffisienti (0,92-1,49) Lojain F1, Tomsk F1, Bobcat F1, Seraj F1,Red stone, Rio-grande, Wolverine F1, Pink trind F1 nav-duragaylarda aniqlangan;
kuchsiz sho‘rlangan sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida pomidorning moslanuvchan Mustaqillik-28, Red stone navlarini 90×25 sm ekish tartibida o‘stirish orqali 35-45 tonna, Bobcat F1, Lojain F1 duragaylaridan esa 61,1-88,4 tonnagacha  hosil olish mumkinligi isbotlangan;
pomidorni ajratilgan moslanuvchan nav-duragaylaridan sug‘orish tartibini 75-85-85% da ushlab, organomineral o‘g‘itlarni 20 t/ga go‘ng+N200P160K100 t/kg meyorda birgalikda qo‘llash orqali yuqori barqaror (48,6-88,1 t/ga) yaxshi biokimyoviy tarkibli va sifatli hosil olish, 1 m3 sug‘orish uchun sarflangan suvga hosil chiqimi eng yuqori (5,7-9,7 kg) yoki 1 s hosilga sarflangan suv eng kam (10,2-17,5 m3) ni tashkil qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar sharoitiga mos pomidor moslanuvchan nav va duragaylarini tanlash, ularni o‘stirish agrotexnologiyasini  ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlari asosida:  
Buxoro viloyatining kuchsiz sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial sharoitida qimmatli morfologik, biologik va xo‘jalik belgi-xususiyatlari bo‘yicha ajratib olingan pomidorning 18 nav va duragaylaridan  istiqbolli Tomsk F1, Bobcat F1, Seraj F1, Lojain F1, Red Stone, Wolverine F1, Pink trind F1, Rio-grande nav va duragaylari viloyatning Jondor tumanidagi “Hamraev Xalil Bozorovich” va “Obod Jo‘yzar” fermer xo‘jaliklarining jami 8,6 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/06-03-425-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu nav va duragaylardan gektariga 44,6-45,6 tonna, duragaylardan esa 39,1-109,8 tonna hosil olishga erishilgan;
pomidorning Tomsk F1, Bobcat F1, Lojain F1, Red Stone nav-duragaylari sug‘orish tartibi tuproqning ChDNSiga nisbatan 75-85-85% va organomineral o‘g‘itlar 20 t/ga go‘ng + N200P160K100 kg/ga me’yorda qo‘llash taklif etilgan va Jondor tumanidagi “Xamraev Xalil Bozorovich” va “Obod Jo‘yzar” fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/06-03-425-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘suv davrining 2-10 kunga uzayishi hisobiga o‘simlikning baland bo‘yli (84,8-91,3 sm), baquvvat palakli (458-571 g), ildiz tizimli (124-141 g) bo‘lishiga, mos ravishda Red Stone navida 49,0 t/ga, Tomsk F1, Bobcat F1, Lojain F1 duragaylarda esa 64,7-89,9 t/ga hosil olishga erishilgan. Rentabellik 55,2-150,2% ni takshil etgan;
Buxoro viloyatining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlar sharoitida ajratilgan pomidor nav va duragaylarini 90 x 25 sm sxemada (gektarda 44,4 ming tup qalinlikda) ekish Jondor tumanidagi “Xamraev Xalil Bozorovich” va “Obod Jo‘yzar” fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/06-03-425-son ma’lumotnomasi). Natijada pomidor nav va duragaylaridan 4,5-5,8 t/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
“Buxoro viloyati kuchsiz sho‘rlangan erlariga moslanuvchan nav-duragaylarini tanlash va ularning qulay sug‘orish tartibi, o‘g‘itlash me’yorlari va tup qalinligini belgilashga oid tavsiyalar” ishlab chiqilib tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/06-03-425-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma nafaqat ilmiy-tadqiqot institutlari, Oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrlari, balki ilmiy izlanuvchilar, pomidor etishtiruvchi turli erdan foydalanuvchilarga muhim ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish