Yaxyaev Baxtiyor Sadullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishda ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanishning ilmiy asoslari va amaliy usullari”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, 06.02.02-“Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish va ozuqa tayyorlash texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Qx274
Ilmiy rahbar: Shaptakov Erkin Suyunovish, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02. (bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Kosimov Matazim Askarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baxriddinov Fayoziddin Baxriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishda respublikada ishlab chiqarilgan probiotik “Baktovit”, Azkamar konidan qazib olingan gilmoya, sp2 shtammli Chlorella vulgaris suvo‘tining suspenziyasi, B markali karbamid, “Novamix” premiksi va go‘sht-suyak uni ozuqa qo‘shimchalari yordamida ratsionlar to‘yimliligini oshirish asosida kompleks holda foydalanishni ilmiy-amaliy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor, xlorella suvo‘tlarini kuniga o‘rtacha 350 litr xujayralar konsentratsiyasi 34,25 dan 21,62 mln/ml bo‘lgan suspenziya etishtirish uchun asbob-jihozlaridan foydalanish sxemasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida 22,7% protien, 40,6% yog‘ va 76,45 mg/g aminokislotalarni saqlaydigan go‘sht-suyak unining veterinariya-sanitariya tahlili bo‘yicha III-nav ozuqa qo‘shimchasi sifatida foydalanish uchun baholangan;
probiotik, bentonit, karbamid va xlorella suspenziyasini saqlaydigan kompleks ozuqa qo‘shimchasi bilan bo‘rdoqiqa boqilgan qo‘chqorchalarning so‘yim og‘irligi 2,29 kg, axta qilingan qo‘chqorlarda 2,15 kg va yoshi bo‘yicha yaroqsiz qo‘ylarda 1,97 kg yoki so‘yim chiqimi 3,08%; 2,31% va 2,34% ga yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
qo‘ylarning ikkinchi bo‘g‘ozlik davrida probiotik va premiks saqlaydigan kompleks ozuqa qo‘shimchasidan foydalanilganda, laktatsiyaning 21 kunligida sutdorlik 1,0-1,15 kg ga, bahorgi jun qirqimi 105 g ga, ulardan yirik sathli teri bilan tug‘ilgan qo‘zilar soni 22,1% ga hamda qo‘zilarning onasidan ajratish davrida mutloq o‘sishi 1,02-1,23 kg ga yuqori bo‘lganlgi aniqlangan;
probiotik, premiks va go‘sht-suyak unini saqlaydigan kompleks ozuqa qo‘shimchasi bilan oziqlantirilgan naslli qo‘chqorlarning eyakulyatning o‘rtacha hajmi 0,22 ml, sperma konsentratsiyasi 0,46 mlrd/ml, rezistentligi 4,11 ming ga va otalantirish xususiyati 7,2% ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
tajribadagi hayvonlarda kompleks ozuqa qo‘shimchasidan foydalanilganda ozuqalarning hazmlanishi va katta qorin metobolik jarayonlarining yaxshilanganligi natijasida qo‘ylarning mahsuldorligi oshirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorigini oshirishda ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanishning ilmiy asoslari va amaliy usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishda kompleks ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanish texnologiyasi Navoiy viloyati, Nurota tumani “Istiqlol qorako‘l naslchilik” MChJda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 17 martdagi 02/23-175-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli yoshdagi qo‘ylarni bo‘rdoqilashda olingan sof foyda har bir boshga 221,9-282,9 ming so‘mni tashkil etib, iqtisodiy samaradorlik 5,2% dan 8,1% gacha, bo‘g‘ozlikning ikkinchi davridagi sovliqlarni oziqlantirishda jun qirqimi 10,2% ga, sut mahsuldorligi 5,7% ga, ulardan yirik sathli teri bilan tug‘ilgan qo‘zilar soni 22,1% ga, naslli qo‘chqorlarni sun’iy urug‘lantirish mavsumiga tayyorlash davrida oziqlantirish, qo‘ylarni ikki marta urug‘lantirish usulida otalantirish xususiyati 84,5% ni tashkil etib, xo‘jalik ko‘rsatkichiga nisbatan 7,3% ga oshgan;
qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishda kompleks ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanish texnologiyasi Samarqand viloyati, Nurobod tumani “Klaster Saxoba Chorvadorlari” MChJda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi 02/23-175-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks ozuqa qo‘shimchasi bilan bo‘rdoqiga boqilgan turli yoshdagi qo‘ylardan olingan sof foyda har bir boshga 211,8-275,1 ming so‘mni tashkil etib, iqtisodiy samaradorlik 4,5% dan 6,5% gacha, bo‘g‘ozlikning ikkinchi davridagi sovliqlarni oziqlantirishda jun qirqimi 9,8% ga, sut mahsuldorligi 4,8% ga, ulardan katta o‘lchamli gullar bilan tug‘ilgan qo‘zilar soni 12,0% ga, naslli qo‘chqorlarni sun’iy urug‘lantirish mavsumiga tayyorlash davrida oziqlantirishda qo‘ylarni ikki marta urug‘lantirish usulida otalantirish xususiyati 80,5% ni tashkil etib, xo‘jalik ko‘rsatkichiga nisbatan 6,5% ga oshgan;
turli yoshdagi bo‘rdoqiga boqilgan va bo‘g‘oz qorako‘l qo‘ylarning mahsuldorligini oshirishda kompleks ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanish texnologiyasi Samarqand viloyati, Paxtachi tumani “Qarnabota” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi 02/23-175-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘rdoqiga boqilgan turli yoshdagi qo‘ylardan olingan sof foyda bir boshga 230,3-267,5 ming so‘mni tashkil qilib, iqtisodiy samaradorlik 5,0% dan 7,5% gacha, bo‘g‘ozlikning ikkinchi davridagi sovliqlarni kompleks ozuqa qo‘shimchasi bilan oziqlantirishda jun qirqimi 11,0% ga, sut mahsuldorligi 6,0% ga, katta o‘lchamli teri bilan tug‘ilgan qo‘zilar soni 18,5% ga yuqori bo‘lgan;
qorako‘l qo‘ylarining go‘sht mahsuldorligi va naslli qo‘chqorlarning jinsiy faoliyatini oshirishda kompleks ozuqa qo‘shimchalaridan foydalanish texnologiyasi Navoiy viloyati, Nurota tumani “Nurota qorako‘l naslchilik” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-martdagi 02/23-175-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘rdoqiga boqilgan turli yoshdagi qo‘ylardan olingan sof foyda bir boshga 215,5-253,5 ming so‘mni tashkil etib, bir kg qo‘y go‘shti ishlab chiqarishda ozuqa harajatlari xo‘jalik ko‘rsatkichlariga nisbatan 12-15% ga kamaygan, iqtisodiy samaradorlik 4,3% dan 7,0% gacha, naslli qo‘chqorlarni sun’iy urug‘lantirish mavsumiga tayyorlash davrida qo‘ylarni takroriy ikki marta urug‘lantirish usulida otalantirish xususiyati 81,0% ni tashkil etib xo‘jalik ko‘rsatkichiga nisbatan 5,8% ga oshgan.